Buxoro davlat universiteti ijtimoiy- iqtisodiy fakulteti psixologiya ta


Download 1.46 Mb.
Pdf ko'rish
bet58/70
Sana29.12.2021
Hajmi1.46 Mb.
#183503
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   70
Bog'liq
eshitishda nuqsoni bor bolalarni psixologiyada organilishi

Uslubiy ko'rsatmalar 
Har  doimgidek  tarbiyachi  mashg'ulot  oldidan  xonani  tayyorlayodi.  Kanatli 
yo'lkani,  bolalar  doirada  ketma-ket  yurishlari  uchun  qulay  joylaydi.Uning  eni 
taxminan  40  sm  bo'ladi.Yo'lkada  va  zal  bo'ylab  yurishda  bolalar  tarbiyachi 
ketidan  ikki-uch  aylanadilar,  so'ngra  tarbiyachi  ularni  gimnastika  devori  oldiga 
o'tqazadi.Gimnastika  devoriga  tirmashish,  ikkita  katta  odam  boshchiligida, 
birvaqtning  o'zida  to'rtta  bola  bilan  bajariladi.  Bolalar  imkonlari  darajasidagi 
balandlikka  ko'tarilib,  so'ngra  tarbiyachi  ko'magida  pastga  tushadilar.Koptokni 
savatchaga otish mashqini avval kattalar ko'rsatib bergach, har biri ikkita o'rtacha 


105
 
 
koptokni olib savatcha bilan bolalar oldiga keladi. Mashqni ikkita bola bir vaqtda 
bajaradilar.  Koptok  uloqtirish  ikki  qo'l  bilan,  tikka  turgan  holda  tepadan  pastga 
qarab  bajariladi.  Savatni  bolaga  biroz  qiyalatib,  undan  30  sm  oralig'ida  tutib 
turiladi.Gilam  poyondozda  emaklash  tablichkani  ko'rsatish  va  ovoz  signali  bilan 
boshlanadi.  Ikki  bola  gilamcha  bo'ylab  tarbiyachi  tomon  emaklaydilar.  Yetib 
kelgach  tarbiyachi  ularni  joylariga  o'tqazib,  navbatdagi  bolalarni  mashqga  jalb 
qiladi.Joyda  sakrash  mashqini  oyoq  uchida  qo'lni  belga  qo'ygan  holda 
bajariladi.Tarbiyachi  bolalar  bilan  birga  burilishlar  bilan  sakraydi.      20-25  ta 
sakrashdan so'ng ovoz signali va so'zga asoslanib hamma joyiga o'tiradi. 
Setkaga  osilgan  katta  koptokni  irg'itish  avvagi  mashg'ulotlardagidek 
o'tqaziladi.Bir-birini 
ketidan,to'xtab-to'xtab, 
yurish 
mashqi 
xuddi14-
mashg'ulotdagi kabi olib boriladi. 
Yugurish  sekin  tempda  o'tqaziladi.  Tarbiyachi  kichik  qadamlar  bilan 
yugurib,bolalarni  orqada  qolmasliklari  va  zalda  yoyilib  ketmasliklarini  nazorat 
qiladi.  Shu  tarzda  bolalar  ikki-uch  aylana  yuguradilar.  Yurish  mashqidan  so'ng 
tarbiyachi bolalarni tartib bilan zaldan olib chiqib ketadi. 

Download 1.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   70




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling