Buxoro davlat universiteti abdullaev a. J, Qayimova z. A, Boltaev sh. Sh, Narzieva d. M


 Pullarga bo`lgan talab va pullar taklifi. Pul muomalasi


Download 3.95 Mb.
Pdf ko'rish
bet55/170
Sana11.10.2023
Hajmi3.95 Mb.
#1698006
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   170
Bog'liq
12594 2 F73689EE6175CBCB594F6BEABC06D737E9CA1955

 
4.3. Pullarga bo`lgan talab va pullar taklifi. Pul muomalasi 
tushunchasi. Pul muomalasi qonunlaridan kelib chiqadigan 
talablar.
Davlatning pul aylanishiga ko`plab omillar ta`sir ko`rsatadi. Pul 
aylanishi tuzilmasi turli belgilar bo`yicha belgilanadi: 
1) unda pullarning faoliyat yuritishi shakliga qarab. Ushbu 
belgiga qarab naqd pulsiz va naqd pullik pul aylanishini ajratish 
mumkin, chunki barcha pul belgilari u yoki boshqa shaklga ega 
bo`ladi; 


75 
2) ushbu pul aylanishi xizmat ko`rsatadigan munosabatlar tusiga 
qarab. Bu erda pul-hisob-kitob aylanishi, pul-kredit aylanishi, pul-
moliya aylanishi ajratib ko`rsatiladi; 
3) pul mablag’larining harakati yuz beradigan sub`ektlarga qarab. 
Ushbu tasnif bo`yicha quyidagilar ajratib ko`rsatiladi: pul 
mablag’larining yuridik shaxslar o`rtasida banklararo, banklarda 
aylanishi, yuridik va jismoniy shaxslar o`rtasidagi aylanish va, 
nihoyat, pul mablag’larining faqat jismoniy shaxslar o`rtasidagi 
aylanishi. 
SHunga tegishlicha, iqtisodiyotda qo`llaniladigan pul aylanishi 
hajmiga ta`sir qiladigan omillarning muayyan guruhini ham ajratish 
mumkin. Barcha omillarni siyosiy, iqtisodiy va texnik omillarga 
ajratish mumkin. Tabiiyki, pul aylanishi tuzilmasini shakllantirishning 
iqtisodiy omillari asosiy ahamiyatga va bevosita ta`sir kuchiga ega 
bo`ladi. Bunday omillarga iqtisodiyotda ishlatiladigan pullar turlari, 
pul muomalasi tezligi, tovar aylanishi miqdori va shu kabilar kiradi. 
Binobarin, mavjud pul aylanishi miqdorlarini vujudga keladigan 
ehtiyojlarga muvofiq o`zgartirishga yoki pul aylanishining mavjud 
hajmlarini tovar aylanishining real ehtiyojlariga muvofiqlashtirishga 
faqat iqtisodiy uslublar vositasida pul aylanishi hajmiga ta`sir 
ko`rsatadigan ushbu omillar orqali ta`sir qilish mumkin.
Iqtisodiyotda faoliyat yuritadigan, faqat hukumatning ehtiyojlari 
bilan bog’liq bo`lgan va iqtisodiyotning ehtiyojlaridan mustaqil pul 
mablag’lari miqdoridagi o`zgarishlar siyosiy omillar hisoblanadi. 
Texnik omillar pul aylanishi tuzilishi va hajmiga faqat bilvosita 
ta`sir ko`rsatadi, lekin shunga qaramasdan, ularni hisobga olish zarur. 
Bunday omillarga u yoki boshqa hisob-kitobni o`tkazish uchun talab 
etiladigan vaqtni kamaytirish yoki hisob-kitobning o`zini amalga 
oshirishga imkon beradigan hisob-kitoblarning texnik vositalari kiradi. 
Masalan, bank plastik kartalariga xizmat ko`rsatuvchi texnik 
vositalarning keng ommalashganligi aholi o`rtasida ushbu to`lov 
vositasining ommalashuviga va, binobarin, naqd pulsiz pul 
mablag’larining qo`llanilishining oshishiga olib keladi. Naqd pulsiz 
pul 
mablag’lari qo`llanilishi chastotasining ko`payishi pul 
muomalasining umumiy tarkibida naqd pullarning kamayishiga va 
davlatning pul aylanishini tartibga solish asosiy uslublarining 
o`zgarishiga olib keladi. 


76 
Pul muomalasi – bu pullarning mamlakatning ichki iqtisodiy 
aylanishi, 
tashqi 
iqtisodiy 
aloqalar 
tizimidagi, 
tovarlar 
va 
xizmatlarning sotilishiga, shuningdek, uy xo`jaligidagi tovarsiz 
to`lovlarga xizmat ko`rsatadigan naqd pullik va naqd pulsiz 
shakllardagi harakatidir. Tovar ishlab chiqarish pul muomalasining 
ob`ektiv negizi bo`lib, undagi tovar olami tovarlarning ikki turiga: 
tovarlarning o`ziga va tovar-pullarga bo`linadi. Naqd pullik va naqd 
pulsiz shakllardagi pullar yordamida tovarlar, shuningdek, ssuda va 
fiktiv kapitallarning muomalasi jarayoni amalga oshiriladi. 
Shunday qilib, pul muomalasi jarayonlaridan pul aylanishi 
tushunchasini ajratib olish mumkin. 
Pul aylanishi - naqd pullik va naqd pulsiz shakllardagi pul 
belgilarining uzluksiz harakat jarayonidir. Qiymatning o`zidan 
ajralganlik hozirgi pul aylanishining o`ziga xos xususiyati hisoblanadi. 
Boshqacha aytganda, hozirgi pul aylanishi metall pullar muomalasi 
sharoitidagi kabi qiymatli emas, chunki pul belgisining qiymati 
nominaldan ancha kam va uning ahamiyati bo`lmasligi mumkin. 
Pul aylanishi pul mablag’lari harakatining muayyan yo`llaridan 
tarkib topadi: 
1. Mablag’larning markaziy bank bilan tijorat banklari o`rtasidagi 
harakati. Bunday harakat pul mablag’lari emissiyasi jarayonlari va 
tijorat banklari mablag’larining ¤zbekiston Respublikasi Markaziy 
bankining majburiy zaxiralash fondiga ko`chirilishi bilan bog’liq. 
Tijorat banklarining kreditlash jarayonlari munosabati bilan pul 
mablag’larining ko`chirilishini ham shunga kiritish mumkin; 
2. Pul mablag’larining tijorat banklari o`rtasidagi harakati. Bu 
holda ushbu banklarning mijozlariga xizmat ko`rsatish bilan bog’liq 
pul ko`chirishlar yoki tijorat banklarining o`zaro kreditlashlari nazarda 
tutiladi; 
3. Firmalar va tashkilotlar o`rtasidagi harakat. Pul mablag’larining 
ushbu iqtisodiy sub`ektlar o`rtasidagi harakati tovarlar aylanishi va 
bunday tovarlar aylanishidagi, shuningdek, o`zaro talablarni hisobga 
olishdagi haq to`lash jarayonlari bilan bog’liq; 
4. Banklar, firmalar va tashkilotlar o`rtasidagi harakat. Pul 
mablag’larining ushbu sub`ektlar o`rtasidagi harakati asosan 
kreditlash va qarz majburiyatlarini hisobga olish operatsiyalari, 
shuningdek, pul mablag’larini saqlash va ko`chirishga doir 
operatsiyalar bilan bog’liq; 


77 
5. Banklar va aholi o`rtasidagi harakat. Pul mablag’lari 
iste`molchilik kreditini berish va pul mablag’larining aholining 
daromadlarini saqlash va ko`paytirish maqsadlaridagi harakatiga doir 
faol jarayon sababli ko`chiriladi;
6. Firmalar, tashkilotlar va aholi o`rtasidagi harakat. Pullar 
harakatining bu yo`li mablag’larning tovar aylanishi operatsiyalariga 
haq to`lash va uy xo`jaliklarining xodimlar mehnatiga haq to`lashi 
munosabati bilan ko`chib yurishidan iborat bo`ladi; 
7. Banklar va moliya institutlari o`rtasidagi harakat. Pul 
mablag’larining ushbu iqtisodiy munosabatlar sub`ektlari o`rtasidagi 
harakati o`zaro kreditlash operatsiyalari va iqtisodiy foyda olishga 
yoki 
uchinchi 
sub`ektlarning 
muayyan 
operatsiyalarini 
rasmiylashtirishga yordam beruvchi boshqa moliyaviy harakatlar 
doirasida amalga oshiriladi; 
8. Moliya institutlari va aholi o`rtasidagi harakat. Pul 
mablag’larining bu holdagi harakati aholining, odatda, o`z 
daromadlarini 
ko`paytirish 
maqsadida 
muayyan 
moliya 
operatsiyalarini bajarishi bilan bog’liq; 
9. Jismoniy shaxslar o`rtasidagi harakat. Pul mablag’lari 
harakatining bu yo`li eng sezilmaydigan, lekin pul mablag’larining 
qayta taqsimlanishi tizimidagi eng muhim yo`llardan biri hisoblanadi, 
chunki u mablag’larning aholi o`rtasida ko`chib yurishidan iborat. 
Odatda, bunday ko`chib yurishning maqsadi maishiy masalalarni hal 
etish va o`z oilasi a`zolari farovonligining muayyan darajasini tutib 
turishdir.

Download 3.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   170




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling