Buxoro davlat universiteti Fizika-matematika fakulteti Mavzu
Download 42.1 Kb.
|
Buxoro davlat universiteti
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1. Axborot miqdori-noaniqlikning kamayish o’lchami sifatida Axborot
Buxoro davlat universiteti Fizika-matematika fakulteti Mavzu: Kompyuterda axborotni qayta ishlashning arifmetik asoslari. Sanoq sistemalari Bajardi: Murodov Shaxriddin Tekshirdi:Rustamov Hakim Mavzu: Kompyuterda axborotni qayta ishlashning arifmetik asoslari. Sanoq sistemalari Reja: 1.Kompyuterda axborotni qayta ishlashning arifmetik asoslari. 2. Sanoq sistemalari haqida tushincha. 3.Sanoq sistemasi ustida amallar. 1. Axborot miqdori-noaniqlikning kamayish o’lchami sifatida Axborot atrof-muhitning ob`ektlari va hodisalari, ularning o’lchamlari, xususiyatlari va holatlari to’g’risidagi ma`lumotlarni bildirib, u insonlar o’rtasida ma`lumotlar, odamlar va sun`iy qurilmalar o’rtasida signallar ayirboshlashni ifoda etadi. “Axborot“ so’zi informatika fanida tayanch iboradir. Inforvatiolotincha so’z bo’lib, u xabar, tushuntirish, tanishish ma`nosini bildiradi. Axborot tushunchasi ko’p ma`noli, shuning uchun unga aniq ta`rif berish qiyin, uni boshqa tushunchalar orqali ifodalab tushuntirishga urnab ko’rish mumkin. Informatikada “axborot” noaniqlikning kamayish o’lchovi sifatida kiritiladi. Bunday yondoshish axborotni sonli o’lchashga imkon beradi, bu informatika uchun muhimdir. Axborot tushunchasini aniqlashni batafsilrok ko’ramiz. Atrofda ko’pincha ma`lum bir ehtimollik bilan sodir bo’lishi mumkin bo’lgan voqealarning bir nechta miqdori bo’lishi mumkin. Masalan tanganing tashlanganda qaysi tomon bilan tushishi. Tashlanishdan oldin aniqmaslik mavjud bo’ladi, tanga tashlanganidan keyin to’la aniqlilik kiritiladi. Bo’lishi mumkin voqealarning soni qancha ko’p bo’lsa, natijaning boshlang’ich aniqmasligi ko’p bo’ladi, eng asosiysi tajriba o’tkazilganidan keyin shuncha ko’p axborot miqdori olingan bo’ladi. Ixtiyoriy miqdorni sonli aniqlash uchun o’lchov birliklarini tanlash kerak. Axborot miqdorini aniqlash uchun ham o’lchov birliklarini kiritish zarur. Axborotning o’lchov birligi sifatida, aniqmasligi 2 tagacha kamaytirib olib kelingan axborot miqdori qabul qilingan. Bu birlik bitdir. Tangani tashlash misolida noaniqlik ikki marta kamayadi, demak hosil bo’lgan axborot 1 bitga teng bo’ladi. Kompyuterda axborot ikkilik kodda yoki alfaviti 0 va 1 raqamlaridan iborat mashina alfavitida ifodalanadi. Bu raqamlarga ikkita teng kuchli holat deb qarash mumkin. Bitta ikkilik xona yozilganda u 1 bitga teng bo’lgan (0 yoki 1) axborot miqdorini bildiradi. Bunda axborot ikkita ikkilik xonali bo’lsa, 2 bitga, 3 tasi 3 bitga va h. k.ga teng bo’ladi. 1 ta ikkilik xona yordamida har xil N ta ikkilik sonlarining nechtasini yozish mumkin? Bitta ikkilik son bilan: ikkita – 0 va 1; Ikkita ikkilik son bilan: uchta - 00; 01; 10; 11; Uchta ikkilik son bilan: sakkizta - 000; 001; 010; 011; 100; 101; 110;111; Shu tartibda davom etadi. Umumiy hol uchun quyidagi formula kiritilgan: i N 2 , bu erda i ikkilik xonalar soni. Barcha axborot belgilari jamlanganda ularning soni 256 taga teng bo’lgan. 256 ta belgining har birini ikkilik tizimning bir xil miqdordagi necha xonali soni bilan yozish mumkin? 8 2 N =256, demak i=8, har bir belgi ikkilik tizimda 8 xonali son bilan yoziladi. i N 2 formula muhim ma`lumotni beradi. U kutilayotgan N natijalar va i axborot miqdorini bog’laydi. Agar amalga oshishi mumkin bo’lgan natijalar soni ma`lum bo’lsa, unda axborot miqdorini hisoblash mumkin bo’ladi. Download 42.1 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling