Buxoro davlat universiteti ijtimoiy- iqtisodiy fakulteti psixologiya ta
Bolalar rasmlarida hodisaning qaysi momenti tasvirlangan
Download 1.46 Mb. Pdf ko'rish
|
eshitishda nuqsoni bor bolalarni psixologiyada organilishi
Bolalar rasmlarida hodisaning qaysi momenti tasvirlangan
№ Rasmda tasvirlangan hodisalar Bolalar chizgan rasmlar Kar bolalar Sog’lom bolalar 1 Ota-onalar ketishi 30 64 2 Sel, daryo toshqini 14 23 3 O'zaro yordam 28 13 4 Hodisaga bevosita aloqador hodisalar 16 0 5 Turli davrdagi epizodlarni birga tasvirlash 12 0 58 Jadvaldan ko'rinib turibdiki, sog'lom bolalar rasmi va hikoyadagi epizodlar o'rtasida aniqlik mavjud. Agar ular sel va daryo toshqini chizganlari birinchi planda uy, daryo, qirg'oq, uy ko'prik, o'rmonni tasvirlashgan. Itni qutqarish epizodi daryo, it uni qutqarayotgan bola rasmini tasvirlagan boshqa obyektlar ikkinchi planda tasvirlangan. Kar o'quvchilar esa bu epizodlarni tasvirlashda ko'p xatoliklarga yo'l qo'yishganlar. Ular sel va daryo toshqinini kamroq chizganlar. Asosan ota-onalarni shaharga ketayotganini ko'proq chizganlar. O'zaro yordamni 28 % foiz o'quvchilar tasvirlaganlar. Kar o'quvchilar ikki epizodni qo'shib chizganlar hollari ham bo'lgan. Ota-onani shaharga ketayotgani va o'zaro yordam epizodini qo'shib chizganlar. Ayrim o'quvchilar itni do'stini qutqarishni o'rmonga sayr epizodi bilan almashtirib chizganlar. Sog'lom bolalar rasmi qishloq tabiati, o'rmon, daryo oldidagi uy peyzonini tasvirlasa, kar o'quvchilar shahar peyzoni fonida chizganlar. Shunday qilib, sog'lom bolalar rasmlar ijodiy xarakterga ega. Rasmlar o'qilgan hikoyani o'zida aks ettirmaydi. IV sinf kar va sog'lom o'quvchilarining rasmlari tahlili rasmlarni chizishda kar o'quvchilar qiynalganidan dalolat beradi. Hikoyada uy tomi qizil, it uychasi sariq rangda tasvirlangan edi. Faqat 40 foiz kar bola rasmni to'g'ri bo'yagan. Qolgan kar o'quvchilar uyni tomini yashil, jigarrang, qora, it uyini turli rangda bo'yaganlar. Sog'lom bolalarni asosiy qismi (71%) rasmni tasvirlangan holda chizganlar. Kar o'quvchilar rasmni xotirasida mavjud uydan nusxa olib chizadi. Rasmni detallashgani, tasvirlangan obyektlarni o'ziga xos bo'yash, hikoya matni kar o'quvchilarga tanish predmetlar obrazlari faollashtiradi. Kar bolalar xotira obrazlarning kontektdan tashqari assosatsiyalarini yuzaga keltiradi. Bu esa hikoyada tasvirlangan obrazlarni to'liq tasavvur qilishga to'sqinlik qiladi. IV sinf o'quvchilari chizgan rasmlari o'ziga xosligi hikoyaning mazmunini idrok etish xususiyati bilan bog'liqdir. Ayrim bolalar tasvirlanayotgan hodisaning umumiy mazmunini anglab oladilar. Natijada ularda shartning o'zida aks ettira olmaydigan o'zaro bog’lanmagan predmetlar obrazlari yuzaga kelgan. 59 Ayrim bolalarda hikoya matni o’tmishdagi tajribasidan biror hodisani eslashini namoyon qilgan. O'tkazilgan tajriba, kar bolalarni rasmning syujetini idrok etish o'ziga xosligi haqida, uning tasavvurining kambag'alligi, so'zni bayon etilgan matnga bog'lab mavjud tasavvurni qayta tiklash malakasi yo'qligidan dalolat berdi. Yuqori sinfga borib, yaratuvchan tasavvurni ma'lum darajada rivojlanishi kuzatiladi. VIII sinf o'quvchilarini hikoya matni aniq tasvirlaydilar. IV sinfdan farqli ravishda yuqori sinf o'quvchilari umumiy epizodlarni tasvirlaydilar. Peyzaj sharoit yuqori sinf o'quvchilarida matndosh tasvirlangan epizodga mos keladi. VIII sinf o'quvchilar aytilgan obyektlarni fazoviy joylashishni aniq tasavvur qiladilar. Lekin ularda obyektlarni o’ylangan sharoitga kiritish murakkablik tug'diradi. Yuqori sinf o'quvchilari rasmlari juda murakkab edi. Ularning mualliflarni tasvirlanayotgan hodisa dinamikasini berishga harakat qilgan. Shunday qilib, yuqori sinf kar o'quvchilar hikoyada tasvirlangan hodisa va ayrim obyektlarni to'liq darajada tasavvur qiladi, lekin obyektlarning fazoviy joylashuvi ularda qiyinchilik tug'diradi. Ijodiy tasavvur tasavvurni oldindan namoyon bo'lishi va mustaqil ravishda yangi obrazlar, taassurotlar yaratish bilan belgilanadi. Ijodiy tasavvur va tafakkurning o'zaro munosabatini tadqiq etib, A.V.Petrovskiy va M.B.Verninbliy bu ikki ruhiy jarayonda intellektual faoliyatning turli aspektlarini ko'radilar. Ular tasavvur va tafakkurning bir necha shakli mavjud deb e'tirof etadilar. Ijodiy tasavvur jarayoni sifatida xotira asosida yangi obrazlarni yaratish bilan belgilandi. Tasavvurning qurilish materiali - bizning o'tmish tajribasi, tasavvur natijalari Yangi obrazlar - tasavvur taassurotlari sanaladi. O'quv faoliyati geometrik masalani yechishi, grammatik qoidalarni yodlash, insho yozish, chizish va yasash kabi turlari o'quvchilardan taassuroti, bilimini operatsiyalash va faoliyat natijalarini tahlil etishni talab etadi. Ijodiy tasavvur uni samaradorligi tajriba boyligi, ma'lumot doirasi darajasiga bog'liq bo'ladi. Kar bolalar ijodiy tasavvuri sog'lom bolalar va kattalar bilan muloqotini 60 chegaralanganligi sababli o'ziga xos bo'ladi. Buni quyidagi eksperemental tadqiqotlarda ko'rib chiqamiz. Ma'lumki, rasmlarni tomosha qilishda tasavvur katta o'ringa ega. Shu holatni o'rganish maqsadida V va VII sinf kar o'quvchilari va V sinf eshituvchi bolalar rasmni diqqat bilan tomosha qilish va shu asosida insho yozish vazifasi berildi. Rasmda temir yo'l stansiyasi tasvirlangan. stansiyaga yo'lovchi poezdi keladi. Shuningdek, uchayotgan samolyot, traktor, tovuqlarni quvlayotgan kuchuk, qo'ylar va nay chalayotgan cho’pon rasmi ham tasvirlangan. Rasmni ko'rsatgunga qadar, bolalarga “Bu stansiyaga ta’tilda dam olish uchun Vali amakisinikiga mehmonga keldi. Unga bu yer juda yoqdi”. Rasmga qarab Valiga bu yerda nima yoqqannini toping. Shu asosida hikoya tuzing. Tadqiqotda kar va sog'lom bolalar qanchalik ijodiy tasavvur qila olish darajasini aniqlash ko'zda tutildi. Shu maqsadda ikki guruhga bo'lindi. Birinchi guruh rasmda tasvirlangan narsani gapirganlar, ikkinchi guruh rasmda tasvirlanayotgan kar bola bayon etganlar bolalar tasniflandi. V sinf kar o'quvchilar faqat tasvirlangan obyektlar haqida gapirdilar. VIII sinfdagi kar o'quvchilar tasavvur etilishi lozim bo'lgan sharoitda mavjud bo'lmagan hodisalarni tasvirlaganlar. Eshituvchi bolalar tasavvur etilayotgan sharoit haqida ko'proq ma'lumot berganlar. Kar va eshituvchi bolalar yozgan insholari asosida tasvirlangan rasm va yuzaga kelishi mumkin bo'lgan hodisani bog'lash, ifodalash darajasi tahlil qilingan. Sog'lom bolalar hodisalarni hozirgi va kelasi zamonda bo'lgandek tasvirlaganlar kar o'quvchilar barcha hodisalarni o'tgan zamonda tasvirlab, rasmda tasvirlangan epizoddan tashqariga o'tmaganlar, endi kar va sog'lom bolalar bu sharoitni og'zaki bayon etish darajasini ko'rib chiqamiz. Kar bolalar eshituvchi bolalardan ovoz chiqaruvchi predmetlar haqida bilib oladilar. Kichik yoshdagi kar bolalar uchun predmetlarni ovoz chiqarish hodisasi mavhumdir. Ta'lim jarayonida kar bolalar ham ovoz chiqaruvchi predmetlarga farqsiz bo'lmasdan, ularga ahamiyat bera boshlaydilar. Rasm asosida insholar tahlili, V sinf kar o'quvchilari eshituv sezgilari asosidagi fikrlari kam miqdorda bo'ladi. Kar o'quvchilari ma'lum obyektlarni ovoz chiqarishini ko'rsatganlar. Eshituvchi o'quvchilar kar 61 o'quvchilardan farqli ravishda bir qancha obyektlarni ovoz chiqarishni tasvirlaydi (Paravoz guvilladi, o'rmonda daryo oqyapti, arilar gul atrofida g'uvillab uchdi). Shunday qilib, bolalar rasmdagi komponentlari idrok etish va tasavvur etish tahlili shuni ko'rsatadiki, sog'lom bolalarda rasmda tasvirlangan va tasvirlanmagan obyektlar to'g'risida bayon etdilar. Kar o'quvchilar esa ko'p holatlarda rasmda ifodalangan tasvirni bayon etganlar. VIII sinfdagi kar o'quvchilar rasmda ifodalangan epizodlar haqida ham bayon etganlar. Bu kar o'quvchilarda maxsus ta'lim jarayonida ijodiy tafakkurini rivojlantirish mumkinligidan dalolat beradi. V sinfdan VIII sinfgacha kar bolalar ijodiy tafakkuri takomillashib boradi. Tasavvurni nutqni rivojlantirish bilan birga olib bormoq maqsadga muvofiqdir. Uni egallab, kar bola tasavvurga tayanib, suhbatdosh hikoyasi yoki o'qilgan hikoya mazmunini aniq aytib bora oladi. So'zlashuv eshitishni rivojlantirish tasavvurini boyitishga, ijodiy obrazlarning shakllanishga olib keladi. Bu o'z navbatida o'qilganni to'g'ri va tez tushunish imkonini beradi. Nutqni rivojlantirish darsida o'qituvchi ijodiy tasavvurni rivojlantirishga katta ahamiyat berishi kerak. Buning uchun o'qilganni rollarga bo'lib o'qish o'qilgan matn rasmini chizish muhimdir. Shuningdek, rasm yoki rasmlar seriali asosida insho yozish ham samara beradi. Eshituv analizatorining faoliyatining buzilishi natijasida ularning tasavvur o'zgaruvchan bir tomonlama xarakterga ega bo'ladi. Lekin faqat karli, balki ijtimoiy muhit kar bolalarda shaxs qirralarini tarkib topishida muhim o'rin tutadi. Atrofdagilar kar bolalarga eshituvchilar singari munosabatda bo'lgani uchun unda shaxsning o'ziga xos xususiyatlari shakllanib boradi. Kar bola sog'lom opa singillari kabi munosib bo'lmayotgani, unga muhabbat, achinish, qayg’urish munosabatida bo'layotganini sezadi. Shuningdek, u o'z yaqinlariga og'irlik bo'layotgannini seza boshlaydi. Sensor nuqson kar bolaga kattalar bilan normal muloqotda bo'lishiga to'liqliq qiladi. Kar bolaning subyektiv holatini tushunish uchun yuqori darajadagi kuzatuvchanlik xususiyatiga ega bo'lish talab etiladi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling