Buxoro davlat universiteti abdullaev a. J, Qayimova z. A, Boltaev sh. Sh, Narzieva d. M


 Pul massasining o`sishini jilovlashga qaratilgan monetar


Download 3.95 Mb.
Pdf ko'rish
bet73/170
Sana11.10.2023
Hajmi3.95 Mb.
#1698006
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   170
Bog'liq
12594 2 F73689EE6175CBCB594F6BEABC06D737E9CA1955

6.5. Pul massasining o`sishini jilovlashga qaratilgan monetar 
siyosatni amalga oshirish 
 
Hozirgi vaqtda inflyatsiya tabiatini o`rganishda iqtisodchi olimlar 
uning monetar sabablarini, ya`ni tovar masasiga nisbatan pul 
massasining xajmini o`zgarishini asosi qilib ko`rsatadilar. Inflyatsiya 
bilan olib boriladigan faoliyatda uning darajasini o`lash uchun dastak 
lozim bo`ladi. Ushbu dastak bo`lib baholar indeksi hisoblanadi. 
Baholar indeksi joriy umumiy iste`mol narxlarining bazis davridan 
narxlarga nisbatan o`sishi (pasayishi) bilan aniqlanadi. Ushbu indeksni 
aniqlashda mamlakat fuqorolarining iste`mol savatiga kiritilgan 
mahsulotlar v xizmatlarning chakana narxlaridan foydalanadilar. 
Ushbu formula quyidagicha hisoblanadi: 


131 
PKt 
IPTS = ------------ x 100 % 
PKb 
Bu yerda: IPTS – iste`mol narxlarining indeksi; 
PKt - iste`mol savatining joriy narxi; 
Pkb - iste`mol savatining bazis narxi. 
Inflyatsiya darajasining o`sishini bir bahosini o`sishi bilan 
aniqlash mumkin. Masalan 1 litr benzinning bazis davridagi narxi 500 
so`m bo`lgan va uning joriy davrdagi narxi 585 so`mga teng. Demak, 
biz kuzatgan davr ichida 1 litr benzinning narxi 117 % ga ortgan. 
Iqtisodiyotdagi narxlar darajasiga ta`sir ko`rsatuvchi asosiy 
omillardan biri inflyatsion kutilmalar hisoblanadi. 
Inflyatsion kutilmalar aholi va tadbirkorlik sub`ektlarining 
kelgusidagi narxlar darajasi bo`yicha farazlari bo`lib, ular tomonidan 
iqtisodiy qarorlar qabul qilinishida muhim ahamiyat kasb etadi. 
Inflyatsion kutilmalar asosida ishlab chiqaruvchilar va iste`molchilar 
o`zlarining kelgusidagi moliyaviy rejalarini va narx-navo siyosatini 
shakllantiradilar. 
Ishlab chiqaruvchilarning inflyatsion kutilmalari inflyatsiyaga 
taklif nuqtai nazaridan ta`sir ko`rsatadi. Kutilmalar oshgan holda
ishlab chiqaruvchilar kelajakda narxlarning oshishi hisobiga 
kutilayotgan qo`shimcha narxlarni o`z mahsulotlarining joriy 
narxlariga 
qo`shib 
qo`yadilar. 
Iste`molchilarning 
inflyatsion 
kutilmalari esa talab dinamikasiga ta`sir ko`rsatadi. Aholining 
inflyatsion kutilmalari oshgan sharoitda iste`molchilar kelgusida 
narxlar o`sishi tezlashib ketishidan xavfsirab, kelajak uchun tovarlarni 
ko`proq sotib ola boshlaydilar, bu esa talabni oshirib joriy narx-
navoning o`sishiga olib keladi. 
Bundan 
tashqari, 
inflyatsion 
kutilmalar 
iqtisodiyotdagi 
tadbirkorlik va investitsion faollikka, kreditlash va jamg’arish 
kayfiyatlariga, foiz stavkalariga va boshqa iqtisodiy jarayonlarga o`z 
ta`sirini ko`rsatadi. 
SHu bois, inflyatsion kutilmalarni o`rganib borish va unga ta`sir 
ko`rsatish pul-kredit siyosatini samarali amalga oshirishda muhim rol’ 
o`ynaydi. SHuningdek, aholi va tadbirkorlik sub`ektlarining 
inflyatsion kutilmalari asossiz shakllanishining oldini olish maqsadida 
Markaziy bank kommunikatsiya kanallari orqali o`zi olib borayotgan 


132 

Download 3.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   170




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling