Buxoro davlat universiteti abdullaev a. J, Qayimova z. A, Boltaev sh. Sh, Narzieva d. M
Download 3.95 Mb. Pdf ko'rish
|
12594 2 F73689EE6175CBCB594F6BEABC06D737E9CA1955
- Bu sahifa navigatsiya:
- Hozirgi ahvoli
Tarkibiy jihatdan rivojlanish. Kredit rivojlanishining bu
bosqichi ssuda kapitali bozorida kreditmoliya tashkilotlari ko`rinishidagi maxsus vositachilarining paydo bo`lishi bilan xarakterlanadi. Katta sudxo`rlik va sarroflik idoralari zaminida vujudga kelgan dastlabki banklar o`z zimmasiga ko`pchilik kredit institutlariga keyinchalik an`anaviy bo`lib qolgan, eng kerakli funktsiyalarni oldi. Bular: – bo`sh moliyaviy mablag’larni foiz bilan vaktida to`lash majburiyati asosida qarz oluvchiga berishiga asoslanib jamg’arish; – yuridik va jismoniy shaxslar uchun har xil to`lov va hisobkitoblar bo`yicha xizmat ko`rsatishi (keyinchalik davlat uchun ham); – qator maxsus moliyaviy operatsiyalarni o`tkazish (masalan, veksel munosabati mexanizmi bo`yicha xizmat ko`rsatish va boshqalar). Maxsus vositachilarga ssuda kapitali bozorida bo`lgan talab, shuningdek, foydaning yuqori me`yori bank tizimining boshqa faoliyat sohalaridan keladigan kapital oqimi hisobiga rivojlanishini aniqlab beradi (yangi vujudga kelayotgan kredit tashkilotlarining tuzuvchilari sudxo`r va sarroflar bo`lmay, balki sanoat va savdo kapitalistlari edi). Rivojlanish bosqichida ssuda kapitali bozoridagi munosabatlar ma`lum darajada shakliy tus ola boshladi, kreditlashning malum bir turdagi jarayonlari o`rnatildi, ssuda kapitalining o`rtacha mintaqaviy va milliy me`yorlari o`rnatildi va h.k. Biroq kredit 173 tashkilotlarining faoliyati haligacha markazlashmagan edi. Bu esa ssuda kapitali bozorining rivojlanishiga to`sqinlik qilardi va iqtisodiyotning davriy rivojlanish sharoitlarida moliyaviy bozorning boshqa bo`g’inlarida nomo`tanosibliklarni keltirib chiqardi. Hozirgi ahvoli. Bu bosqichning asosiy belgisi iqtisodiyotda kredit munosabatlarini davlat tomonidan markazlashgan holda boshqarilishidir. Davlat miqyosida kredit munosabatlarining markazlashuvi har bir davlatning Markaziy banki yordamida amalga oshiriladi. Dastlabki umummilliy davlat kredit instito`tlarining paydo bo`lishi naqd pulsiz hisob kitoblarni olib borish uchun qo`l keldi hamda tijorat banklarining operatsiyalari va xizmat ko`rsatish ko`lamining kengayishiga olib keldi, masalan, fond bozoriga xizmat ko`rsatish bo`yicha. Keyinchalik Markaziy banklar faoliyati bozor iqtisodiyotini barqarorlashtirishning samarali omili bo`lgan kredit dastaklarini ishlatish bo`yicha yo`naltirildi. Bu esa davlatniki bo`lmagan kredit tashkilotlarini nazorat qilishni kuchaytirishni talab qildi. SHuningdek, iqtisodiyotda informatsion texnologiyaning rivojlanishi, global bank tarmoqlarining kompyuter kommunikatsiyalari va ma`lumotlar bazalarining shakllanishi kredit munosabatlarini yangi sifatli darajaga, ya`ni mijozga xizmat ko`rsatish bilan birga ularning moliyaviy faoliyatining hamma jabhalariga, shuningdek, xalqaro bozorga ham tarqalishiga olib keldi. Jamiyat faoliyatining o`ta muhim jihati – bu ishlab chiqarishdir. Ishlab chiqarish jarayonida iqtisodiy resurslar ishlatiladi, mahsulotlar va xizmatlardan iborat hayotiy ne`matlar yaratiladi. Ishlab chiqarish jarayonining uzluksizligini moddiy va mehnat omillari ta`minlaydi. Ishlab chiqarishning bu omillar bilan bir tekisda ta`minlanishi muammodir. Bu muammo o`z echimini kredit orqali topadi. Kredit tovar pul munosabatlari mavjud sharoitdagi takror ishlab chiqarish jarayonining ajralmas bir qismi bo`lib, tovar ishlab chiqarish kredit munosabatlari vujudga kelishining tabiiy asosi hisoblanadi. Kreditning vujudga kelishini nafaqat ichki iste`mol uchun tovar ishlab chiqarish doirasidan emas, balki asosan yuridik jihatdan mustaqil, birbiriga mulkdor sifatida qaramaqarshi turuvchi va iqtisodiy munosabatlarga kirishishga tayyor tovar egalari faoliyat ko`rsatayotgan muomala doirasidan qidirish kerak. Download 3.95 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling