Buxoro davlat universiteti abdullaev a. J, Qayimova z. A, Boltaev sh. Sh, Narzieva d. M
Download 3.95 Mb. Pdf ko'rish
|
12594 2 F73689EE6175CBCB594F6BEABC06D737E9CA1955
- Bu sahifa navigatsiya:
- MV=PQ M-muomaladagi pul massasi V- pulning aylanish tezligi P –tovarlarning o`rtacha bahosi Q –ishlab chiqarilgan tovarlar miqdori P=MV/Q
2.3. Pulning miqdoriylik nazariyasi.
Pulning miqdoriylik nazariyasining mohiyati shundaki muomalada pul miqdorining oshishi tovarlar bahosining va pulning qiymatini o`zgarishiga sabab bo`luvchi asosiy omildir. XVI asrda Yevropalik mustamlakachilar va birinchi navbatda ispanlar Amerikadagi ko`plab oltin va kumush konlarini topdilar. Natijada Amerikadan Yevropaga juda katta miqdorda oltin va kumush oqib keldi. Bu esa G’arbiy Yevropada tovarlar bahosining keskin oshishiga sabab bo`ldi. Shu bog’liqlikni birinchi bo`lib fransuz faylasufi Jan Boden aniqladi. J.Bodenga qadar tovar bahosining oshishi metall tangalarni yemirilishi bilan izohlanar edi. Pulning miqdoriylik nazariyasi XVII-XVIII asrlarda Angliyada J.Lokk va D.YUm; Fransiyada Monteske rivojlantirdi. Ular bu nazariyani qog’òz pullarga nisbatan qo`llashning mumkinligini asoslab berishdi. Klassik iqtisodchi D.Rekardo pulning miqdoriylik nazariyasini tarafdori. Rekardo qiymatning mehnat nazariyasini yaratgan. Ushbu nazariyaga ko`ra metal pullarning qiymati ularni ishlab chiqarish uchun sarflangan mehnat xarajatlari bilan belgilangan. Ammo keyinchalik Rekardo o`zining ushbu qoidasiga qarshi chiqdi. U yozadiki ayrim davlatlarda pulning qiymati muomaladagi pul miqdoriga bog’liq ravishda o`zgaradi. Karl Marks pulning miqdoriylik nazariyasini ayovsiz tanqid qildi. Marksning fikriga ko`ra miqdoriylik nazariyasining eng kata xatosi shundaki, ular pulning mohiyatini faqatgina pulning muomala vositasi bilan tushuntiradilar. Ular pulning qiymat o`lchov funktsiyasini tan olmaydilar. Karl Marksning fikricha pulning miqdoriylik nazariyasining ikkinchi xatosi pullar va tovarlar muomala jarayoniga qadar bahoga va qiymatga ega bo`lmaydilar deganlaridadir. 45 Marksning fikriga ko`ra muomalaga kirishgunga qadar pullar qiymatga tovarlar esa bahoga ega bo`ladi. Pullar qiymati va tovarlarning bahosiga bog’liq ravishda tovarlarning bahosi shakllanadi. Pulning miqdoriylik nazariyasi namoyondalari bilan K.Marks o`rtasidagi munozara quyidagida namoyon bo`ladi. Marks aytadiki: tovarlar bahosining oshishi muomaladagi pul miqdorining ko`payishiga olib keladi. Pulning miqdoriylik nazariyasining namoyondalari aytadiki: muomaladagi pul miqdorining ko`pligi tovarlar bahosining oshishiga olib keladi. XX asrda pulning miqdoriylik nazariyasi hukmron nazariyaga aylandi. XX asrda miqdoriylik nazariyasining 2 xil ko`rinishi paydo bo`ldi. 1. Transaksion ( I.Fisher yaratdi) 2. Kembridj 1911-yilda Irving Fisherning mashhur “Pulning xarid kuchi nomli” asari nashrdan chiqdi. Ushbu asarda Fisherning almashuv tenglamasi o`z ifodasini topdi. MV=PQ M-muomaladagi pul massasi V- pulning aylanish tezligi P –tovarlarning o`rtacha bahosi Q –ishlab chiqarilgan tovarlar miqdori P=MV/Q Fisherning xulosasiga ko`ra tovarning bahosi muomaladagi pul miqdoriga va pulning aylanish tezligiga to`g’ri proporsional. Bunda Q va V o`zgarmasdir. Bu ikkala komponent o`zgarmas bo`lganligi sababli shunday xulosa kelib chiqadi. Tovarlar bahosining o`zgarishi muomaladagi pullarning o`zgarishiga bog’liq. Kembridj variantini Alfred Marshal yaratdi. Ushbu nazariyani Pigu rivojlantirdi. Fisherdan farqli o`laroq Marshal va Pigu tahlilni mikroiqtisodiy darajada amalga oshirdi. Ular asosiy e’tiborini xo`jalik sub’ektlarining kassa qoldiqlarini o`zgarishiga qaratdilar. M =KPY K-pulning aylanish tezligi ammo bu tezlik xo`jalik yurituvchi sub’yektlarning pul shaklidagi nominal daromadiga 46 qarab o`rganiladi. Fisherda pulning aylanishi tovarlar aylanishiga qarab belgilanadi. Kembridj variantidan shunday xulosa chiqadi: muomaladagi pul miqdori pulning aylanish tezligiga teskari proporsional. Pulning aylanish tezligi real kassa qoldiqlarining miqdori va ularning hisobidan qilingan xarajatlar nisbatiga bog’liq bo`lganligi sababli muomaladagi pul miqdorining o`zgarishi pul shaklidagi nominal daromadning o`zgarishiga bog’liq. Kembridj variantida kassa qoldiqlarini shakllantirishning ikki xil varianti keltiriladi: -pulning qulay to`lov vositasi. -ko`zda tutilmagan holatlar munosabati bilan nominal daromadning bir qismini pulda saqlash. Download 3.95 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling