Buxoro davlat universiteti fizika matematika fakulteti fizika kafedrasi


_bob. 2.1 _Yorug’lik doidlari mavzusini o'tishda ko’rgazmali vositalardan foydalanish


Download 327.1 Kb.
bet3/3
Sana02.01.2022
Hajmi327.1 Kb.
#202236
1   2   3
Bog'liq
Kurs ishi

2_bob.

2.1 _Yorug’lik doidlari mavzusini o'tishda ko’rgazmali vositalardan foydalanish.

O'qituvchi va o'quvchilar tomonidan bajariladigan rasm chizma va sxemalarko'rgazmalilikning asosiy qismlaridan biri bo'lib, u ko'pgina ta'lim va tarbiyaviy

masalalarni hal qiladi

Rasm so'z kabi real hodisa va predmetlarning umumlashgan obrazidir, u fizik

hodisa va qonunlarini o'rganish, o'quvchilarning fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirish

va estetik tarbiya vositasidir.

O'qituvchi va o'quvchilar fizika darslarida quyidagilarni bajara olishlari lozim:

— asbob va qurilmalarning sodda rasmlarini chiza olishlari;

- obyektlarning ortogonal proyeksiyalarini bajara olishlari;

- asboblarning shartli belgilari bilan sxemalar chiza olishlari;

- grafik diagrammalar chiza olishlari;

- vaqtni tejash uchun qo'lda chizishni yaxshi bilishlari. Chizmani bajarishni

yengillashtirish uchun doskaning bir chetiga katakchalar chizib qo'yish maqsadga

muvofiqdir. Chizishni tushuntirish bilan birga olib borish yaxshi natija beradi.

Chizish jadalligi shunday bo'lsinki, uni o'quvchilar tu-shungan holda daftarlariga

chizib borishga ulgursinlar. Murakkab chizmalarni tajribasi kam, yosh O'qituvchi



darsdan oldin doskaga chizib qo'yishi mumkin.




GRAFIK KO'RGAZMALI QUROLLAR:

Grafik ko'rgazmali qurollar (plakatlar) o'quvchilarni murakkab asboblarning

tuzilishi, texnik qurilma va mashinalarning tashqi ko'rinishi va ishlashi bilan

tanishtirishga xizmat qiladi. Ular devorga osib qo'yadigan va tarqatma bo'lishi

mumkin. Plakat va jadvallarni bo'limlar bo'yicha saqlash qulaydir. Solishtirma

issiqlik sig'imi, solishtirma qarshilik kabi jadvallarni fizika xonasiga osib qo'yilsa

yanada yaxshi bo'ladi.

O’quvchilarni turli texnik qurilmalar, transport turlari,aloqa, fan va texnika

yutuqlari bilan tanishtirishda montajdan foydalaniladi. «Fizika va hayot», «kosmik

parvoz» kabi mantajlarni qiziqarli qilib tayyorlash mumkin.

Fziika darslarida tez-tez solishtirma va chiziqli diagrammalardan foydalaniladi.

Solishtirma diagrammalari orqali moddalarning solishtirma issiqlik sig'imi,

mexanizmlarninj FIK ni tasvirlash mumkin. Kattaliklar orasidagi funksiona

bog'lanishlarni grafik ravishda tahlil qilishda chiziqli diagram malardan foydalaniladi.

Grafik — kattaliklar orasidagi funksional bog'lanishlarni tasvirlashdagi muhim

ko'rgazmalardan biridir. Grafik bilai ishlash o'quvchilarning funksional fikrlash

qobiliyatlarin rivojlantiradi, grafik savodxonligini orttiradi, hodisa va jarayonlar



orasidagi miqdoriy bog'lanishlarni chuqurroq tushu; nishga yordam beradi.



AUDIOVIZUAL O'QITISH VA TARBIYA

VOSITALARI (AVO'TV)

Ekranli, tovushli va ekran tovushli qo'llanmalar (diapozitiv, diafilm, kinofilm

va boshqalar) tele- va radio eshittij rish audiovizual o'quv va tarbiya vositalariga

kiradi. Ular quyidagilarni amalga oshirishga imkon beradi:

— ravon ta'sirli namoyish qilish hisobiga abstrakt materialni bayon qilishda

o'quvchilarning fazoviy tasavvurlar aniqlashtirishga;

— predmetning xossalari, turi, strukturasi, tuzilishi vi asosiy qismlari haqida aniq

tasavvur hosil qilishga;

— o'quv materiauning asosiy masalalariga kino matedl allarini fragment qilib

ko'rsatish bilan o'quvchilar diqqatjl ni jalb qilishga;

— kam uchraydigan va xavfli hodisalarni, asosiy tajribal lar va noyob asboblarni

ishonchli idrok qilishni ta'minlashg$

— u yoki bu fizik hodisaning, jarayonning mexanizl mini molekula, atom, yadro

yoki elektron darajasda o'rganishga;

mashina va mexanizmlarning, asbob va qurilmalarninf turli qismlarining tuzilishi

hamda ishlash prinsipini tushuntirishga;

— transport, qurilish, aloqa, sanoat va qishloq xo'jal» ishlab chiqarishida asosiy fizik

hodisalarning ko'rinishlari bilan tanishishga;

— maktab fizika kursi bilan aloqasi bo'lgan fan-texnika yo'nalishlari, energetika,

ishlab chiqarish texnologiyasi, elek-trlashtirish, optik asboblar bilan tanishishga;

— fan-texnika taraqqiyotining manzarasini ochib berishga;

— fan-texnika kashfiyotlarining ochilishi to'g'ri kelgan vaqtdagi tarixiy sharoitni

tasavvur qilishga.

Shu bilan birga AVO'TV o'rganilayotgan masalaga o'quvchilarning qiziqishini

uyg'otadi, diqqatini, fikrlashini, kuzatuvchanligini, xotirasi va mantiqiy fikrlashini

o'stiradi.

Kino materiallar dinamik ko'rsatmali vositalar bo'lib, bunda mikro-, makro

kinogaolish hamda multiplikatsiya yordamida, kichik va katta tezliklarda kinoga

olish, atrofimizni o'rab olgan hayotni, shuningdek uzoq joylardagi hodisalar va

jarayonlar haqidagi ma'lumotlarni qayd qilish imkonini beradi.

O'quv filmlari 5 minutdan 15 minutgacha mo'ljallangan bo'ladi. Ular kinofilm

(mavzu predmeti va mazmunini ochib beradi), kino halqa (ritmikyoki

siklikjarayonlarni ko'rsatadi va bir necha marta takrorlash imkonini beradi) va

kinofrag-ment (tajriba va hodisalar haqida dinamik ma'lumot beradi) ko'rinishida



ishlanadi.

.




Download 327.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling