Buxoro davlat universiteti ijtimoiy- iqtisodiy fakulteti psixologiya ta
Download 1.46 Mb. Pdf ko'rish
|
eshitishda nuqsoni bor bolalarni psixologiyada organilishi
50 II BOB. ESHITISHDA NUQSONI BO‘LGAN BOLALAR PSIXODIAGNOSTIKASI VA UNI BARTARAF ETISH USULLARI 2.1. Eshitishda nuqsoni bo‘lgan bolalar psixodiagnostikasi va psixokorreksiyasi Sezgi - inson sezgi organlariga ta'sir qiluvchi predmet va hodisalarning eng sodda ruhiy jarayonidir. Inson sezgisi tovush, rang, shakl dunyosi haqida ma'lumot beradi. Sezgidan farqli o'laroq idrok predmet va hodisalar yaxlit obrazini o'zida namoyon qiladi. Har qanday otlash jarayoni idrok etish va sezishdan boshlanadi. Bu uning dastlabki sezgi bosqichidir. Lekin idrok atrofdagi olam haqida to'liq tasavvur berolmaydi. Materiyani biz bevosita idrok etolmaydigan xossalari mavjud. Tashqi olamni anglash va aks etishning eng yuqori formasi tafakkurdir. Rivojlanishda nuqsoni mavjud bolalar sezgisi atrof muhitni obyektiv aks ettiradi va predmet hamda hodisalarni anglashning muhim bosqichi sanaladi. Kar bola idrok va sezgi asosida atrofdagi predmetlar rangi, mazasi, hidi, shakli haqida ma'lumot oladi. ENB bolalar sezgisi va idroki shakllanishining umumiy qonuniyatlari bilan birga spesifik xususiyatlarga ega bo'ladi. Avvalambor, bu bolalarda asosiy sezgi turlaridan biri eshituv sezgisi mavjud bo'lmaydi. Bizning organizimizga doimo tovush ta'sirotlari ta'sir ko'rsatadi. Rivojlanayotgan bola asosiy bilim manbaini eshituv sezgisi, idroki orqali qabul qiladi. U atrofdagilar bilan muloqotga kirishib, radio, musiqa eshitib, kino, teatrlarni tomosha qilib, ko'p ma'lumotga ega bo'ladilar. Kar bola bunday imkoniyatlardan chegaralangan bo'ladi. Bu atrofni anglash jarayonini qiyinlashtiradi va kompensatsiyani talab etadi. O'z navbatida bu ko'ruv, harakat, hidlash sezgisi va idroki rivojlanishga salbiy ta'sir ko'rsatadi. Quyida biz bu sezgi va idrok turlarining o'ziga xos xususiyatlarini ko'rib chiqamiz. Kar bolalarda eshituv sezgisi mavjud emas degan fikr noto'g'ridir. Yangi okustik apparatlar yordamida o'tkazilgan tadqiqotlar natijalari ko'rsatishicha, kar bolalarning 40 %da eshituv sezgisi qoldiqlari mavjudligini ko'rsatdi. Ulardan ta'lim-tarbiya jarayonida foydalanish mumkin. XIX asrda I.I.Fleri, so'ng N.M. Lagovskiy va boshqa tadqiqotchilar ham karlar eshituv qoldig'i mavjudligini e'tirof 51 etadilar. Lagovskiy ta'kidlashicha, bu eshituv qoldig'ini faollashtirish, rivojlantirish mumkin. Gartmani tadqiqotlariga tayanib, Lagovskiy eshituv idroki darajasiga ko'ra bir necha guruhlarni tasniflaydi. Bu guruhlardan biriga kiruvchi bolalarda eshituv idroki ma'lum darajada mavjud bo'lib, u noeshitish tovushlarni farqlash imkonini beradi. Boshqa bolalarda eshituv idrokining darajasi balandroq bo'lib, u unli tovush, bo'g'in, o'zlarni farqlash imkonini beradi. Yaxshi ishlangan tadqiqot uslubiyoti va takomillashgan apparaturani qo'llash chaqaloqlik yoshida bolaning eshituv funksiyasi holatini o'rganish imkonini beradi. A.V. Neylon eshituv idrokining darajasiga ko'ra 4 guruhga ajratish mumkin. 1-guruhga tovush tebranishlarini 128 dan 256 Gs ga qabul qiluvchi bolalar jamlangan. 2-guruhga 256 dan 512 Gs dan tovush tebranishlarini qabul qiluvchi, 3-guruhga 512 dan 1024 Gs gacha, 4-guruhga 1024 dan 2048 GS gacha tovush tebranishlarini qabul qilgan bolalar tasnivlangan. 3-4 guruhga taaluqli bolalar eshituv idrokini ma'lum darajada balandroq bo'lgani uchun ta'lim amaliyotida qo'llash mumkin. Bu kar bolani eshitish yaxshi egallashi, talaffuzini tushunarli bo'lishiga yordam beradi. ENB bolalar maktabida pedagogik jarayonda eshituv qoldig'idan foydalanish imkonini beruvchi tovush kuchaytiruvchi apparatlar bilan jihozlangan maxsus eshituv xonalari mavjud bo'ladi. Tadqiqotlar natijalari ko'rsatishicha, eshituv qoldig'i mavjud bolalar eshitishning umumiy ritmi, so'zli va mantiqiy urg'ularni oson egallaydilar, bu ular eshitishni tushunarli va yaxlit bo'lishga sabab bo'ladi. Davomiy mashg'ulotlar mashqlar jarayonida kar bolalar eshituv idroki faollashtiriladi. Bunda eshituv idrokining rivojlanishi anotomo-fiziologik mexanizmining tiklanishi evaziga emas, balki eshituv idrokini faollash yo'li bilan amalga oshadi. 52 Kar bolada eshituv sezgisi va idrokini yo'qolishi sababli ko'ruv sezgisi va idroki asosiy o'rin tuta boshlaydi. Kar bolaning ko'ruv analizatori atrofdagi olamni anglashda asosiy ahamiyatga ega bo'ladi. Kar bolalardagi ko'ruv sezgi va idroki eshituvchi bolalar darajasida bo'lish L.V.Zankov, I.M. Solovev, K.I. Veresotskoy, tadqiqotlarida dalillangan. Hattoki, kar bolalarda ko'ruv sezgisi va idroki faollashtirilishi haqida ma'lumot berilgan. Shu sababli kar bolalar eshituvchi bola ahamiyat bermaydigan tashqi olam xususiyatlari va nozikliklariga ahamiyat beradi. Eshituvchi bolalar karlarga nisbatan yashil, siyohrang, qizil, sabzi ranglar ko'p almashtiradilar. Kar bolalar ranglarni nozik farqlaydilar. L.V.Zankov va I.M.Solovev ta'kidlashgan, kar bolalar chizgan rasmlarda, eshituvchi bolalar chizgan rasmlarga nisbatan ko'p detal va qismlarni qamrab olgan bo'ladi. Xotira - oldin idrok etilganni ifodalash, saqlash va tasvirlash bilan belgilanuvchi ongli ruhiy jarayondir. Xotirada insonning oldingi tajribani uning faoliyati, idroki, qayg'urishi ifodalanadi. U inson faoliyatida muhim o'rin tutadi. Eshituvchilar dunyosi bilan muloqotning buzilishi natijasida karlarni ijtimoiy tajribali egallashi ma'lum darajada murakkabdir. Eshituvchi bola tomonidan tabiiy, nisbatan yengil egallangan keng doiradagi yengil material ularga maxsus ta'lim jarayonida egallanadi. Shu sababli eshitishda nuqsoni bor bolalarga o'z vaqtida yuqori sifatli ma'lumotlar berish lozim. Tashqi olam bilan aloqa natijalarini saqlash va ifodalash xotira asosini tashkil etuvchi tasavvur shaklida amalga oshadi. Xotira tasavvuri - bu predmet va hodisalarni hissiy ko'rgazmali umumlashgan obrazlaridir. Xotira faoliyati natijasi sifatida ular o'tmishida inson tomonidan idrok etilgan predmet, hodisalarni ifodalaydi, bevosita perseptiv faoliyati natijasida sezgi obrazlari idrok yuzaga keladi. Shunday qilib, agar idrok obrazlari bo'lmasa, xotira taassuroti mavjud bo'lmaydi (Masalan. Tug'ma karlarda tovush, shovqin, taqillatish haqida tassavvurlar mavjud bo'lmaydi). Idrok va tasavvur o'xshashligi ularda predmet va hodisalar xususiyatlari va qirralari namoyon bo'lishi bilan belgilanadi. Tasavvur idrokka nisbatan kambag'alroqdir. Unda predmetlarni faqat ma'lum tomonlari namoyon bo'ladi, lekin ba'zi tomonlari tushib qoladi. Idrokdan farqli 53 ular qa'tiy va turg'undir. Xotira tasavvuri vaqt bilan qanday o'lchanadi? Bu savolga javob berish uchun quyidagi maxsus tadqiqotni ko'rib chiqamiz. Uchinchi va to'rtinchi sinf kar va ommaviy maktab o'quvchilarga tanish bo'lgan predmet (uy, botinka, koptok) rasmlarini ko'rib eslab qolish topshirig'i berilgan rasmlar sodda va bo’g'inlash uchun yengil edi. Tadqiqot quyidagicha amalga oshadi: tekshiriluvchi stol oldiga o'tirgach, unga quyidagicha topshiriq beriladi - “Hozir senga rasm ko'rsataman. Uni diqqat bilan tomosha qil va eslab qol”. Rasmni stoldan olgach, uni xuddi tasvirlangan qanday chizasan. Diqqat. Ko'r va eslab qol. Tasvirlar stol ustiga qo’yib tekshiriluvchi uni 1 sekund davomida tomosha qilib, so'ng rasm stol ustidan olib qo'yilgan va bola uni rasmini chizishga o'tgan. U birinchi rasmni chizib bo'lgach, ungi ikkinchi rasm berilgan. Har bir tekshiriluvchiga uchta rasm berilgan. O'quvchilar idrok etilgan obyektlarni 6 kun, so'ng 1 oydan keyin chizganlar, o'quvchilarning bir guruhi 4 oydan so'ng chizganlar. Predmet va obyektlarni grafik ifodalash bolalarda texnik qiyinchiliklarni yuzaga keltirilgan. Chizilgan rasmlar original rasmlardan quyidagilar bilan farqlangan: ko'rsatilgan rasmdan farqli ularda qo'shilgan detallar mavjud; ba'zi chizilgan rasmlarda predmetning ba'zi qismlari tushib qolgan; obyekt originaldan o'zgacha tasvirlangan (fazoviy aralashtirish); Obyektlar orginalda farqli o'zgacha razmerda tasvirlangan. Qanday farqlar eshituvchi va kar bolalarda kuzatiladi. Lekin kar bolalar rasmlarida bu farqlar intivsiv ravishda namoyon bo'ladi. Asosan orginal hajmini, obyektlarni fazoda joylashuvini tasvirlashda bu farqlar aniq ifodalangan. Kar bolalarda obyektni idrok etilgani tasavvurda ba'zan saqlanib qolishi, ayrim hollarda yo'qolib ketishi kuzatiladi. So'ng bog'liqligini aniqlash uchun quyidagicha tajriba o'tkazilgan, III - IV sinfdagi kar va sog'lom o'quvchilarga uchta rasm berilgan (uy, o'rmon, gul) tasvirlangan obyektlarga mos kelmaydigan holat berilgan. Uyning tomi derazagacha tushgan, botinka pastki qismi notabiiy holda tepaga ko'tarilgan, gulning barglari yo'q. O'quvchilarga ushbu rasmlarni yaxshilab tomosha qilish, uni 54 eslab qolish va xuddi shunday qilib chizish topshirig'i berilgan. Tasvirlash eslab qolishdan so'ng darrov amalga oshirilgan. Natijada kar va sog'lom o'quvchilar chizgan rasmlarida obyektlarni xotirada qay darajada saqlanib qolgani namoyon bo'lgan. Bu quyidagi jadvalda o'z ifodasini topdi. Download 1.46 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling