Buxoro davlat universiteti abdullaev a. J, Qayimova z. A, Boltaev sh. Sh, Narzieva d. M


Йиллик инфляция ва унинг таркиби ўзгариши динамикаси


Download 3.95 Mb.
Pdf ko'rish
bet71/170
Sana11.10.2023
Hajmi3.95 Mb.
#1698006
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   170
Bog'liq
12594 2 F73689EE6175CBCB594F6BEABC06D737E9CA1955

Йиллик инфляция ва унинг таркиби ўзгариши динамикаси
 
(
фоизда, ўтган йилнинг мос ойига нисбатан)
 
indeksatsiyalanishi, davlat sektorida ish o`rinlari ko`payishi va boshqa 
xarajatlar oshishi asosiy omil bo`ldi. 
SHuningdek, ushbu davrda uy xo`jaliklari xarajatlari deflyatori 
dinamikasi iste`mol narxlari indeksi o`zgarishiga mos bo`ldi. Qayd 
etish joizki, davlat tashkilotlari xarajatlari deflyatori oshib borishi 
kelgusida iste`mol narxlarining oshishiga olib kelishi taxmin 
qilinmoqda. 
Iste`mol narxlari indeksi 
Inflyatsiyani amaliyotda ifodalashda keng qo`llaniladigan 
ko`rsatkich iste`mol narxlari indeksi (INI) hisoblanadi. 2018 
yildan boshlab O`zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo`mitasi 
iste`mol narxlari indeksini hisoblashda o`zgarmas vazn usulidan 
foydalanmoqda. Iste`mol narxlari indeksi kundalik iste`mol tovar va 
xizmatlari narxlarini o`zida aks ettirgani sababli inflyatsiyani 
yaqqolroq namoyon etadi. Mamlakatimizda 2018 yilning birinchi 
yarim yilligida nisbatan yuqori inflyatsion bosim kuzatildi, bu asosan 
aprel’-may oylarida yoqilg’i-energetika mahsulotlari narxlarining 
oshirilishi, o`tgan yilga nisbatan ob-havoning nisbatan qurg’oqchil 
kelishi va o`tgan yillarda inflyatsiya bazasining pastligi bilan 
izohlanadi (3-rasm).
 
6.10-rasm. Manba: Davlat statistika qo`mitasi ma`lumotlari asosida 
Markaziy bank hisob-kitoblari. 


124 
Bunda so`m almashuv kursining mustahkamlanishi, mintaqadagi 
davlatlar bilan savdo iqtisodiy aloqalar jadallashishi, shuningdek, 
import hisobiga bozorlarning ijtimoiy ahamiyatga ega ayrim 
mahsulotlar 
bilan 
to`yinganligi 
inflyatsiya 
sur`ati 
yanada 
tezlashishining oldini olishga ma`lum darajada xizmat qildi. 
Yoz 
oylarida 
meva-sabzavot 
mahsulotlarining 
sezilarli 
arzonlashishi hisobiga keyingi oylarda yillik inflyatsiya darajasi 
pasayib bordi. Agar 2017 yilning iyun’-avgust oylarida meva- 
sabzavotlar narxlari oshishi inflyatsiyani keltirib chiqaruvchi asosiy 
omil (drayveri) bo`lib, ularning umumiy inflyatsiyadagi hissasi 
o`rtacha 5 foiz bandni tashkil etgan bo`lsa, 2018 yilning mos davrida 
ushbu ko`rsatkich 0,6 foiz bandni tashkil etdi. 2018 yil boshidan 
nooziq-ovqat tovarlar va xizmatlarning iste`mol narxlari o`sishidagi 
hissasi tobora ko`payib borayotgan bir vaqtda, oziq-ovqat 
mahsulotlarining hissasi, aksincha, kamaydi. 
6.11-rasm. Manba: Davlat statistika qo`mitasi ma`lumotlari 
asosida Markaziy bank hisob-kitoblari. 
Shunga qaramasdan, 2018 yilning birinchi yarmida oziq-ovqat 
narxlarining o`sish sur`ati yuqori bo`lib (yillik hisobda 20 
foizdan ortiq), bunga asosan ichki bozorda mazkur mahsulotlar 
taklifining kamayishi ta`sir ko`rsatdi (4-rasm). Noqulay ob-havo 
sharoiti ta`sirida mahalliy go`sht mahsulotlari va guruchning taklif 


125 
hajmi etarli darajada bo`lmaganligi ular narxlarining o`sishiga olib 
keldi. Ozuqa narxlari oshishi hisobiga chorvachilik xarajatlari 
ko`payishi go`sht narxiga qo`shimcha bosim ko`rsatayotganligi 
kuzatilmoqda. 
Mazkur davrda oziq-ovqat mahsulotlari narxlari shakllanishiga 
go`sht mahsulotlari narxi oshishi sezilarli ta`sir ko`rsatdi. Xususan, 
2018 yilning yanvar’-sentyabr oylarida mol go`shti va qo`y go`shti 
narxi yillik hisobda mos ravishda 28,8 va 27,3 foizga qimmatlashdi. 
Ularning umumiy oziq-ovqat mahsulotlari narxlari o`sishdagi oylik 
hissasi 2017 yilning mos davriga nisbatan 3,1 foiz bandga oshib, 
o`rtacha 7,6 foiz bandni tashkil etdi. Ichki bozorlarda go`shtning narxi 
chegaradosh mamlakatlardagi o`rtacha narxlar darajasiga etganligi 
sababli go`shtning ichki taklifi etishmovchiligi go`sht mahsulotlari va 
chorva mollarining importi hisobiga qisman qoplana
boshlandi. Xususan, 2018 yilning yanvar-sentyabr oylarida go`sht 
mahsulotlari va chorva mollarining importi 2017 yilning shu davriga 
nisbatan mos ravishda 81,6 va 43,5 foizga oshdi. 
Bundan tashqari, oziq-ovqat mahsulotlari qimmatlashishining 
yana bir omili ularning faol savdo-sotiq olib borilayotgan qo`shni 
davlatlar narxlari bilan moslashishi bo`ldi. Xususan, O`zbekiston ichki 
bozorlarida meva-sabzavotlar narxlarining nisbatan past bo`lganligi 
sababli, ushbu mahsulotlarga chegaradosh respublikalarda yuqori talab 
shakllanmoqda. 
Tashqi savdoni erkinlashtirish sharoitida mahalliy mahsulotlar 
eksportining (asosan meva-sabzavotlar) sezilarli darajada o`sishi ichki 
bozorlarda 
ushbu 
mahsulotlar 
narxlarining 
tashqi 
narxlarga 
moslashishiga olib keladi. 2018 yilning yanvar’- sentyabr’ oylarida
meva-sabzavot mahsulotlari eksporti 2017 yilning mos davriga 
nisbatan 47,7 foizga yoki 205 mln. AQSH dollariga oshgan. Mazkur 
davrda jami oziq-ovqat mahsulotlari eksportida meva-sabzavotlar 
ulushi 77 foizni tashkil etdi. 
SHuningdek, 2018 yilda, oldingi yillardan farqli o`laroq, shakar, 
kartoshka va o`simlik yog’i narxlari barqaror bo`ldi va inflyatsiyaga 
deyarli ta`sir ko`rsatmadi. Xususan, 2018 yilning sentyabr’ oyida 
shakar narxi yillik hisobda 5,8 foizga arzonlashgan bo`lsa, 2017 
yilning mos oyida uning narxi 29,8 foizga qimmatlashgan edi. Bu 
ijobiy dinamika ushbu bozorda raqobat muhiti yaxshilangani va jahon 
bozorlarida shakar narxi pasaygani hisobiga vujudga keldi. Bunda 


126 
2018 yilning yanvar’-sentyabr’ oylarida shakar import qilish hajmi 
2017 yilning mos davriga nisbatan 2,5 foizga oshdi. 
2018 yilning III choragida oziq-ovqat mahsulotlari narxlarining 
yoz mavsumida meva-sabzavotlar sezilarli darajada arzonlashishi 
hisobiga o`sish sur`atining sekinlashishi mavsumiy omillar ta`sirida 
bir maromda qayta tiklanmoqda. SHu bilan birga, joriy yilda qishloq 
xo`jaligida kuzatilgan suv tanqisligi sabzavotlarning kuzgi hosili 
bozorlarga kirib kelishi hajmida va ularning narxlarida aks etmoqda. 
Nooziq-ovqat 
tovarlari 
narxlari 
dinamikasi 
o`zgarishi, 
odatdagidek, oziq-ovqat mahsulotlari narxlariga nisbatan past bo`lib, 
2018 yilning mart oyida 19,5 foizgacha tezlashishdan so`ng 
bosqichma-bosqich pasayib bordi. 2018 yilning yanvar’-sentyabr’ 
oylarida nooziq-ovqat mahsulotlari narxlarining o`sishida kurilish 
materiallarining hissasi sezilarli bo`ldi. Bunda asosiy kapitalga 
yo`naltirilgan investitsiyalar hajmi 2017 yilning mos davriga nisbatan
sezilarli darajada oshib, mazkur investitsiyalarning qariyb yarmi 
qurilish-montaj ishlari uchun sarflanganligi qurilish materiallariga 
bo`lgan yuqori talabni vujudga keltirdi. 
2018 yilning iyul-avgust oylarida nooziq-ovqat tovarlari 
narxlarining oshishi tezlashishiga ko`mir, propan, engil avtomobillar 
va kantselyariya mollari narxlari oshishi ham katta ta`sir ko`rsatdi. 
Joriy yilning birinchi yarmida inflyatsion bosimning pasayishiga 
xizmat qilgan import narxlari, ikkinchi yarim yillikda so`mning 
almashuv kursi qadrsizlanishi va chegaradosh davlatlardan maishiy 
texnikani bojsiz olib kirishga joriy qilingan yangi cheklovlar nooziq-
ovqat tovarlari narxlariga salbiy ta`sir ko`rsatmoqda. 
2018 yilning yanvar’-may oylarida xizmat ko`rsatish sohasidagi 
inflyatsiya, asosan, kommunal xizmatlar tariflarining oshishi 
sharoitida o`sish tendentsiyasiga ega bo`ldi. Xususan, aprel’ oyida 
xizmatlar inflyatsiyasining birinchi keskin ko`tarilishi, asosan, elektr 
energiyasi va tarmoqli tabiiy gaz tariflari oshishi hisobiga kuzatildi. 
May oyida yoqilg’i-energetika mahsulotlari qimmatlashganidan keyin 
isitish va suv ta`minoti tariflari oshirildi. 2018 yilning iyun’-avgust 
oylarida yillik xizmatlar inflyatsiyasi dinamikasi sekinlashdi, ammo 
sentyabr’ oyida oliy ta`lim muassasalarida shartnoma asosida o`qish 
uchun to`lovlarning sezilarli darajada oshirilishidan so`ng u yana 
tezlashdi. 


127 
2018 yilda xizmatlarning umumiy inflyatsiyadagi hissasi oldingi 
yillarga 
nisbatan 
oshayotganligi 
kuzatilmoqda. 
Xususan, 
xizmatlarning inflyatsiyadagi oylik hissasi 2018 yilning yanvar’- 
sentyabr’ oylarida o`rtacha 2,5 foiz bandini tashkil etdi, 2017 
yilning mos davrida esa ushbu ko`rsatkich 1,9 foiz bo`lgan. Ushbu 
tendentsiya tartibga solinadigan narxlarning erkinlashtirilishi fonida
birinchi navbatda, yoqilg’i-energetika va monopol korxonalar narxlari 
erkinlashtirilishi va bozor narxlari hamda xizmatlar tariflarining bunga 
mos ravishda to`g’rilanishi hisobiga yuz berdi. 
Ma`muriy tartibga solinadigan narxlar 
2018 yilning 9 oyida ma`muriy tartibga solinadigan mahsulot va 
xizmatlar narxlarini erkinlashtirish jarayoni davom etayotganligi 
sababli ularning o`rtacha narxi umumiy inflyatsiyadan farqli o`laroq 
faqatgina o`suvchi trendga ega bo`ldi. Bunda tartibga solinadigan 
narxlarning shakllantirilishi diskretsion (nobozor, hech qanday 
qonuniyatga bo`ysunmaydi) xususiyatliligi hisobiga ularning o`sishi 
yuqori tezlikka ega ekanligi va keskin tebranuvchanligi bilan boshqa 
narxlar o`zgarishidan farq qiladi. 
Xususan, aprel’-may oylarida kommunal xizmatlar tariflari, 
sentyabr’ oyida birinchi navli un narxi va noyabr’ oyida elektr 
energiyasi, tabiiy gaz va benzin narxlari oshirildi hamda sentyabrda 
qolipli non narxini erkinlashtirish bo`yicha harakatlar boshlandi. 
Buning 
natijasida 
tartibga 
solinadigan 
narxlarning 
yillik
inflyatsiyadagi hissasi 2017 yil dekabriga nisbatan 2 barobarga 
ortdi (5-rasm). 
Ta`kidlab o`tish joizki, kelgusi 2-3 yil davomida tartibga 
solinadigan narxlarning erkinlashishi iqtisodiyotda inflyatsion 
bosimning saqlanib turishiga sabab bo`ladi. Kelgusida ularning 
inflyatsiyadagi hissasi kamayishi davlat ulushi mavjud monopol 
korxonalarni 
isloh 
qilish 
bo`yicha 
chora- 
tadbirlarning 
samaradorligiga bog’liq bo`ladi. Tartibga solinadigan narxlarning 
erkinlashtirilishi iqtisodiyotdagi nomutanosibliklarni kamaytirish 
uchun zarur chora hisoblanadi. Birinchidan, u nisbiy narxlarning 
to`g’rilanishiga imkon yaratadi. Hozirgi vaqtda mahalliy yoqilg’i-
energetika mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarning amaldagi ichki 
narxlari mintaqa bo`yicha o`rtacha qiymatdan past, bu esa ushbu 
resurslardan samarasiz foydalanishga olib kelmoqda va ishlab 
chiqaruvchilar moliyaviy holatiga sezilarli ta`sir ko`rsatmoqda. 


128 

Download 3.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   170




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling