Buxoro Davlat Universiteti Fizika matematika fakulteti
Download 1.9 Mb.
|
BuxDU hisobot
Buxoro Davlat Universiteti Fizika – matematika fakulteti “Fizika” ta’lim yo’nalishi 1-1 FIZ-21 guruh talabasi Bobomurodov Sardorning 2023-yil 13-fevraldan 2023-yil 25-fevralgacha bo’lgan amaliyotda bajargan ishlari Hisoboti Biz 1-1.fiz-21 guruh talabalari o’zimiz tahsil olayotgan hududdagi 18-sonli umumiy o’rta ta’lim maktabida 2023- yilning 13-fevralidan 25-fevraligacha amaliyot o’tadik. Shu davr mobaynida juda ko’p bilim va malakalarni o’rgandim. Ustozlarimning yo’l-yo’riq, ko’rsatmalari katta hayot maktabini o’tadi. Fakultetimiz dekani bizga kerak bo’ladigan hujjatlar , tahlil daftar yuritish tartibi , kun tartibini to’g’ri taqsimlash, jurnal yuritishni o’rganish, ish rejani elektron va xomaki qo’l yozma nusxalarini yozib borish kerakligini, o’quvchi va o’qituvchilarga , maktabning barcha xodimlariga hurmatda bo’lishimiz kerakligini va maktabning o’ziga xos qoidalariga rioya qilishimiz kerakligini tushuntirdilar. Amaliyot rahbarimiz Barotova Gulshod ham bizga kerakli ma’lumotlarni berib bordilar. Men 7-“B” sinfiga maktab direktori tomonidan biriktirildim. Sinf rahbari Baqoyeva Nasiba meni ochiq yuz bilan kutib oldilar. Mendan o’z yordamlari va maslahatlarini ayamadilar. 7-“B” sinf bilimga chanqoq, izlanuvchan, talabchan o’quvchilardan iborat ajoyib jamoa. Amaliyot davomida dars jarayonlarini qiziqish bilan kuzatib, tahlil qilib, yangi pedagogik metodlarni o’rgandim va o’zim uchun kerakli bo’lgan xulosalarni chiqardim. O’qituvchilar juda talabchan, tajribali, nutqi ravon, e’tiborli, mehribon, jonkuyar qisqacha qilib aytganda mahoratli pedagog. Men shu amaliyot davomida o’zim uchun biriktirilgan 7-“B” sinf o’quvchilari bilan Fizika fanining “Bug’lanish va kondensatsiya. Qaynash” mavzusida ochiq dars o’tkazdim. Dars davomida yangi pedagogik metodlardan va to'g'ri izohini top metodidan foydalandim. Men o’qituvchidan eng avvalo darsni reja asosida to’g’ri taqsimlab o’tishni o’rgandim. Bu menga tajriba bo’ldi. Amaliyot davrida kundalik.com saytida ishlash, darsni fanlararo bog’lab multimedia va video lavhalardan foydalanishni o’rgandim. Darslarda qo’limdan kelgancha taqdimot va ko’rgazmalar tayyorlab o’qituvchimga yordamlshdim. Bu tajribalar menga kelajakdagi faoliyatimni yuritishda asos bo’ldi. Download 1.9 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling