Buxoro davlat universiteti abdullaev a. J, Qayimova z. A, Boltaev sh. Sh, Narzieva d. M
Download 3.95 Mb. Pdf ko'rish
|
12594 2 F73689EE6175CBCB594F6BEABC06D737E9CA1955
6.16-rasm. Manba: Markaziy bank hisob-kitoblari.
Bundan tashqari, inflyatsion kutilmalar kredit va depozit foiz stavkalari hamda kredit xizmatlari foydalanuvchilarining talabi shakllanishiga ta`sir o`tkazish orqali ularning iqtisodiyotdagi kreditlashga bo`lgan kayfiyatida ham namoyon bo`ladi. Xususan, inflyatsion kutilmalar oshishi kuzatilganda depozitlarning jozibadorligini saqlab qolish maqsadida ularning foiz stavkalari oshiriladi va bu o`z o`rnida kredit resurslari qimmatlashuviga hamda kredit foiz stavkalarining ko`tarilishiga sabab bo`ladi. Kredit foiz stavkalarining o`sishi esa aholi va korxonalarning kelgusida kredit olish rejalariga ta`sir qiladi. SHuningdek, agar kredit stavkalari oshishi kreditga bo`lgan talab pasayishiga olib kelmasa, kelgusida bu holat iqtisodiyotda inflyatsion bosim oshishiga olib keladi. Sentyabrdagi so`rovlar natijalariga ko`ra, kredit stavkalari oshishi bo`yicha aholining kutilmalari ortib bormoqda. Xususan, respondentlarning uchdan ikki qismi kelgusi 12 oy davomida yillik kredit foiz stavkalari 16–25 foiz darajasida bo`lishini kutishmoqda (- rasm). SHu bilan birga, respondentlarning yarmidan oshig’i qisqa muddatli istiqbolda bank kreditini (asosan avtokredit, iste`mol krediti va ipoteka) olish niyati borligini ta`kidlab o`tishgan. Bu esa aholining kredit resurslariga bo`lgan talabi yuqori darajadaligini ko`rsatadi. 136 Bunda aholini faol kreditlash iste`mol talabini rag’batlantirib, narxlar dinamikasiga oshiruvchi ta`sir ko`rsatadi. 6.17-rasm. Manba: Markaziy bank hisob-kitoblari. Aholining joriy kredit va jamg’arma kayfiyatlari keyingi yilda iqtisodiy faollik oshishini ko`rsatmoqda, bu esa inflyatsiyaga talab nuqtai nazaridan bosim saqlanib qolishini anglatadi. Ta`kidlash joizki, iqtisodiyotda yalpi talab va iqtisodiy faollik oshib borayotgan paytda importni cheklash siyosati olib borilishi kelgusi inflyatsion bosimning keskin oshishiga olib kelishi mumkin. O`zbekiston iqtisodiyotida shakllangan mavjud inflyatsion kutilmalar sharoitida kelgusida ichki narxlar oshishini sekinlashtirish uchun qat`iy pul-kredit sharoitlarini saqlab qolish lozim bo`ladi. Markaziy bank o`rta muddatli istiqbolda pul-kredit siyosatini yuritishda ushbu shart-sharoitlarni inobatga oladi. Download 3.95 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling