Buxoro davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi


Download 0.93 Mb.
bet46/59
Sana19.06.2023
Hajmi0.93 Mb.
#1613174
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   59
Bog'liq
latinskiy dissertatsiya222

Birinchidan, she’riyatda ellipsis ta’kid ma’nosini va falsafiy fikrni kuchaytirishga, lirik qahramon – oshiqning ruhiy holatini ochib berishga, fikr ixchamligi va mazmundorligini ta’minlashga erishilgan.
Ikkinchidan, ellipsislar morfologik tuzilishi jihatidan ingliz tilida ot+ravish, ot+sifat, o‘zbek tilida ot +ot, ot+sifatdan tarkib topgan.
Uchinchidan, ellipsisda ingliz tilida OSV sxemasining kelishi, ikkinchi darajali bo‘laklarning ega+kesimdan oldin qo‘llanishi, o‘zbek tilida esa ot-kesim va ega o‘rni almashgan, inversiya yuzaga kelgan. Shu bilan birga ellipsis, ayni vaqtda, tashbeh, tashxis, tazod singari san’atlar uchun asos bo‘lib kelgan.
To‘rtinchidan, sukut fikr davomiyligini, his-kechinmalar cheksizligini, she’rga sig‘magan fikrlarni, insoniy dardlarning nihoyasizligini, orzulari ro‘yobini istayotgan lirik qahramon holatini ifodalashga xizmat qilgan.
3.3. Poetik sintaksis unsurlarining uyg‘un kelishi
Zamonaviy o‘zbek she’riyati sahifalari kuzatilsa, poetik sintaksisning figuralari uyg‘un kelganligi kuzatiladi. Ularni quyidagicha tasnif qilish mumkin:

  1. Pasaytiruvchi figuralar sifatida ellipsis va sukutning birga kelishi

  2. Ellipsis, sukut, ritorik murojaat

  3. Sukut va inversiyaning uygun kelishi

  4. Sukut, anaphora, ellipsisning birga kelishi

  5. Inversiya, ellipsis, konsonans, alliteratsiya

  6. Ritorik murojaat, anaphora, ellipsisning birga kelishi

42-misol.

Ingliz tilida

Ozbek tilida

And, yes, I have a dream – make that a scotch, ta –
That kids will know my headlines off by heart.
IMMIGRANTS FLOOD IN CLAIMS HEATHROW WATCHER.
GREEN PARTY WOMAN IS A NIGHTCLUB TART.
The poems of the decade . . . Stuff’em! Gotcha! 211



Sen – yolg‘izlik kabi jimjit.
Sen – yolg‘izlik kabi go‘zal...
Sen – yolg‘izlik kabi g‘amgin..
Sen – yolg‘izlik kabi yolg‘iz...
Sen – yolg‘izlik kabi.
Sen – yolg‘izlik...
Sen – ...

Yolg‘izlik – sen kabi sukun...


Yolg‘izlik – sen kabi xushro‘y.
Yolg‘izlik – sen kabi ma’yus.
Yolg‘izlik – sen kabi tanho...
Yolg‘izlik – sen kabi
Yolg‘izlik – sen...
Yolg‘izlik – …212

Vafo qilmagan shon – vafo, sadoqat.


Qo‘ldan chiqqan omad – himmatli nufuz...
Inson o‘z-o‘zini aldaydi faqat:
Yonida – qadrsiz. Uzoqda – afsus...213



Ellipsis, sukut, ritorik murojaatning birga kelishi zamonaviy ingliz she’riyatining mashhur vakillaridan Kerol Enn Daffining ijodida yaqqol namoyon bo‘ladi. Yuqoridagi she’r olti misrali 5 baytdan iborat. Baytlarning dastlabki satrlari va misolimizdagi oxirgi ikki satrdagi gazeta sarlavhasida muallifning ovozi aks etadi, u o‘z ambitsiyalarini namoyon etadi. “Zamonamiz uchun shoir” she’rining so‘nggi qatorlaridagi uch nuqta sukutni bildirib, The poems of the decade . . . shoir oxirgi o‘n yillikdagi (1980 yillardagi Britaniya davri, Margaret Tetcher bosh vazirlik qilgan ) davrni tasvirlaydi va ritorik murojaat orqali Stuff’em! Gotcha! avtor davolarining boshqa so‘zlovchi tomonidan kinoya bilan sharhlayotganini tasvirlaydi. Oxirgi misra metrik nuqtayi nazardan iambik pentameter, she’rdagi naqshinkorlik grammatik so‘z-gap orqali ifodalangan.
Oltinchi misra “And, yes, I have a dream – make that a scotch, ta” bilan boshlangan, so‘zlashuv nutqiga mos bu gap tahqirlash va keskin tanqidni sukut orqali, so‘zni qisqartirish (ta- tart aslida haqorat ma’nosida) orqali berilgan. Gazeta sarlavhasidan olingan bu misra bosh harflar bilan yozilganligi bilan ajralib turadi. IMMIGRANTS FLOOD IN CLAIMS HEATHROW WATCHER. Bu holatda jumlada harakat nomini bildiruvchi fe’l tushirib qoldirilgan va ellipsis orqali fe’l bildirgan ma’noni kontekstdan anglash mumkin. Ellipsis va sukutning birga kelishi zamonaviy she’riyatimizning taniqli vakili Ikrom Otamurod ijodida ko‘p kuzatiladi. Bunda ellipsisning o‘ziga xos ko‘rinishi qo‘llangan. Haqiqatan, misradan misraga o‘tgani sari so‘zlar miqdori kamayib borgan. Ayniqsa, beshinchi satrdan bu aniq ko‘zga tashlanadi. Darhaqiqat, falsafiy mazmun bilan yo‘g‘rilgan bu misralarda shoir yolg‘izlikka ta’rif beradi. Sen va yolg‘izlik parallel qo‘yilmoqda. “Sen – yolg‘izlik” – ellipsis. Ega va ot-kesimdan tuzilgan. Ayni vaqtda bunda antiklimaks bor. Chunki zinapoya shaklida poetik fikr pasayib borgan. So‘nggi satrda esa sukut qo‘llangan. Ya’ni shoirning lirik qahramoni – sen – sevgili go‘zal obrazini ifoda etadi. Shu jihatdan sukutda mahzun kayfiyatdagi “sen” – ma’shuqani bildirib keladi.
She’rning keyingi bandi yuqoridagi satrlariga teskari tartib berilgan. Bunda poetik fikr ellipsis, sukut orqali ta’sirchan ifoda etilgan. Dastlabki bandda “yolg‘izlik” bosh so‘z bo‘lib, asosiy ma’nolar shunga yuklangan bo‘lsa, bu bandda esa “sen” yetakchilik qilgan, yolg‘izlik-sen paralleli takrorlangan. Shu orqali yolg‘izlikka sukun, xushro‘y, ma'yus, tanho sifatlari orqali muayyanlashtirilgan. Bunda ham antiklimaks qo‘llangan. Shu ta’riflardan so‘ng sukut keladi. Misra so‘ngidagi ko‘p nuqta yolg‘izlik haqidagi fikrlar davom etishini bildiradi.
Oxirgi misralardagi ellipsis o‘ziga xos. Ya’ni ega bo‘lib kelgan qism – “vafo qilmagan shon” birgalikda nima so‘rog‘iga javob bo‘ladi va ega bo‘lib keladi. Ot-kesim esa uyushib kelgan va mavhum otdan iborat: vafo, sadoqat. Keyingi satr ham ellipsisning o‘ziga xos ko‘rinishi va sukut bilan yakun topgan. Shoir hayot haqida so‘zlamoqda. Insonning yonidagi insonlar qadrsiz, uzoqda esa qadrli. Shu o‘rinda yuzaga kelgan ellipsis hol va ot-kesim (yonida – hol, qadrsiz – ot-kesim, uzoqda – hol, afsus –ot-kesim) orasida yuzaga kelgan. Ko‘p nuqtalar esa inson hayoti, uning mazmuni haqida yana fikr yuritish mumkin, ma’nosini ifodalab keladi.

Download 0.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling