Buxoro davlat universiteti fizika matematika fakulteti fizika kafedrasi


Download 327.1 Kb.
bet2/3
Sana02.01.2022
Hajmi327.1 Kb.
#202236
1   2   3
Bog'liq
Kurs ishi



Ta’lim va tarbiyaning sifati va samaradorligini oshirish hozirgi davrning eng dolzarb masalalaridan biridir. Dars o’quv-tarbiya jarayonining asosiy shaklidir. Tarbiyaning barcha jarayonlari har tomonlama rivojlangan barkamol insonni tarbiyalash, birinchi navbatda dars jarayonida amalga oshiriladi. Shuning uchun ham hozirgi sharoitda darsning tarbiyaviy va ta’limiy ahamiyatini oshirish o’qituvchilar oldiga masul vazifa qilib qo’yilmoqda.Bugungi kunda O’zbekistonda «shaxs manfaati va ta’lim ustivorligi» e’tirof etilgan bir davrda aniq fanlarni o’qitish ham erkin shaxsni shakllantirish shakl va usullari, mazmun va prinsiplarini o’rgatadi.Yoshlarga ta’lim va tarbiya berishning murakkab vazifalarini hal etish o’qituvchilarning g’oyaviy e’tiqodiga, kasb mahoratiga, iste’dodi va madaniyatiga, hozirgi zamon pedagogik va innovatsion texnologiyalarni qo’llash, o’quvchilarni o’zaro faollikka olib kelishiga bog’liqdir.Zamonaviy darsga qo’yiladigan eng muhim talab yangi pedagogik texnologiyalarni dars jarayoniga olib kirib, har bir darsdagi mavzuni ilmiy asoslash, o’quvchilar imkoniyatlarini hisobga olgan holda material hajmini belgilash hamda uning murakkabligini aniqlash; avvalgi o’rganilgan materiallar bilan bog’lash; o’quvchilarga beriladigan topshiriqlar va ularning mustaqil ishlari tizimini aniqlash; darsning moddiy-texnik jihozini belgilash va qo’shimcha ko’rgazmali qurollar bilan boyitish; qo’shimcha axborot vositalaridan (kompyuter) foydalanish va darsda muammoli vaziyatni vujudga keltirishdan va dars jarayonida qo`shimcha badiiy adabiyotlardan foydalanishdan iboratdir.O`rta umumta’lim maktabi fizika darslarida qo’yiladigan eng muhim talablardan yana biri ta’lim usullari va innovatsion texnologiyalarni bir-biri bilan mustahkam bog’lab olib borishning samaradorligini oshirishdir.Barcha didaktik vazifalar (xarita, jadvallar, rasm, ranglar, matnlar, ko’rgazmali qurollar) darsning o’zida hal etilishi, uyga beriladigan vazifalar o’quvchilarning darsda olgan bilimlarining mantiqiy davomi bo’lishi kerak. O’tilgan har bir darsning tahlil qilib borilishi ham katta samara beradi. Bunda darsning tahlil qilinishida ko’zlangan maqsadga erishildimi, o’quvchilar qanchalik bilim oldilar, qanday kamchiliklarga yo’l qo’yildi? Bunday tahlil darsning kelgusida yanada takomillashtirib yuqori saviyaga ko’tarishga yordam beradi.

Bugungi zamonaviy texnologiyalar asrida yorug’lik doidlari katta ahamiyatga ega shunday ekan har soniyada hayotimmizga kerak bo'lgan qurilmalarda mujassamlashgan yorug’lik diodlari haqida to'xtalib o'tamiz.




Download 327.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling