Buxoro davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi


Download 0.93 Mb.
bet54/59
Sana19.06.2023
Hajmi0.93 Mb.
#1613174
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   59
Bog'liq
latinskiy dissertatsiya222

Sakkizinchidan, zamonaviy ingliz va o‘zbek she’riyatida tovush takrorlari- alliteratsiya, assonans va konsonans faol qo‘llanilgan. Tovush takrorlari she’rda ritm, qofiya va musiqiylikni kuchaytirish vazifasini bajargan. She’rning jozibali va ta’sirchan bo‘lishiga xizmat qilgan.
To‘qqizinchidan, zamonaviy o‘zbek she’riyatida ellipsisdagi so‘zlarning misradan misraga o‘tgani sari miqdori kamayib borishi va geometrik shaklni hosil qilishi, uyushgan holda kelishi, poetik fikrni ta’kidlab kelishi singari jihatlari ko‘zga tashlanadi. Anafora bo‘lib keluvchi so‘zlarga esa asosiy ma’nolar yuklangan. Ritorik murojaat, ritorik so‘roqlar esa lirik qahramon ruhiyatini ifodalab kelgan. Shu bilan birga bitta so‘zning o‘zi bir paytning o‘zida ham ritorik murojaat, ham anafora bo‘lib kelishi zamonaviy she’riyat poetik sintaksisiga xos yangilanish sifatida ko‘zga tashlanadi. Zamonaviy ingliz va o‘zbek she’riyatida poetik sintaksis unsurlarining uyg‘un kelishi poetik fikr takomiliga xizmat qilgan.
O’ninchidan, zamonaviy ingliz va o‘zbek she’riyatida ellipsis//sukut, sukut//inversiya, sukut//anafora//ellipsis, ritorik murojaat//ritorik so‘roq//anafora, ellipsis tarzida poetik sintaksis unsurlarining uyg‘un kelishi yorqin poetik manzaralar va obrazlar yaratishga asos bo‘lib xizmat qilgan.


FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI
I. Ijtimoiy-siyosiy adabiyotlar
1. Мирзиёев Ш.М. Эркин ва фаровон демократик Ўзбекистон давлатини биргаликда барпо этамиз. – Тошкент: Ўзбекистон, 2016. – 56 б.
2. Мирзиёев Ш.М. Буюк келажагимизни мард ва олижаноб халқимиз
билан бирга қурамиз. – Тошкент: Ўзбекистон, 2017. – 488 б.

  1. Мирзиёев Ш.М. Адабиёт, санъат ва маданият яшаса, миллат ва халқ, бутун инсоният безавол яшайди. Ўзбекистон Республикаси Президенти Ш.Мирзиёевнинг «Ўзбек мумтоз ва замонавий адабиётини халқаро миқёсда ўрганиш ва тарғиб қилишнинг долзарб масалалари» мавзусидаги халқаро конференция иштирокчиларига йўллаган табриги. www.xabar.uz

4. Мирзиёев Ш.М. Андижон вилояти «Боғи Бобур» истироҳат масканида 05.06.2017 йилда сўзланган нутқ. www.xabar.uz.
5. Ўзбекистон Республикаси Президенти Ш.М.Мирзиёевнинг 2017 йил 13 сентябрдаги ПҚ-3271-сон «Китоб маҳсулотларини нашр этиш ва тарқатиш тизимини ривожлантириш, китоб мутолааси ва китобхонлик маданиятини ошириш ҳамда тарғиб қилиш бўйича комплекс чора-тадбирлар дастури тўғрисидаги» қарори // Халқ сўзи. – 2017, 14 сентябрь.

Download 0.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling