Buxoro davlat universiteti abdullaev a. J, Qayimova z. A, Boltaev sh. Sh, Narzieva d. M
Download 3.95 Mb. Pdf ko'rish
|
12594 2 F73689EE6175CBCB594F6BEABC06D737E9CA1955
5.2. Pul tizimining elementlari.
Pul tizimining elementlari xususida iqtisodchi olimlar o`rtasida munozarali fikrlar mavjud. Taniqli iqtisodchi olim O.I.Lavrushinni fikriga ko`ra pul tizimini boshqarish printsipi, emissiya mexanizmi va kassa instrumentlari ham asosiy elementlar sifatida e`tiorof etadi. Beloglazava baho masshtabini ham kiritadi. Beloglazova pul tizimiga 5 ta elementni kiritadi: 1. Pul birligi 2. Baho masshtabi 3. Pul aylanmasi 4. Pul massasi 5. emmisiya mexanizmi SHuningdek, Miller, Xesus de Sota kabi mashhur iqtisodchi olimlarning pul tizimining elementlari xususida o`z qarashlari mavjud: Ko`pchilik iqtisodchi olimlar tomonidan e`tirof etilgan pul tizimining elementlariga quyidagilar kiradi: 1. Pul birligi 2. Pul aylanmasining tarkibi 3. Pul aylanmasini tashkil qilish va tartibga solish 4. Pul massasi va uning tarkibi 5. Milliy valyutaning pariteti 6. Milliy valyutaning kursi 7. Pul tizimini tashkil qiluvchi va tartibga soluvchi organ 1. O`zbekiston Respublikasining zamonaviy pul tizimi milliy valuta so`m muomalaga kiritilgandan keyin shakllandi. YAngi pulni eski valuta birligiga almashtirish “denominatsiya” deb ataladi. O`zbekiton pul tizimi quyidagi elementlardan tashkil topadi: 1. Milliy valuta so`m; 2. Pul aylanmasi naqd va naqdsiz pul aylanmasidan iborat; 3. Respublikamizda pul aylanmasini tashkil etish va tartibga solish MB tomonidan nazorat qilionadi. O`zbekiston respublikasi MB to`g’risidagi qonunga muvofiq MB pul massasining o`sishini nazorat qiladi. 4. Pul massasini miqdoriy o`lchashda M0, M1, M2 pul agregatlaridan foydalaniladi; 5. So`mning valuta pariteti AQSH $ ga nisbatan aniqlanadi; 6. Milliy valuta so`mning valuta kursi respublika valuta birjasida AQSH $ ga nisbatan aniqlanadi. 2003-yil 8-oktyabrda 90 O`zbekiston hukumati xalqaro valuta fondi nizomining VIII-moddasi bo`yicha majburiyatlarini qabul qildi. Natijada milliy valutamizning almashuv kursi unifikatsitya qilindi. 7. MB pul tizimini tartibga soluvchi rasmiy davlat organi hisoblanadi. Download 3.95 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling