Buxoro davlat universiteti abdullaev a. J, Qayimova z. A, Boltaev sh. Sh, Narzieva d. M


  9.3. Kredit munosabatlarining yuzaga kelish sabablari va shart-


Download 3.95 Mb.
Pdf ko'rish
bet96/170
Sana11.10.2023
Hajmi3.95 Mb.
#1698006
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   170
Bog'liq
12594 2 F73689EE6175CBCB594F6BEABC06D737E9CA1955

 


177 
9.3. Kredit munosabatlarining yuzaga kelish sabablari va shart-
sharoitlari.
Hozirgi davrda bank kreditlarini berish tizimi tijorat kreditlari 
berish tizimiga qaraganda yuksak darajada rivojlangan. Buning asosiy 
sababi pulning yuqori likvidli akti ekanligidir. 
Kreditning sub`ektlari bo`lib quydagilar hisoblanadi. 
- Banklar; 
- nobank kredit tashkilotlari, kredit uyushmalari, lombardlar
mikromoliyalash tashkilotlari, kredit korperativlari va boshqalar; 
- korxonalar; 
- jismoniy shaxslar; 
- davlat; 
- davlat organi; 
- halqaro moliya kredit tashkilotlari. 
Kredit-qiymatning harakati bo`lib pul va tavar ko`rinishidagi 
mablag’larni qaytarib berishlilik, muddatlilik va foiz to`lashlilik 
asosida berish natijasida yuzaga keladi. 
Kredit orqali jamiyatimizda quyidagi ijobiy natijalarga erishish 
mumkin: 
birinchidan, fondlar aylanishi jarayonida chetga chiqib, bo`sh 
qolgan mablag’larning harakatsiz turib qolishining oldi olinadi; 
ikkinchidan, takror ishlab chiqarishni keng doirada uzluksiz 
davom ettirishga imkoniyat yaratiladi. 
Kreditning vujudga kelishi reallikka aylanishi uchun muayyan 
sharoitlar bo`lishi zarur. SHu masala bo`yicha ba`zi iqtisodiy 
adabiyotlarda keltirilgan fikrlarni tahlil qilib, iqtisodchilar tomonidan 
kredit yuzaga kelishining quyidagi shartlariga ko`proq e`tibor 
berilganini ko`rsatib o`tish mumkin. Ba`zi iqtisodiy adabiyotlarda 
kreditning zarurligi xususida bir necha boshqa fikrlar ham uchraydi. 
Masalan, kredit korxonalar faoliyatini nazorat qilishni amalga oshirish 
uchun zarur, deb ta`kidlanadi. Agar bu fikr to`g’ri deb qaraydigan 
bo`lsak, kreditning zarurligi faqat kreditor uchun tushunarli bo`ladi, 
chunki u qarz berish orqali qarz oluvchi faoliyatini nazorat qilish 
imkoniyatiga ega bo`ladi.
Bunday sharoitda kreditning chegarasi ishlab chiqarish 
fondlarining doiraviy aylanishiga asoslangan ob`ektiv jarayonlarga 
emas, balki bankning kredit operatsiyalari orqali qarz oluvchining 
faoliyatini nazorat qilish istagiga bog’liq bo`lib qoladi. 


178 
Bu mulohazalardan kelib chiqqan holda xulosa qilib aytish 
mumkinki, kreditning ob`ektiv zarurligi takror ishlab chiqarish 
jarayonida 
fondlarning 
doiraviy 
aylanishi 
qonuniyatlariga 
asoslangandir.
Kreditga zarurat tug’ilganda quyidagi manbalardagi bo`sh 
mablag’lardan kredit resurslar sifatida foydalanish mumkin. Bu 
manbalar asosan quyidagilardir: 
➢ asosiy fondlarni tiklash, kapital tamirlash uchun ajratiladigan 
amortizatsiya sifatidagi pul mablag’lari; 
➢ tovarlarni sotish va yangi moddiy resurslarni sotib olish 
vaqtlarining birbiriga mos kelmaganligi tufayli yuzaga kelgan bo`sh 
pul mablag’lari; 
➢ tovarlar realizatsiyasidan tushgan tushum bilan ish haqini 
to`lash vaqtlari orasida vaqtincha bo`sh turib qolgan pul mablag’lari; 
➢ kengaytirilgan takror ishlab chiqarish jarayonida yig’iladigan 
va kapitallashtirish uchun mo`ljallangan qo`shimcha mablag’lar; 
shaxsiy sektor daromadlari, jamg’armalari va boshqa bo`sh pul 
mablag’lari
Kreditning zarurligini ifodalovchi omillar mohiyatini ochishda, 
ularning har birining ahamiyatini kredit shartnomasini tuzish 
darajasigacha olib kelish xato hisoblanadi. Alohida olingan bir 
omilning o`zi kredit berilishi uchun u yoki bu darajada etarli 
bo`lmasligi mumkin. 

Download 3.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   170




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling