Bitiruv malakaviy ishining nazariy va amaliy ahamiyati. Tadqiqot
natijalari yosh davrlari va taraqqiyot psixologiyasi, bolalar amaliy psixologiyasi,
pedagogik psixologiya, maxsus psixologiya fanlarini yangi ilmiy ma’lumotlar
bilan boyitadi.
Psixokorreksiya jarayonida vujudga kelgan mexanizm, holat, vaziyat bartaraf
etish omili, tormozlash va oldini olishning o‘ziga xosligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar
fan uchun muhim hissa bo‘lib qo‘shilishi mumkin.
Tadqiqot natijalaridan amaliy psixologlar, maktab o‘qituvchilari,
psixologik-konsultativ markazlar mutaxassislari faoliyatida foydalanish mumkin.
Ishlab chiqilgan korreksion dastur eshitishda nuqsoni mavjud bolalar bilan guruhiy
va individual tarzda ish olib borishda, shuningdek, universitetlarda, pedagogika
institutlarida, pedagogika va psixologiya ixtisosligi bo‘yicha ta’lim olayotgan
talabalar uchun o‘quv qo‘llanmalari yaratishda, ma’ruzalar matni tayyorlashda,
innovatsion dasturlar ishlab chiqishda foydalanish mumkin.
Bitiruv malakaviy ishining metodlari. Maxsus maktabda darslarini
kuzatish va tahlil qilish; maxsus maktab o‘quvchilarining tibbiy-pedagogik va
psixologik hujjatlarini o‘rganish va tahlil qilish; savol-javob, suhbat, so‘rovnoma,
kuzatish, maxsus mashg’ulotlardan keng foydalanilanildi.
Shakllantiruvchi bosqichda psixologik mashqlar va o‘yinlar majmui (“Farqini
top”, “Kuzda barglar qanday tushishini chizma va ranglar bilan bo‘yab qo‘y”,
“Sonlarni ma’lum tartibda joylashtirish”, “Diqqat taqsimlanishi”, “Har bir qo‘l
uchun o‘ziga xos ish”, mashqlari shuningdek, “Hamma narsani ilg‘ab ol”,
“To‘xtamasdan izla” o‘yinlari) qo‘llanildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |