I bo'lim. Jahon xo'jaligi tizimi 1-bob. Jahon xo‘jaligining mohiyati, vujudga kelishi va rivojlanish bosqichlari
Download 0.59 Mb. Pdf ko'rish
|
1-mavzu.Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1.1.1-rasm Jahon iqtisodiyotining mohiyati va tarkibi
- Jahon iqtisodiyotining subyektlari.
I BO'LIM. JAHON XO'JALIGI TIZIMI 1-BOB. JAHON XO‘JALIGINING MOHIYATI, VUJUDGA KELISHI VA RIVOJLANISH BOSQICHLARI 1.1. Jahon xo‘jaligining mohiyati Jahon iqtisodiyotiga keng va tor ma’nolarda ta’rif berish mumkin1. Keng ma’noda jahon iqtisodiyoti — bu milliy iqtisodiyotlar yig‘indisi sifatidagi tizim hisoblansa, tor ma’noda — bu milliy iqtisodiyotning tashqi dunyoga tovarlar, xizmatlar va iqti sodiy resurslar yetkazib beruvchi qismlarinigina qamrab oluvchi tizimdir. Jahon iqti sodiyotiga berilgan tor ma’nodagi ta’rif iqtisodiy nazariyadagi sotiladigan mahsu lotlar va omillar tushunchasiga mos keladi. Amaliyotda keng ma’nodagi ta’rif ko‘p- roq qo‘llanilganligi bois ham keyingi matnlarda ushbu tushunchadan foydalanamiz. Shu bilan birga sotiladigan mahsulotlar va omillarga asoslangan xo‘jalik aloqalari yuzlab milliy xo‘jaliklarni «jahon iqtisodiyoti» deb ataladigan bir tizimga birlash- tirishini e’tiborga olish lozim. Shu sababdan ham jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqti sodiy munosabatlar o‘zaro bog‘liqdir (1.1.1-rasm). 1.1.1-rasm Jahon iqtisodiyotining mohiyati va tarkibi Mamlakatlar guruhlanish sabablari Iqtisodiy rivojlanish darajasi Iqtisodiy o'sish tipi Iqtisodiyotning ijtimoiy tarkibi Tashqi iqtisodiy aloqalarxarakteri va b. «Jahon iqtisodiyoti» tushunchasidan «xalqaro iqtisodiyot» tushunchasini farqlash lozim. Xalqaro iqti sodiyot deganda jahon iqtisodiyoti emas, balki xalqaro iqtisodiy munosabatlar nazariyasi tushuniladi. 1 Jahon xo'jaligi, umumjahon xo'jaligi sinonimlar sifatida ishlatiladi. 15 I BO'LIM. JAHON XO'JALIGI TIZIMI Jahon iqtisodiyotining subyektlari. Jahon xo‘jaligi tizimini sodda holda uning tarkibiy qismlari yoki asosiy qatnashchilari — subyektlaridan iborat mexanizm ko‘- rinishida ifodalash mumkin. Ushbu subyektlarning asosiylari milliy iqtisodiyot- lar, transmilliy korporatsiyalar (TMK), integratsion birlashmalar, xalqaro iqtisodiy tashkilotlar hisoblanadi. Milliy iqtisodiyotlar jahon iqtisodiyotining asosiy subyekti sanaladi. Milliy iqti- sodiyotlarga xos asosiy xususiyat shundaki, dunyoning aksariyat mamlakatlari iqti sodiy suverenitetni saqlab kelishmoqda. Globallashuv jarayoni tufayli tashqi bosim- ning kuchayishiga qaramasdan mamlakatlarda eng muhim iqtisodiy qarorlar tashqa- ridan emas, balki milliy hukumatlar tomonidan qabul qilinmoqda. Shuning uchun ham jahon iqtisodiyotini tahlil etishda sanoat jihatdan taraqqiy etgan mamlakat larda mavjud iqtisodiy rivojlanish tendensiyalariga tayanish lozim. Shunga qara masdan milliy iqtisodiyotlarning jahon iqtisodiyotidagi mavqeyi pasayib bormoq- da. Ba’zi integratsion birlashmalarda iqtisodiy suverenitet qarorlar qabul qilishning umumiy mexanizmi bilan uyg‘unlashib ketayotir. Milliy iqtisodiyot doirasida (jum- ladan, kichik mamlakatlarda) iqtisodiy qarorlar qabul qilishda hukumat o‘z kom- paniya va fuqarolari talablaridan emas, balki aksariyat hollarda xalqaro iqtisodiy tashkilotlar va xorijiy TMKlar talablaridan, manfaatlaridan kelib chiqishmoqda. Avvallari u yoki bu mamlakatda tashqi iqtisodiy faoliyat bilan milliy firma- lar shug‘ullanishgan va ular uchun mamlakat ichki bozori asosiy bozor hisoblan- gan. Ammo oxirgi o‘n yillikda ularning ko‘pchiligi TMKlar darajasiga ko‘tarilishdi va butun dunyo ularning faoliyat (savdo, sanoat, moliya) yuritish maydoniga aylandi. Natijada TMKlar jahon iqtisodiyotining muhim mustaqil tarkibiy qismiga aylanish- di va ular hissasiga jahon yalpi ichki mahsulotining 1/5—1/4 qismi to‘g‘ri kelmoq- da. TMKlarning aksariyat qismi o‘z mamlakatlari ichki bozori uchun ishlashlari- ga qaramasdan globallashuv jarayonining harakatlantiruvchi kuchi hisoblanishadi. Globallashuv jahonni yagona bozorga aylantirish vositasi sifatida TMKlar uchun manfaatli hisoblanadi, chunki ular ushbu bozorda eng kuchli xo‘jalik subyektla ri sanalishadi. Shu bilan birga TMKlarning manfaatlari doimo milliy iqtisodiyot manfaatlari bilan mos kelavermaydi. Shunga qaramasdan globallashuv jarayonining chuqurlashuvi natijasida TMKlarning jahon iqtisodiyotidagi o‘rni va jahon xo‘jali- gining boshqa subyektlariga ta’siri ortib bormoqda. TMKlar faoliyati natijasida aksariyat mamlakatlar iqtisodiyoti o‘zaro birla- shib, xalqaro hududiy iqtisodiy birlashmalarni tashkil etmoqda. Ushbu birlashma lar jahon xo‘jaligining muhim mexanizmiga aylandi, ba’zilari, jumladan Yevropa Ittifoqi (Yel) tashqi dunyoda o‘z a’zolari nomidan faoliyat olib bormoqda. Ammo ko‘pchilik mintaqaviy integratsion birlashmalar (Yel va Shimoliy Amerika erkin savdo assotsiatsiyasidan (NAFTA) tashqari) o‘z a’zolari milliy iqtisodiyotiga kuch li ta’sir ko‘rsatmaydi. Hozircha xalqaro iqtisodiy integratsiya jahonning nisbatan rivojlangan hududlarida muvaffaqiyatli amalga oshmoqda, boshqa hududlarda esa ushbu jarayon ularning rivojlanish darajasining ortishi bilan chuqurlashib boradi. Ikkinchi jahon urushidan keyingi yillarda xalqaro iqtisodiy tashkilotlarning soni va ahamiyati tubdan oshdi. Ushbu tashkilotlarda jahon iqtisodiyotidagi ulushi katta mamlakatlar hal qiluvchi rolga ega. Boshqa mamlakatlar tovarlar, xizmatlar, kapital va texnologiya jihatdan qayd etib o‘tilgan mamlakatlarga bog‘liqligi sababli xalqaro tashkilotlarda ularning fikrini qabul qilishga majbur. Shu bilan bir vaqtda globallashuv jarayoni milliy iqtisodiyotlar o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikning kucha yishiga olib kelmoqda. Shu sababli milliy iqtisodiyotlarning xalqaro tashkilotlar- ga a’zo bo‘lishga intilishi kuchayib bormoqda va ushbu tashkilotlarga a’zolik ko‘p- lab iqtisodiy muammolarni ko‘ptomonlama kelishuvlar asosida hal etish imkonini 16 1-BOB. JAHON XO'JALIGINING MOHIYATI, VUJUDGA KELISHI VA RIVOJLANISH BOSQICHLARI beradi. Natijada xalqaro tashkilotlar jahon iqtisodiyotining (avvalo, rivojlanayotgan kichik va o‘rta mamlakatlarga nisbatan) kuchli subyektlariga aylanib borishmoqda. Xalqaro iqtisodiy tashkilotlarning muhim vazifalaridan biri — jahon iqtiso diyotining rivojlanishi to‘g‘risida statistik tahlillar, hisobotlar tayyorlashdan iborat. Amaliyotda Xalqaro valyuta fondi (XVF) (World Economic Outlook), Umumjahon banki guruhi (World Development Report), YuNKTAD (World Investment Report), Umumjahon savdo tashkiloti (UJST) (World Trade Report) va boshqa tashkilotlar ning nashrlari keng foydalaniladi. Download 0.59 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling