Buxoro davlat universiteti fizika yo‘nalishi


Download 321.84 Kb.
bet7/9
Sana30.04.2023
Hajmi321.84 Kb.
#1407616
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Lazer faol muhitida yorug’likni kuchaytirish. Faol muhit-inversbandlik muhiti

Nurlanishning yo‘naltirilgan oqimini generatsiyalash imkoniyatini belgilaydigan miqdoriy munosabatni quyidagi mulohazalar asosida topish mumkin. Aktiv muhitdagi biror А nuqtada vujudga kelgan va spektral zichligi I0 bo‘lgan nurlanish oqimi rezonator o‘qi bo‘ylab yo‘nalib, o‘ng tomondagi ko‘zguga borayotib kuchayadi, undan qaytadi va chap ko‘zgudan qaytgandan so‘ng o‘zining dastlabki yo‘nalishida tarqalib, yana А nuqtadan o‘tadi. Shunday qilib, nurlanish rezonatori tarqalishining bir siklida 2L ga teng yo‘l bosib o‘tadi. Agar energiya hech isrof bo‘lmasa, oqim I0 exp[2()L] ga teng kattalikkacha kuchayishi kerak, bu yerda () - kuchaytirish koeffitsiyenti. Lekin ko‘zgularning effektiv reff qaytarish koeffitsiyenti orqali hisobga olingan energiya isroflari natijasida energiya oqimining rezonatordagi bir sikl tarqalishidan keyingi zichligi I0 r2effexp[2()L] ifoda bilan aniqanadi. Shuning uchun rezonatorda nurlanish generatsiya qilish imkoniyati to‘g‘risidagi masalaning

(20.3)

shartga keltiriladi. Bu yerda 0() - kuchaytirish koeffitsiyentining intensivliklar kichik bo‘lgandagi, ya’ni to‘yinish effekti hisobga olinmagan holdagi qiymati (to‘yinmagan kuchaytirish koeffitsiyenti). (20.3) munosabat tenglikka aylanganda generatsiyaning bo‘sag‘a shartlariga erishilgan bo‘ladi.

Yuqorida aytilganlarga mos ravishda generatsiyaning statsionar quvvati quyidagi shart bilan aniqlanadi:

(20.4)

bu munosabatni potensirlab,

(20.5)

shartlarni topamiz. (20.4) yoki (20.5) shartlar statsionar generatsiya shartlari deyiladi.

Yuqorida kiritilgan f kattalik energiyaning nisbiy isroflari yoki qisqacha isroflar deyiladi. Ba’zan f kattalik o‘rniga rezonatorning aslligi deb ataladigan Qr kattalikdan foydalaniladi. Tebranuvchi sistemaning asilligi deb, sistemada jamg‘arilgan energiyaning sistemadan tebranishning bir davrida chiqayotgan energiyaga nisbatiga aytiladi. Optik rezonatorlarda yuqorida aytilgancha ta’riflangan asllik f isroflarga


Download 321.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling