Buxoro davlat universiteti ijtimoiy- iqtisodiy fakulteti psixologiya ta


Download 1.46 Mb.
Pdf ko'rish
bet60/70
Sana29.12.2021
Hajmi1.46 Mb.
#183503
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   70
Bog'liq
eshitishda nuqsoni bor bolalarni psixologiyada organilishi

                                              Uslubiy ko'rsatmalar 
To'xtashlar  bilan  ketma-ket  yurish  mashqi  eshituv-ko'ruv  signali  asosida 
tarbiyachi  ketidan  bajariladi.To'xtashlar,  turli  vaqt  oralig'i  bilan,  uch-to'rt  marta 
amalga  oshiriladi.Tarbiyachi  yangi  holatga  o'tadi,  oyoq  uchiga  turib,  qo'llarini 
belga  qo'yadi  va  biroz  kutib  turgach,  boshni  baland  ko'tarib,  chiroyli  yurish 
boshlaydi.  Bolalar  ham  doira  bo'ylab  oyoq  uchida  yurib,  to'xtaydilar.  So'ngra 
tarbiyachi  bolalarni  stullar  tomonga  boshlaydi  va  ovoz  signali,  so'z  yordamida 
joylariga  o'tqazadi.Qorinda  yotib  koptokni  dumalatish  har  doimgidek,  gilamcha 
ustida  o'tqaziladi.  Har  bir  katta  ikkitadan  bolani  gilamchaga  yotqazadi.  Kattalar 
va  bolalar  o'rtasidagi  masofa  60-70  sm.ni  tashkil  qiladi.  Koptokni  2  qo'l  bilan 
dumalatishni    va  ilish  uchun  qo'llarni  keng  yozishni  bolalarga  eslatish  juda 
muhim. 
Pol ustiga qo'yilgan arqon ustidan sakrash mashqi bu mashg'ulotda ilk marta 
o'tqazilmoqda.  Bu  mashq  uchun  yo'g'on,  rangli  arqon  (kanat  emas)  ishlatish 
yaxshi  
bo'ladi.  Tarbiyachi  arqon  ustidan  yengil,  yumshoq  sakrash  harakatini 
namoyish  qilib  buriladi,  so'ngra  ikki  bolani  turg'izib,  ularni  qo'llaridan  tutgan 
holda  mashqni  birga  bajaradi.  Oxirida  bolalarni  orqaga  burib,  mashqni 
takrorlaydi.  Ovoz  signalini  qo'llash  sakrashning  bir  xil  vaqtda  bo'lishini 
ta'minlaydi. 
Bayroqcha  bilan  yugurib  skameyka  ustidan  hatlash  mashqi  ham  ilk  marta 
o'tqaziladi.  Oldingi  mashg'ulotlarning  birida  bayroqcha  bilan  yugurish  mashqi 
o'tqazilgan  edi.  Hozir  bu  mashqni  biroz  murakkablashgan  holda  bajarish  kerak, 
ya'ni  yugurish  mobaynida  to'siqlar  (skameykalar)  ustidan  sakrash  kerak  bo'ladi. 
Avvalo  mashg'ulotni  ko'rsatib  berish  lozim.  Buning  uchun  pedagog  barabanni 
oladi,  tarbiyachi  esa  bolalar  yugurishini  boshlaydigan  chiziq  oldiga  turadi. 
Pedagog  signali  asosida  u  yugurishni  boshlaydi,  skameyka  chetlarini  ikki  qo'li 
bilan  ushlab,  hatlab  o'tadi,  so'ngra  yugurishda  davom  etib  stulcha  ustidagi 
bayroqchani  qo'liga  olib,  “A-a-a-a”  tovushi  bilan  boshi  uzra  silkitadi  (bunda 


107
 
 
tarbiyachi  bolalar  tomonga  qaragn  bo'lishi  kerak).  So'ngra  tarbiyachi  bayroqni 
stul  ustiga  qo'yib,  katta  tez  qadamlar  bilan  joyiga  kelib  o'tiradi.  Bu  bilan  u 
mashg'ulot  yakunlanganini  anglatadi.Mashqni  ovoz  siganli  asosida  ikki  bola  bir 
vaqtda  bajaradi  (barabar  bolalar  orqasida).  Yugurish  chizig'i  va  bayroqli  stullar 
orasidagi  masofa  -  4m.  Avvalgi  mashqlardagi  kabi,  jismoniy  imkoniyatlari 
nisbatan  teng  bolalar  juftligini  tanlash,  maqsadga  muvofiq  bo'ladi.Koptok 
uloqtirish  mashqi  ham  avvalgidek  o'tqaziladi.  Mashqni  o'tqazishda  tarbiyachi  va 
pedagog  birga  qtnashadilar.  Bu  mashqni  bajarib  bo'lingach,  tarbiyachi  bolalarni 
turg'izib,  zal  devori  oldiga  bir  qator  qilib  saflaydi.  Yurish  mobaynida  bolalar 
faqat  eshituvga  mo'ljal  qilib  boradilar,  tarbiyachi  faqat  vaqti-vaqti  bilan 
barabanga  urishni  ko'rsatib  turadi.Mashqni  bolalar  mustaqil  bajaradilar.  So'ngra 
tarbiyachi bolalarni  orqama-orqa saflab,  qulog'ini  ko'rsatish  “Eshiting!”  belgisini 
beradi  va  baraban  birgalikda  1,5-2  doira  yugurgach,  bolalar  tarbiyachi  ketidan 
tinch yurish mashqiga o'tadilar. 

Download 1.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   70




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling