Bitiruv malakaviy ishining obyekti – Buxoro shahridagi 123-maxsus
maktab internatining 6-9 sinf o`quvchilari tanlab olindi. Tadqiqotimizda jami 20 ta
o`quvchi tanlab olindi.
Bitiruv malakaviy ishining gipotezasi:
eshitishda nuqsoni majvud bolalarning o‘quv yili mobaynidagi dinamikasi,
ularda mehnat qobiliyatining susayishi va bu esa o‘z navbatida bilimlarni
o‘zlashtirishning keskin pasayishiga sabab bo‘lishi mumkin.
Mutaxassislar va ota-onalarda bolalardagi eshitish nuqsoni to‘g‘risidagi
bilimlarining yetarli bo‘lishi bu toifadagi bolalar bilan ishlashni to‘g‘ri tashkil
qilish orqali bola shaxsi shakllanishiga ijobiy ta’sir etishi kutiladi.
Eshitishda nuqsoni majvud bolalarda har tomonlama psixokorreksion
tadbirlarni amalga oshirish bu nuqsonlarni o‘z vaqtida bartaraf etishda samarali
ko‘rsatkichlarni berishi, ehtimol.
Do'stlaringiz bilan baham: |