Buxoro davlat universiteti abdullaev a. J, Qayimova z. A, Boltaev sh. Sh, Narzieva d. M


 Denominatsiya va uni amalga oshirish tartibi. Nullifikatsiya


Download 3.95 Mb.
Pdf ko'rish
bet79/170
Sana11.10.2023
Hajmi3.95 Mb.
#1698006
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   170
Bog'liq
12594 2 F73689EE6175CBCB594F6BEABC06D737E9CA1955

 
7.3. Denominatsiya va uni amalga oshirish tartibi. Nullifikatsiya 
va uni amalga oshirish tartibi.
Denominatsiya o`z mohiyatiga asosan milliy pul birligidagi 
ortiqcha nollarni olib tashlab muomalaga yangi pullarni chiqarishdan
iborat. Denominatsiya usulida Rossiya (3 dona nolni olib tashladi) va 
Turtsiya (liradan 6 dona nolni olib tashladi) xukumatlari 
foydalanishdi. 
Inflyatsion jarayonlarni davlat tomonidan tartibga solib turish 
o`z mohiyatiga asosan mamlakatda mahsulotlar, bajarilgan ishlar
ko`rsatiladigan xizmatlarga bo`lgan narx-navolarni o`sib borishini 
cheklash va pul tizimini barqarorlashtirish maqsadida davlat 
tomonidan aniq chora-tadbirlarni amalga oshirishdan iborat. Ushbu 
chora-tadbirlar ikki yo`nalishda olib boriladi: 
1) Deinflyatsion siyosat. Ushbu siyosat mamlakatda pulga 
bo`lgan talabni pul-kredit va moliya mexanizmlari yordamida tartibga 
solib turiladi. Deinflyatsion siyosat davlat xarajatlarini qisqartrish
kreditlar uchun foiz stavkalarini oshirish, soliq yukini kuchaytirish 
(soliqlar soni va ularni foiz stavkalarini ko`tarish) va pul massasini 
cheklashni o`z ichiga oladi. SHuni ta`kidlash lozimki, deinflyatsion 
siyosat mamlakatdagi iqtisodiy o`sishni sekinlashuviga sabab bo`ladi; 
2) Daromadlar siyosati. Ushbu siyosat olib borishda davlat 
tomonidan mahsulotlar, ko`rsatilgan xizmatlar, bajarilgan ishlarga 
bo`lgan narx-navo va ish haqi ustidan birdaniga nazorat etiladi hamda 
ularni o`sishini ma`lum chegarasi o`rnatiladi yoki butunlay «muzlatib» 
qo`yiladi. Daromadlar siyosati o`z mohmiyatiga ko`ra qat`iy siyosat 
hisoblanadi va u aholi o`rtasida norozilikni kelib chiqarishi mumkin. 
Lekin inflyatsiya bilan kurashishda ayrim mamlakatlarda daromadlar 
siyosatidan foydalaniladi. Xalqaro amaliyotda rivojlanayotgan 
mamlakatlarda inflyatsiyaga qarshi karash olib borish tajribasida biz 
ta`kidlab o`tgan ikki yo`nalishdan oqilona birgalikda foydalanilgan. 
Iqtisodiyoti 
bozor 
munosabatlariga 
o`tayotgan 
mamlakatlarda 
inflyatsiyaga qarshi kurashish va milliy pul tizimini mustaxkamlash 
uchun asosan quyidagi chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda: 


142 
-milliy iqtisodiyotni sog’lomlashtirish, investitsiya faoliyatining 
tushib ketishini bartaraf etish va iqtisodiy rivojlanishning oqilona 
darajasini ta`minlash; 
- raqobatbardosh, yuqori texnologik ishlab chiqarishni tashkil 
etish va uni rivojlantirish maqsadida davlat strategiyasini ishlab 
chiqish hamda uni amalga oshirish; 
- xalq iste`mol tovarlarini ishlab chiqaruvchi korxonalarda 
ishlab chiqarish fondlarining tarkibini o`zgartirish va unda zamonaviy 
texnika hamda texnologiyalarni joriy etish
-tijorat 
banklarining 
investitsiya 
va 
kredit 
faoliyatini 
rag’batlantirish; 
- soliq tizimini takomillashtirish va ushbu yo`nalishda asosiy 
e`tiborni soliqlarning rag’batlantiruvchi funktsiyasiga qaratish; 
- davlat tomonidan kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni 
qo`llab-quvvatlash; 
- mamlakat ichida mahsulotlar, valyuta, kredit er, ko`chmas 
mulk, mehnat va qimmatli qog’ozlarining yagona bozorini 
shakllantirish hamda uni rivojlantirish; 
- pul-kredit siyosatini iqtisodiyotnign rivojlanishi holatiga 
asosan o`zgartirib turish; 
- tashqi iqtisodiy faoliyatni erkinlashtirish va mahsulotlar, 
ishlar, xizmatlarni eksport qilishni rag’batlantirish; 
- erkin bozor baholarini saqlagan holda daromadlar, xarajatlar 
va narx-navoni davlat tomonidan tartibga solish va uni nazorat qilish; 
- davlat byudjet taqchilligini noinflyatsion yo`llar bilan 
qisqartirish; 
- davlatning strategik oltin-valyuta zahiralarini chuqur tahlil 
etish va ulardan oqilona foydalanishdan iboratdir. 

Download 3.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   170




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling