Buxoro davlat universiteti abdullaev a. J, Qayimova z. A, Boltaev sh. Sh, Narzieva d. M
Download 3.95 Mb. Pdf ko'rish
|
12594 2 F73689EE6175CBCB594F6BEABC06D737E9CA1955
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kreditning harakat bosqichlari
Kredit munosabatlari tarkibi
8.1-rasm. Kredit munosabatlari tarkibi 1 Kredit munosabatlarining ob`ektlari va sub`ektlari. Kredit ob`ekti bu (kreditor) qarz beruvchidan qarz oluvchiga beriladigan va qarz oluvchidan kreditor (qarz beruvchi)ga qaytib beriladigan qiymatdir. Bunda qarzga berilgan mablag’ o`z qiymatini saqlab qolishi kreditning asosiy sifati hisoblanadi. Kredit tarkibi uning elementlari birligini ifodalaydi. Kreditning harakat bosqichlari ham uning muhim belgisi hisoblanadi. Qarzga beriluvchi qiymat harakatini quyidagi sxemada ifodalash mumkin: B k O kz I k ... V r ... Q k F ks B k – kreditning berilishi; O kz – kreditning qarz oluvchi tomonidan vaqtinchalik ehtiyojlarini qondirish uchun olinishi; I k – kreditning ishlatilishi qarz oluvchining kreditni nima maqsadda olganligi bilan uzviy bog’liq bo`ladi; V r – qarz oluvchining xo`jaligida qarzga olingan qiymat aylanmasi tugallanishini resurslarning aylanmadan chiqarilishini ifodalaydi; 1 Abdullaeva SH.Z. Pul, kredit va banklar/ SH.Z. Abdullaeva . – 2000.: 115 бет Кредит таркиби Кредит субъекти Кредит объекти Кредитор Қарз олувчи Қарзга берилувчи қиймат йўналиши 154 Q k – kreditni qaytarish; F ks – vaqtinchalik berilgan qiymatni kreditor qo`liga qaytib kelishi (% bilan). Kreditning mohiyatini malum vaqtdan keyin qaytarib berish va foiz bilan qaytarish sharti yanada kengroq ochib beradi. Bu har ikkala shartdan tashqari, kreditning iqtisodiy kategoriya sifatida harakat qilishini asoslash uchun iqtisodiy munosabatlarning chuqur ijtimoiy iqtisodiy belgilarini hisobga olish zarur. Kredit mohiyatining tahlili uzluksiz jarayon. Tahlil jarayonida yangidan yangi belgilar, xususiyatlar yuzaga chiqishi mumkin. Har qanday iqtisodiy kategoriya o`zining funktsiyalariga ega bo`lgani kabi kredit ham o`zining bir qator funktsiyalariga ega. Ijtimoiy iqtisodiy tizimda kreditning o`rni va ahamiyati bajarayotgan funktsiyalari bilan aniqlanadi. Kreditning funktsiyasi – bu kreditning iqtisodiyotdagi faoliyati konkret ravishda namoyon bo`lishidir. Kreditni tahlil qilishda, funktsiya, uning mohiyati va ahamiyati o`rtasidagi oraliq bo`g’in sifatida ko`rib chiqiladi. Kreditning funktsiyalari haqida olimlar o`rtasida yagona izchillik yo`q. I. Lavrushinning fikricha, kreditning funktsiyalarini tahlil qilishda ikkita echilmagan muammo mavjud: 1. Funktsiyani tushunishning uslubiy asoslari. 2. Funktsiyalarning tarkibi va strukturasi. Kreditning tarkibiy qismidan kelib chiqqan holda unga quyidagi munosabatlarga xos funktsiyalar taalluqli: a) kreditorning qarz oluvchi va qarzga beriluvchi qiymat bilan munosabati orqali; b) qarz oluvchining kreditor va qarzga beriluvchi qiymat bilan munosabati orqali; v) qarzga beriluvchi qiymat bilan kreditor va qarz oluvchining munosabati orqali. Download 3.95 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling