Buxoro davlat universiteti abdullaev a. J, Qayimova z. A, Boltaev sh. Sh, Narzieva d. M
Download 3.95 Mb. Pdf ko'rish
|
12594 2 F73689EE6175CBCB594F6BEABC06D737E9CA1955
6.15-rasm. Manba: Markaziy bank hisob-kitoblari.
Inflyatsion kutilmalar indeksi – kelgusida kutilayotgan inflyatsiya darajasini aniqlash bo`yicha berilgan savollarga respondentlar tomonidan belgilangan barcha javoblarning balanslashtirish usuli orqali umumlashtirilgan ko`rsatkichi. Indeks diapazoni 0 dan, barcha respondentlar narxlar pasayishini ko`rsatgan taqdirda, 1000 gacha, barcha respondentlar narxlar yuqori darajada oshishini kutayotganda. 134 2018 yil iyun oyidan boshlab aholi va tadbirkorlik sub`ektlarining inflyatsion kutilmalari oshishi kuzatildi. Bu qishloq xo`jalik mahsulotlari narxlarining mavsumiy o`sishi, ish haqi va kommunal to`lovlar tariflari oshishi bo`yicha kutilmalar bilan izohlanadi. Bundan tashqari, 2018 yil avgust oyidan boshlangan milliy valyuta kursining deval’vatsiyasi kutilmalarning oshishiga o`z hissasini qo`shdi. Umuman korxonalarning inflyatsion kutilmalari aholinikiga nisbatan ijobiyroq bo`ldi, ya`ni sentyabrdagi so`rovlar natijalariga ko`ra, ular jismoniy shaxslarga nisbatan narxlarning kamroq oshishini kutishgan. Xususan, yuridik shaxslarning 48 foizi narxlar o`sishi keyingi 12 oy ichida 13 foizdan oshmasligini ko`rsatgan bo`lsa, shunday kutilmalarga ega jismoniy shaxslarning ulushi 42 foizni tashkil etdi (- rasm). Inflyatsion kutilmalar, o`z navbatida, iqtisodiy agentlarning narxlar darajasiga bo`lgan ishonchini aks ettirib, ularning iste`mol talabi shakllanishiga ta`sir etadi. SHu bilan birga, inflyatsion kutilmalarga asoslanib aholi o`z jamg’armalarini tasarruf qiladi. Jumladan, yuqori inflyatsion kutilmalar jamg’armalarni iste`molga sarflashga yoki jamg’arma o`rnini bosuvchi boshqa yuqori likvidli tovarlar xaridiga yo`naltirishga rag’bat uyg’otib, shu yo`l bilan iste`molga bo`lgan talabni orttiradi. SHuningdek, yuqori inflyatsion kutilmalar sharoitida aholi jamg’armalarini qadrsizlanishdan saqlash maqsadida ularni xorijiy valyutaga ayirboshlashi iqtisodiyotning dollarlashuv darajasining oshishiga olib keladi. So`rov natijalariga ko`ra, hozirgi vaqtda respondentlarning yarmi o`zlarining jamg’armalarini tadbirkorlikka yo`naltirishga tayyorligini, boshqa qismi esa jamg’armalarini joriy iste`molga sarflashini bildirgan Bu bilvosita respondentlarning inflyatsiyaning kelgusi dinamikasi borasida ikkilanayotganliklarini va iqtisodiyotda kelgusi narxlar darajasi bo`yicha noaniqliklar mavjudligini ko`rsatadi. Bunda jamg’armalarning tadbirkorlik maqsadida ishlatilishi iqtisodiy faollikka ijobiy ta`sir ko`rsatib, kelgusida yalpi taklif oshishiga yordam beradi. Ushbu jarayon bilan bir vaqtda investitsion talabning kengayishi qisqa muddatli istiqbolda inflyatsiya o`sishiga olib kelishi mumkin, ammo uzoq muddatli istiqbolda unumdorlik va ishlab chiqarish hajmi oshishiga xizmat qiladi. SHu bilan birga, ta`kidlash joizki, o`z jamg’armalarini banklarda saqlashni ma`qul ko`ruvchi respondentlar ulushi tobora ko`payib bormoqda, bu esa 135 bank depozit foiz stavkalari jozibadorligi va aholining bank tizimiga ishonchi ortib borayotganini aks ettiradi. Download 3.95 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling