Buxoro davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi


Download 0.93 Mb.
bet45/59
Sana19.06.2023
Hajmi0.93 Mb.
#1613174
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   59
Bog'liq
latinskiy dissertatsiya222

39-misol.

Ingliz tilida

Ozbek tilida

I am a genius. I could be anything at all, with half
the chance. But today I am going to change the world.
Something’s world. The cat avoids me. The cat
knows I am a genius, and has hidden itself204.

Quloq soling menga, yaxshi qiz, bir oz
Dilimni ochmoqchi bo‘lyapman sizga
Tunov kun bir do‘stim meni dab-durust
Aybladi sevgisizdikda.
Bexabar emishman muhabbatdan men,
Qalbimda ishq emas, bor emish ilon 205.



“Education for Leisure” (“Bo‘sh vaqt uchun ta’lim”) 1985-yilda ingliz shoirasi Kerol Enn Daffi tomonidan yozilgan. Unda bezovta bo‘lgan o‘smirning ichki hayoti tasvirlangan, u o‘zining daholigini e’lon qilib, hayvonlarni qiynab, o‘ldiradi. Bu “dam olish uchun ta’lim” oxir-oqibatda o‘smirning oshxona pichog‘ini o‘g‘irlashi va zo‘ravonlik bilan yakunlanadi. Kerol Enn Daffi she’rni Londonning Ist End shahridagi maktabda dars berayotganda ijtimoiy sharh sifatida yozgan va uning mavzusi uzoq vaqtdan beri bahsli bo‘lib kelgan. 2008-yilda namoyishchilar Buyuk Britaniyadagi maktab antologiyasidan she’rni olib tashlashga muvaffaq bo‘lishdi, garchi ba’zi maktablar she’rni o‘rgatishni davom ettirsalar ham. Bandning oxirgi misrasida “The cat knows I am a genius, and has hidden itself” so‘zida “and” bog‘lovchisidan keyin “the cat” egasi tushirib qoldirilgan. Buni kontekstdan payqab olish oson. Shoira bu she’rda o‘z qahramonining atrofdagilarga bo‘lgan tajovuzini, uning yomonliklarini ellipsis vositasida ta’kidlagan va egani tushirib qoldirishni ma’qul ko‘rgan. A.Oripov she’ridagi ellipsis oxirgi satrda qo‘llanilgan. “Qalbimda ishq emas, bor emish ilon”da “qalbimda” so‘zi gapning ikkinchi qismida verguldan keyin tushirib qoldirilgan. Adabiyotda ishq ta’rifiga keltirilgan so‘zlar bisyor. Shoir Abdulla Oripov suyuklisiga uning do‘sti uni sevgisiz odamga o‘xshatishidan xunob bo‘lib gapiradi. Bu she’riy parchada ellipsis inversiya bilan uyg‘unlashib kelganini ko‘rishimiz mumkin.
Pasaytiruvchi figuralardan yana biri sukut hisoblanadi. Sukut (jim qolish) –badiiy nutqda so‘z yoxud so‘z birikmasining tushib qolishi. Odatda shoirlar nimadandir qattiq hayajonlangan inson nutqini ifodalash zarurati tug‘ilgan taqdirda sukut usulidan foydalanadilar. Chunki, qattiq hayajonlangan kishi o‘z fikrini osoyishta ohang bilan to‘da va mantiqiy izchillik bilan bayon qila olmaydi – bunday damlardagina sukut usuli juda qo‘l keladi. Agar e’tibor bersak, kishilar haddan ortiq g‘azablanganida yoki hayajonlanganida biron bir so‘z aytmaslikni ma’qul ko‘radi. Shu o‘rinda sukutning ishlatilishi uning ruhiy kechinmasini ifodalab beradi. Shoirlar sukutdan she’rdagi qofiyani to‘xtatish, kitobxonning diqqat-e’tiborini ma’lum bir so‘z yoki jumlaga qaratish uchun ham qo‘llashadi.
Sukut figurasi “apoziopeza” so‘zi bilan ham ataladi. Bu so‘z yunoncha so‘zdan olingan bo‘lib, “jim bo‘lish” degan ma’noni anglatadi.206 Bu ritorik vosita so‘zlovchi ehtiros, hayajon yoki qo‘rquvga to‘lib-toshgani uchun o‘z ongida nima borligini aytishga tayyor emas vaqtda yuzaga keladi. Adabiyotda o‘quvchi o‘z ma’nolarini aniqlay olishi uchun gapni tugallanmagan holda qoldirish demakdir. Fikrimizni quyida zamonaviy ingliz va o‘zbek she’riyati namunalari misolida asoslashga harakat qilamiz:
40-misol.

Ingliz tilida

Ozbek tilida

Now I am Alien. Where I come from there are few jobs,
The young are sullen and do not dream. My lover
bears our child and I was to work here, find
a home. In twenty years we would say This is you
when you were a baby, when the plum tree was a shoot…207

Uchib borar edim misoli shamol,
Otginam qoqildi. O‘tmasdan birpas...
Jasadi ustida turib qoldim, lol,
Onasi, otimdan ajraldim, xullas...208

Zamonaviy o‘zbek she’riyatining taniqli vakili Usmon Azim qo‘llagan sukutda g‘amgin va ma’yus kayfiyat ifoda etilgan. Shoirning kutilmaganda sevimli otidan ajralishi, hattoki uni o‘limdan saqlab qolishga ham fursati bo‘lmaganligi unga qattiq ta’sir qilganidan shoir aytishga so‘z topolmay qolgani, qolaversa, Allohning taqdiriga rozi bo‘lganligini bildirish uchun hech narsa aytmaslikni ma’qul ko‘radi. Ko‘rinib turibdiki, shoirning bu o‘rinda sukutni qo‘llashi zarurati tug‘ilgan. Sukut mazkur she’rda kuchli his-tuyg‘u va iztirobni ifodalashda xizmat qilgan. Kerol Enn Daffining “Deportation” she’rida Britaniyadan quvg‘in qilingan muhojir o‘z tajribasi va fikrlari haqida gapiradi. Bu she’r musofir yurtdan deportatsiya qilingan notiq nuqtayi nazaridan aytilgan. U “jargonlar”ni aytadigan yot madaniyat orasida o‘zini begonadek his qiladi. Nega ular unga yoki unga o‘xshaganlarga nisbatan yomon munosabatda bo‘lishayotganini hatto tushunolmaydi. Qahramon nafaqat hayotga bo‘lgan muhabbatini, balki asosiy shaxsini ham yo‘qotdi. Bunday yo‘qolgan holatda, u o‘zi kabi mavjud bo‘lishi mumkin bo‘lgan makondan tasalli izlaydi.
Daffining qahramoni bu satrlarda o‘zini ko‘chib kelgan mamlakatdagi “o‘zga sayyoralik” bilan taqqoslaydi. Musofirning mamlakatida yoshlar ishsizlik tufayli g‘amgin va umidsiz. U ish izlab shu begona yurtga ko‘chib keladi. U shu yerda oila qurib farzandli bo‘ladi. Uning sevimli va yagona farzandi uning hayotida bor narsadir. Bola go‘dakligida uni olxo‘rining niholiga qiyoslashdi. She’rning mana shu oxirgi qatorida shoir sukutni mohirona ishlatadi. Bu she’r qahramonining tinglovchiga aytadigan narsasi bor, lekin buni ayta olmasligini anglatadi.
41-misol.

Ingliz tilida

Ozbek tilida

If poetry could tell it backwards, true,
Begin that moment shrapnel scythed you to the stinking mud…
but you get up, amazed, watch bled badblood
run upwards from the slime into its wounds209.

Qalbimda goh g‘urur, gohida farah
Shu uchqur dunyoni turfa ko‘ribman.
Yurtma-yurt, elma-el, farsah ba farsah
Umrim dovonlarin o‘lchab yuribman.
Umr-ku o‘tadi gulduros solib,
Uning qaytganini kim ham ko‘ribdi?!
Vo ajab, qay bir zot, o‘z umri qolib,
Mening qadamimni o‘lchab yurib...210



Last Post” da shoir soatni orqaga qaytaradi, shuning uchun jahon urushi janggohlarida halok bo‘lgan askarlarning hayotga qaytarilishini qayta tasavvur qilamiz. “So‘nggi xabar”da shoir bizni xayoliy sayohatga olib boradi, u o‘quvchiga Fransiyadagi jang maydonlarida ko‘plab yigitlarning hayotini behuda sarflagan Birinchi jahon urushi voqealarining muqobil yakunini tasavvur qilishiga yordam berish uchun soatni orqaga aylantiradi. Bu yerda u bizga jang maydonidagi xunuk manzarani taqdim etadi. Mazkur she’rda sukutning ishlatilishi askarning shafqatsiz yakunining dahshatli va sharmandaligini ifodalab kelgan. Shoir Abdulla Oripov esa yuqoridagi she’riy parchada umrning tez o‘tishini, u hech qachon qaytib kelmasligini tilga olib, uni kuzatayotgan kishilarning shoirning xato qilishini poylab yurishidan hafsalasi pir bo‘lib, sukutni ishlatishni lozim topadi. Bunda shoirning ichki his-tuyg‘ularida esda qolarli voqealar ro‘y berganini, atrofidagi kishilarning xiyonatini ilg‘ash mumkin.
Ingliz shoirlari Kerol Enn Daffi, Kerol Rumens, Tomas Sternz Eliot va o‘zbek shoirlari Ikrom Otamurod va Abdulla Oripov she’rlarida qo‘llangan sukut va ellipsislar tahlili asosida quyidagi xulosalarga kelishi mumkin:

Download 0.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling