169
Qayta taqsimlash funktsiyasi yordamida korxonalar, tashkilotlar,
davlat va shaxsiy sektorning bo`sh pul mablag’lari va daromadlari
ssuda kapitaliga aylantiriladi va vaqtincha foydalanishga,
muayyan
to`lov asosida beriladi. Bu funktsiya yordamida ishlab chiqarishdagi
proportsiyalar va pul kapitali harakati boshqarilib turiladi.
O`zining turli tarmoqlar va mintaqalarda tabaqalanish darajasiga
tayanib, kredit iqtisodning stixiyali makroboshqaruvchisi sifatida
namoyon bo`ladi. Ba’zi hollarda bu funktsiyaning
amalga oshirilishi
bozor tizimida nomutanosiblikning chuqurlashuviga olib kelishi
mumkin. SHuning uchun kredit tizimini davlat tomonidan
boshqarishning muhim vazifalaridan biri
bu iqtisodiy ustunlikni
oqilona tavsiflash va kredit resurslarini u yoki bu tarmoqqa jalb
qilishni rag’batlantirishdan iboratdir.
Muomalaga
to`lov
vositalarini
chiqarish
funktsiyasi.Bu
funktsiyaning amalga oshishi jarayonida kredit faqatgina tovar emas,
balki pul
muomalasining jadallashuviga, undan naqd pullarni siqib
chiqarib, to`lovlar aylanishining tezlashuviga ijobiy ta`sir ko`rsatadi.
Kredit tufayli pul muomalasi doirasiga veksel’, chek, kredit
kartochkalari kabi vositalar kiritilib, naqd pulli hisobkitoblarni naqdsiz
operatsiyalar bilan almashtiradi. Bu esa
ichki va xalqaro bozordagi
iqtisodiy munosabatlar mexanizmini osonlashtiradi va tezlashtiradi.
Bu
masalani
hal
etishda
tijorat
krediti
zamonaviy
tovar
almashinuvining kerakli elementi sifatida muhim o`rin tutadi.
Do'stlaringiz bilan baham: