Buxoro davlat universiteti abdullaev a. J, Qayimova z. A, Boltaev sh. Sh, Narzieva d. M
Inflyatsiyaning makroiqtisodiy o`sish sur`atlariga ta`siri
Download 3.95 Mb. Pdf ko'rish
|
12594 2 F73689EE6175CBCB594F6BEABC06D737E9CA1955
- Bu sahifa navigatsiya:
- Inflyatsiyaning yuzaga chiqish shakllari.
- 6.7.-rasm. Inflyatsiyaning yuzaga chiqish shakllari 1
6.5. Inflyatsiyaning makroiqtisodiy o`sish sur`atlariga ta`siri.
Inflyatsiya asosan uch yo`nalishda yuzaga chiqadi. Birinchi yo`nalishda mahsulotlar, ishlar va ko`rsatiladigan xizmatlarga bo`lgan narxlarni asossiz ravishda o`sib ketishi tufayli pul qadrsizlana boshlaydi. Buning natijasida milliy valyutaning xarid qilish qobiliyati tushib ketadi. Ikkinchi yo`nalishda, xorijiy valyutalarga nisbatan milliy valyutanign kursi pasayib ketadi. Buning natijasida xo`jalik yurituvchi sub`ektlar va mamlakat aholisi erkin muomaladagi xorijiy valyutalari (AQSH dollari, evro, shveytsariya franki va boshqalarni) jamg’ara boshlaydi. Uchinchi yo`nalishda oltinga bo`lgan milliy pul birligida ifodalangan narx ko`tarilib ketadi. Buning natijasida mamlakat aholisi o`rtasida oltinning to`planib qolishi, ya`ni tezavratsiya amalga oshadi. Inflyatsiyaning yuzaga chiqish shakllari. Inflyatsiya yuzaga chiqish shakllari Mahsulotlar va xizmatlarga narxni o`sishi natijasida pulning qadrsizlanishi Milliy pul birligining xorijiy valyutaga nisbatan kursini tushishi Oltin va xorijiy valyutaning milliy valyutadagi narxini ko`tarilishi Milliy pul birligining xarid qilish qobiliyatini pasayishi Aholi va xo`jalik sub`ektlarida xorijiy valyutaning jamg’arilishi Mamlakat aholisida oltinning to`planishi (tezavratsiya) 6.7.-rasm. Inflyatsiyaning yuzaga chiqish shakllari 1 1 Чизма муалллиф томонидан ишлаб чиқилган 120 2018 yilda inflyatsion jarayonlarning shakllanishiga ta`sir ko`rsatgan makroiqtisodiy sharoitlar o`tgan yillardagi sharoitlardan keskin farqlandi. Oldingi yillarda byudjetning ob`yektiv ahamiyatdagi xarajatlari (faqat profitsit bilan ijro etish maqsadida) qisqartirilishi yoki zarur darajada shakllantirilmasligi hal etilishi lozim bo`lgan ijtimoiy- iqtisodiy muammolar to`planib qolinishiga va bugungi kunda ularning kechiktirmasdan echilishi zaruriyatini tug’dirmoqda. 2018 yilda byudjet defitsiti YAIMga nisbatan 1,2 foizni tashkil etishi kutilmoqda va bu, o`z navbatida, ko`zda tutilgan barcha xarajatlarning to`liq hajmda amalga oshirilishini anglatadi. Bunday sharoitda byudjet siyosati iqtisodiyotda yalpi talabni oshirish orqali inflyatsiyaga bosimni vujudga keltiradi. 6.8.Rasm. Manba: Davlat statistika qo`mitasi ma`lumotlari asosida Markaziy bank hisob-kitoblari. Mazkur yilda ichki bozorda, ayniqsa, oziq-ovqat mahsulotlari bozorida raqobat muhitining birmuncha yaxshilanganligi ko`zga tashlandi va bu ma`lum bir mahsulotlarning mavsumiy etishmasligi natijasida yuzaga keladigan narxlar oshishining import hisobiga oldini olish imkonini berdi. Bunda almashuv kursining nisbatan barqarorligi hamda ba`zi yuqori talabga ega tovarlar uchun import bojlarining bekor qilinishi va respublikaning chegara oldi hududlarida savdo faoliyati erkinlashtirilganligi muhim ahamiyat kasb etdi. Xususan, 121 2018 yilda shakar, kartoshka, o`simlik yog’i, shaxsiy gigiena va tozalash vositalari hamda maishiy texnika kabi tovarlar narxlari o`tgan yillarga nisbatan barqaror bo`lganligini keltirish mumkin. SHuningdek, 2018 yilda yuqori investitsion talab yoki qurilish ishlari hajmi ortishi natijasida qurilish mollari narxlari keskin oshishi kuzatildi. 2018 yilning sentyabr’ oyida qurilish mollari narxi yillik hisobda 25,8 foizga oshgan bo`lsa, bu ko`rsatkich 2017 yilning shu davrida 8,3 foizni tashkil etgan. Bundan tashqari, 2018 yilda inflyatsiya darajasining shakllanishida yangi sharoit sifatida davlat tomonidan ma`muriy tartibga solinadigan tovar va xizmatlar narxlarini erkinlashtirish siyosatining boshlanishi inflyatsiyaning joriy holati va o`rta muddatli istiqboldagi kutilmalarga tegishli ta`sirini ko`rsatdi. Narxlarni erkinlashtirishning dastlabki bosqichida ma`muriy tarzda tartibga solinadigan tovar va xizmatlar narxlarini ularning ishlab chiqarish tannarxidan past bo`lmagan darajada oshirilishi talab etiladi. Bunda narxlar erkinlashtirilishi va raqobat muhiti shakllantirilishi natijasida inflyatsion bosim vaqt o`tishi bilan kamayib boradi. Misol tariqasida 2018 yil sentyabrida amalga oshirilgan birinchi navli bug’doy uni va undan tayyorlanadigan qolipli non (buxanka) narxlari oshirilishini keltirish mumkin. Markaziy bank pul-kredit siyosati bo`yicha qarorlar qabul qilishda va o`z maqsadlarini belgilashda iste`mol narxlari indeksi bo`yicha hisoblangan inflyatsiya darajasini tahlil va prognoz qilib boradi. Xalqaro amaliyotda inflyatsiyani o`rganishda iste`mol narxlari indeksidan tashqari yalpi ichki mahsulot (YAIM) deflyatoridan ham keng foydalaniladi. YAIM deflyatori hisoblash metodologiyasi, qamrovi va shakllanish sabablari bo`yicha iste`mol narxlari indeksidan farq qilsa- da, iqtisodiyot tarmoqlaridagi umumiy narxlar o`zgarishini o`zida aks ettirganligi va kelgusida mazkur omillarning iste`mol narxlari indeksi bo`yicha hisoblanadigan inflyatsiya darajasiga ta`siri yuqoriligini inobatga olib, Markaziy bank YAIM deflyatorini ham muntazam tahlil qilib boradi. 2018 yilda YAIM deflyatori dinamikasida sezilarli o`sish kuzatildi. Xususan, 2017 yilning yakuni bo`yicha YAIM deflyatori inflyatsiya darajasiga yaqin bo`lgan bo`lsa, 2018 yilning 9 oyi yakuni bo`yicha inflyatsiyadan 2 barobarga yuqori bo`ldi. 122 Mazkur davrda valyuta almashuv kursi deval’vatsiyasi hisobiga tashqi iqtisodiy faoliyat bilan shug’ullanuvchi sub`ektlarda mahsulot va xizmatlar nominal hajmining oshishi YAIM deflyatorining keskin o`sishiga sabab bo`ldi. Jumladan, oldingi chorakka nisbatan tog’-kon sanoati, qurilish, transport va aloqa sektorlarining YAIM deflyatoridagi hissasi 3 barobarga ortdi (2-rasm). 6.9-rasm. Manba: Davlat statistika qo`mitasi ma`lumotlari asosida Markaziy bank hisob-kitoblari. 2018 yilning 3-choragiga kelib YAIM deflyatori 31,6 foizga teng bo`ldi. Uning pasayishiga asosan deval’vatsiya effektining kamayib borishi va almashuv kursining barqarorligi ta`sir ko`rsatdi. Deflyatorning YAIMning xarajatlar tarkibi bo`yicha tahlili 2018 yildagi o`sish asosan yalpi qo`yilmalar deflyatori keskin oshishi evaziga shakllanganligini ko`rsatmoqda, bu, o`z navbatida, iqtisodiyotga xorijiy valyutadagi investitsiyalar hajmining ortishi va milliy valyuta almashuv kursining deval’vatsiyasi bilan izohlanadi (2- rasm). Tahlillarga ko`ra, deval’vatsiyaning deflyatorga ta`siri 2019 yil birinchi choragiga qadar kuzatilishi kutilmoqda. YAkuniy xarajatlar deflyatorlarida ham sezilarli o`zgarishlar kuzatildi. Jumladan, 2018 yil boshidan davlat tashkilotlari xarajatlari deflyatori tez sur`atda ortib borib, sentyabr’ oxiriga 38 foizgacha ko`tarilishi kuzatildi. Bunga byudjet tashkilotlari oyliklari |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling