Xalqimizning muqaddas maskani – xojaig’or ziyoratgohi xususida foziljon Bobomurodov


Download 3.54 Mb.
bet1/2
Sana21.11.2023
Hajmi3.54 Mb.
#1791710
  1   2
Bog'liq
Foziljon Bobomurodov


XALQIMIZNING MUQADDAS MASKANI – XOJAIG’OR ZIYORATGOHI XUSUSIDA


Foziljon Bobomurodov – Termiz davlat universiteti Etnografiya, Etnologiya va Antropologiya yo‘nalishi I-bosqich magistranti
Tel:+998993799164
foziljon2020y@gmail.com


Annotatsiya: Maqolada Shimoliy Surxon vohasidagi, xususan Sariosiyo tumani Taytavo qishlog‘idagi ziyoratgoh haqida so‘z yuritiladi.
Kalit so‘zlar: Surxondaryo viloyati, Taytavo qishlog‘i, Xojaig‘or, ziyorat, ziyoratgoh, kamar, g‘or, avliyo, chillaxona.

Mamlakatimizda madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish, asrab-avaylash va ularni kelajak avlodga o‘z holicha yetkazish borasida qator ishlar amalga oshirilmoqda. Bu sohada olib borilayotgan amaliy ishla davomiyligini ta’minlashga doir me’yoriy – huquqiy hujjatlar qabul qilinyapti. Har bir madaniy merosimiz tarixi alohida e’tiborga olinib chuqur o‘rganilmoqda.



Xojaig’or ziyoratgohi Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumanidagi ziyoratgoh bo’lib, u tuman markazidan 20 - 25 km uzoqlikdagi bir paytlar Taytavo deb nomlangan tarixiy qishloqda joylashgan1. Xojaig’or bir necha asrlardan buyon xalqimizning muqaddas ziyoratgohlaridan biriga aylanib qolgan. Ziyoratgoh qabriston va atrofi qo’shimcha toshli, daraxtli hamda bo’z yer bilan qo’shib muhofazaga olingan tog’li hududdan iborat. Qabristonning chetrog’ida o’rtacha kattalikdagi qabr, uning yonida ancha yoshli pista daraxti va katta hajmdagi xarsang tosh mavjud. Xarsang tosh atrofida ziyoratchilar o’tirib dam oladigan tekis joy va uzoq yo’ldan kelganlar o’zlariga taom tayyorlash uchun ba’zi sharoitlar (qozon-o’choq va hakozolar) qilingan2.
Qabristonning g’arbiy tomonida baland qoyali tog’ mavjud. Ziyoratgoh tog’ning 400metr balandligidagi uzunligi 25-30 metr, eni 5-6 metr, bo’yi 6-7 metr yarim oy shaklidagi kamardan iborat. Kamar shiftidan qishu-yoz bir xil miqdorda shaffof suv tomchilab turadi. Bu suvdan ozuqa olib sunbula o’simligi osilib o’sadi. Ziyoratga kelganlar ixlos bilan yaxshi niyatlar qilib bu suvdan ichadilar, hamda uylariga olib ketadilar3.

Xojailg’or ziyoratgohi to’g’risida tarixiy manbalarda hozircha aniq bir ma’lumotlar topilmagan. Lekin xalq orasida ko’plab rivoyatlar bor. Shulardan biri to’rtinchi xalifa Ali Ibn Abu Tolib davrlaridan keyin xalifalikda fitna chiqib, Islomda ikkiga bo’linish yuzaga keladi va bular shia bilan sunniylar edi. Shialarning qo’li baland kelgach, ko’plab sahoba, tobein va tabaatobeinlar O’rta Osiyo hududiga kelib qolishadi. Bularning hammasi ham shu davrda kelmagan. Ba’zilari avvalroq, ba’zilari keyinroq, yoki boshqa sabab bilan kelishgan4. Shuning uchun ham O’rta Osiyoda ko’plab aziz-avliyolarning qabri va qadamjolari mavjud.
Bu aziz-avliyolarning albatta O’rta Osiyo hududida manzil-makon tutib, yashab ketishi hammalarida ham oson kechmagan. O’sha davrda O’rta Osiyo xususan, hozirgi O’zbekiston hududidagi aholi ichida Islom dinini qabul qilmaganlar ham bo’lgan. Islomni qabul qilmaganlar musulmonlarga ma’lum vaqt davomida qarshilik ko’rsatib kelishgan. Bu qarshiliklar davrida aziz-avliyolarning ko’plari tog’lardan yoki g’orlardan panoh topganlar va aksariyat hollarda shu joylarda qo’nim topganlar.

Xojaig’or ziyoratgohi haqidagi rivoyatlar ham xuddi shunga o’xshash. Ne’matulla Xoksoriyning “Gazaragim-gavharim” nomli kitobida quyidagicha keltiriladi: ”Gazarakning shimoliy-g‘arbidagi tog‘ yonbag‘rida joylashgan Xojaig’or ostona bir necha asrlardan beri xalqimizning muqaddas ziyoratgohlaridan biriga aylanib qolgan. Rivoyat qilishlaricha, kofirlar bilan tengsiz jang olib brogan ulug‘ xojalardan biri, son-sanoqsiz dushmanlar bilan olisha- olisha shu tog’etagiga kelib qoladilar. Qo‘l ostidagi jangchilarning barchasi shu yerdagi jangda shahid bo‘ladi. Yolg’iz qolgan Xojani tiriklayin asir olish uchun dushman xalqasi uch tomondan siqib kela boshlaydi. Qurshovdan chiqib ketishning esa sira iloji yo‘q. Atrof to‘la dushman. Old tomonda tik qoyalardan iborat osmono’par tog’. Chorasiz qolgan Xoja oyoq kiyimlarini yechib tashlaydilar-da, oyoq yalang holda, qoyalarga tirmashib, toqqa chiqa boshlaydilar. Yo‘l-yo‘lakay tosh dumalatib, orqalaridan chiqib kelayotgan dushmanlarning bir qanchasini nobud qiladilar. Qancha mashaqqatlar bilan tog’ning qariyb uchdan ikki qismini bosib o‘tadilar. Shu payt oldilaridan katta bir kamar chiqib qoladi. Kamarning salqin havosida ozgina dam olib, shiftdan tomchilab turgan muzdek suvdan tashnaliklarini qondiradilar. Dushmanlar esa borgan sari kamarga yaqinlashmoqda edi. Xoja kamardan chiqib, yana yuqorilay boshlaydilar. Borgan sari qoyalardan chiqish qiyinlasha boradi. Kofirlar ta'qibidan qochib qutulishning iloji yo‘qligini bilgan Xoja, Allohning irodasi bilan oldilaridan chiqib qolgan g’orga kirib, g’oyib bo’lib ketadilar. Shundan beri bu tog’ bag’ridagi katta kamar Xojaig’or ostona nomi bilan ziyoratgohga aylanib qoladi.5
Bundan tashqari Xoja kirib g’oyib bo’lib ketgan, bugungi kunda Xojaig’or ziyoratgohining chillaxonasi deb ataluvchi g’or haqida yuqoridagi kitobda o’tgan asrning o’rtalarida bo’lib o’tgan voqealar ham bayon etilgan. «Chillaxona»6 g’ori haqidagi yana bir ajoyib voqeani hikoya qilib bermoqchiman. Bundan 40-45 yillar oldin kaklik ovlab yurgan Saidmurod mergan «chillaxona» g’ori og’zida o‘sib turgan, yo‘g‘on yeti dona zarang daraxtidan birini tayoq qilish uchun kesib olmoqchi bo’ladi. Qo‘lidagi katta pichog’ini daraxt tanasiga urishi bilan, g’or ichidan son-sanoqsiz xomishak (chivin)lar uchib chiqib, ovchining qo’l va betlarini ayovsiz chaqa boshlaydi. Bir nafasda yuz- qo‘llari qonga botib, shishibketadi. Chivinlardan bazo‘r qochib qutulgan ovchi, kamar ostidagi ziyoratgohga tushib kelib, tavba-yu tazarrular bilan yuz-qo‘lini tabarruk suvlarga yuvib, chivinlar zaxridan xalos bo‘ladi. Qilgan gunohiga tavba qilib, shundan keyin bu atroflarda ov qilmaydigan bo‘ladi. Keksalarnin gaytishicha, g’or og‘zidagi o‘sha yeti dona zarang daraxti qancha-qancha yillardan beri bir xil holatda, na yo‘g‘on va na ingichka bo‘lmasdan o‘sib turar ekan7. Bu ziyoratgoh bilan bog’liq bunga o’xshash voqealarni juda ko’plab keltirish mumkin. Mana necha asrlar davomida bu ziyoratgoh xalqimizning muqaddas maskanlaridan biri sifatida ko’riladi va ziyorat qilinadi.




Download 3.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling