Buxoro davlat universiteti ijtimoiy-iqtisodiy fakultet iqtisodiy ta


Davlat  tasarrufidan  chiqarish  –  davlat  korxonalarini  va  tashkilotlarini


Download 0.58 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/5
Sana21.11.2020
Hajmi0.58 Mb.
#149301
1   2   3   4   5
Bog'liq
mulkchilik munosabatlari jamiyat iqtisodiy taraqqiyotining asosiy vositalaridan biri sifatida


Davlat  tasarrufidan  chiqarish  –  davlat  korxonalarini  va  tashkilotlarini 

jamoa,  ijara  korxonalariga,  akstiyali  jamiyatlarga,  mas’uliyati  cheklangan 

jamiyatlarga,  davlatga  qarashli  mulk  bo’lmaydigan  boshqa  korxonalar  va 

tashkilotlarga aylantirishdir. 

                                                 

2

 Каримов И.А. Ватан саждагоh каби муqаддасдир. Т.3., - Т.: Ўзбекистон, 1996, 202-б.  



 

24 


Xususiylashtirish_–_fuqarolarning_va_davlatga_taalluqli_bo’lmagan__yuridik_shaxslarning_davlat_mulki_ob’ektlarini_yoki_davlat_akstiyali'>Xususiylashtirish  –  fuqarolarning  va  davlatga  taalluqli  bo’lmagan 

yuridik  shaxslarning  davlat  mulki  ob’ektlarini  yoki  davlat  akstiyali 

jamiyatlarining akstiyalarini davlatdan sotib olishidir.

3

  

Bundan  ko’rinadiki,  mulkni  davlat  tasarrufidan  chiqarish  xususiylashtirishga 

qaraganda  ancha  keng  tushuncha.  Xususiylashtirish  -  davlat  mulkiga  egalik 

huquqining  davlatdan  xususiy  shaxslarga  o’tishidir.  Mulkni  davlat  tasarrufidan 



chiqarish xususiylashtirishdan tashqari, bu mulk hisobidan boshqa nodavlat mulk 

shakllarining  vujudga  keltirishni  ham  ko’zda  tutadi.  U  bir  qator  yo’llar  bilan 

amalga  oshiriladi:  davlat  korxonalarini  hissadorlik  jamiyatiga  aylantirish,  davlat 

korxonasini  sotib,  uni  jamoa  mulkiga  aylantirish;  mulkni  qiymatga  qarab 

chiqarilgan  cheklar  (vaucher)  bo’yicha  fuqarolarga  bepul  berish;  mulkni  ayrim 

tadbirkor va ish boshqaruvchilarga sotish; ayrim davlat korxonalarini chet el firma 

va fuqarolariga sotish yoki qarz hisobiga berish; davlat mol-mulkini aukstionlarda 

kim oshdi savdosi orqali sotish va h.k.  

Xususiylashtirishning  usullari  ham  turli-tuman  bo’lib,  ularni  3  guruhga 

ajratish mumkin: 1) davlat mulkini bepul bo’lib berish orqali xususiylashtirish; 2) 

davlat mulkini sotish orqali xususiylashtirish; 3) davlat mulkini bepul bo’lib berish 

hamda sotishni uyg`unlashtirish orqali xususiylashtirish (4-chizma). 

  Mamlakatimizda amalga oshirilgan xususiylashtirish jarayonining o’ziga xos 

jihati – bu uning bosqichma-bosqich olib borilganligidir (5-chizma). 

O’zbekistonda iqtisodiy islohotlarning birinchi bosqichidayoq mulkchilikning 

hamma shakllari teng huquqli ekanligi konstitutstion tarzda e’tirof etildi va davlat 

mulki  monopolizmini  tugatish  hamda  bu  mulkni  xususiylashtirish  hisobiga  ko’p 

ukladli  iqtisodiyotni  real  shakllantirish  vazifasi  qo’yildi.  Avvalo  mulkchilikning 

turli  xil  shakllari  qaror  topishi  uchun  teng  huquqiy  normalar  va  amal  qilish 

mexanizmlari yaratildi

4. 

                                                 



3

  Ўзбекистон  Республикасининг  Qонуни.  Давлат  тасарруфидан  чиqариш  ва  хусусийлаштириш 

тўg`рисида/Ўзбекистон Республикаси: qонунлар ва фармонлар. – Т.: Ўзбекистон, 1992, 65-б. 

4

  Иqтисодий  ислоhотларни  чуqурлаштириш  чора-тадбирлари  (1994  й.  21  январь)  ва 



мулкни  давлат  тасарруфидан  чиqариш  ва  хусусийлаштириш  жараёнини  янада 

ривожлантиришнинг устувор йўналишлари тўg`рисидаги (1994 йил 16 март) фармонлар. 

 


 

25 


O’zbekistonda  mulkni  davlat  tasarrufidan  chiqarish  va  xususiylashtirishga 

yondashuvning  muhim  xususiyati  -  uni  dasturlar  asosida  bosqichma-bosqich 

amalga  oshirishdan  iborat.  1992-1993  yillar  xususiylashtirishning  birinchi 

bosqichini o’z ichiga olib, bu bosqichda xususiylashtirish jarayoni umumiy uy-joy 

fondini,  savdo,  mahalliy  sanoat,  xizmat  ko’rsatish  korxonalarini  hamda  qishloq 

xo’jalik  mahsulotlarini  qayta  ishlash  tizimini  qamrab  oldi.  Engil,  mahalliy 

sanoatga, transport va qurilishga, boshqa tarmoqlarga qarashli ayrim o’rta va yirik 

korxonalar  keyinchalik  sotib  olinish  huquqi  bilan  ko’proq  ijra  korxonalariga, 

jamoa  korxonalariga,  yopiq  turdagi  akstionerlik  jamiyatlariga  aylantirildi. 

Akstiyalarning nazorat paketi davlat ixtiyorida saqlab qolindi. 

 

4-chizma. Davlat mulkini xususiylashtirishning usullari. 

 

Давлат мулкини 



хусусийлаштиришнинг 

усуллари 

Аhолининг айрим ижтимоий 

єатламларига бепул бериш 

Барча жамият аъзоларига сотиш 

Барча жамият аъзоларига бепул 

бўлиб бериш 

Меhнат жамоаларига сотиш 

Меhнат жамоаларига бепул 

топшириш 

Ким ошди савдосида фуqароларга 

ёки юридик шахсларга сотиш 

Hар бир жамият аъзосининг давлат 

мулкини hосил qилишдаги 

иштироки, яъни qўшган hиссасига 

qараб бўлиб бериш 

Фойда келтирмаётган корхонани 

меhнат жамоасига бўлиб бериш 

Корхоналарни кейинчалик меhнат 

жамоалари томонидан сотиб 

олиниши шарти билан ижарага 

бериш 


Чет эл фирмалари ва фуqароларига 

ташqи qарзни узиш эвазига

 

бериш 


ёки

 

сотиш



 

Мулкни бепул бўлиб

 

бериш


 

орqали хусусийлаштириш 

Мулкни сотиш орqали 

хусусийлаштириш 

Мулкни бепул бўлиб бериш hамда сотиш 

усулларини уйg`унлаштириш орqали 

хусусийлаштириш 


 

26 


Xususiylashtirishning  birinchi  bosqichida  davlat  xalq  xo’jaligining  iqtisodiy 

jihatdan  samarasiz  bo’lgan,  biroq  butun  mamlakatning  iqtisodiy  taraqqiyotida 

muhim  rol  o’ynaydigan  ayrim  sektorlarini,  ayrim  korxonalarni  saqlab  turishni  va 

mablag` bilan ta’minlash vazifalarini o’z zimmasiga oldi. 

Iqtisodiy  islohotlarni  amalga  oshirishning  birinchi  bosqichi  natijasida  kichik 

xususiylashtirish  amalda  tugallandi,  davlat  mulkini  boshqarish  va  uni 

mulkchilikning  boshqa  shakllariga  aylantirish  uchun  kerak  bo’lgan  muassasalar 

tizimi vujudga keltirildi. 

 

 

5-chizma. 



O’zbekistonda  mulkni  davlat  tasarrufidan  chiqarish  va 

xususiylashtirish jarayonini amalga oshirish bosqichlari. 

 

Savdo,  aholiga  maishiy  xizmat  ko’rsatish,  mahalliy  sanoat  korxonalari 



xususiy  va  jamoa  mulki  qilib  berildi.  Natijada  1997  yilda  savdo-sotiq  hajmi  va 

Умумий  уй-жой  фондини,  савдо,  маhаллий  саноат, 

хизмат  кўрсатиш  корхоналарини,  qишлоq  хўжалик 

маhсулотларини  qайта  ишлаш  тизими  корхоналарини 

хусусийлаштириш 

Кўплаб  ўрта  ва  йирик  корхоналар  hиссадорлик 

жамиятларига айлантириш hамда уларнинг акцияларини 

республика qимматбаhо qоg`озлар бозорида сотиш   

Акцияларининг  назорат  пакети  давлат  мулкида  бўлган 

йирик корхона ва тармоqларни хусусийлаштириш 

I-босqич 

(1992-1993 

йиллар) 

II-босqич 

(1994-1995 

йиллар) 


III-босqич 

(1996-1998 

йиллар) 

IV-босqич 

(1998-2002 

йиллар) 


 

Хусусийлаштирилган 

корхоналарга 

хорижий 


инвестицияларни 

жалб 


этиш, 

бошqарув 

самарадорлигини 

ошириш 


ва 

мулкчилик 

янги 

муносабатларини  тўлаqонли  амал  qилиши  учун 



шароитлар яратиш 

V-боcqич 

(2003 йилдан

 

бошлаб) 



 

 

Хусусийлаштириш 



жараёнлари 

самарадорлигини 

ошириш  ва  жадаллаштириш,  иqтисодиётда  хусусий 

секторнинг  иштирокини  фаоллаштириш  ва  салмоg`ини 

ошириш  


 

27 


umumiy  ovqatlanish  yalpi  mahsulotining  95  foizdan  ortiqrog`i  davlatga  qarashli 

bo’lmagan  sektorga  to’g`ri  keldi.  Uy  joylarni  xususiylashtirish  jarayonida  ilgari 

davlat ixtiyorida bo’lgan bir milliondan ortiq kvartira yoki davlat uy-joy fondining 

95 foizdan ortiqrog`i fuqarolarning xususiy mulki bo’lib qoldi. 

Davlat  ijtimoiy  dasturida  belgilab  berilgan  ikkinchi  bosqich  1994-1995 

yillarga  to’g`ri  keldi.  Bu  bosqichda  ko’plab  o’rta  va  yirik  korxonalar  hissadorlik 

jamiyatlariga  aylantirildi  hamda  ularning  akstiyalari  respublika  qimmatbaho 

qog`ozlar bozorining asosini tashkil etdi. Davlat mulki hissadorlikka aylantirilishi 

bilan bir qatorda kichik xususiy biznes korxonalari qizg`in tashkil qilindi. 

Mulkni  davlat  tasarrufidan  chiqarishning  va  xususiylashtirishning  bu 

bosqichda ochiq turdagi akstionerlik jamiyatlarini vujudga keltirish, davlat mulkini 

tanlov  asosida  hamda  kim  oshdi  savdosida  sotish  amaliyotga  joriy  qilindi. 

Ko’chmas mulk va qimmatli qog`ozlar bozorining yangi muassasalari barpo etildi. 

Mulkni  davlat  tasarrufidan  chiqarish  va  xususiylashtirishdan  keladigan 

samara  ikki  yoqlama  tavsifga  ega.  Bir  tomondan,  u  aholining  bo’sh  turgan 

mablag`larini  o’ziga  jalb  qilib,  ularning  bozorga  taziyqini  pasaytiradi.  Ikkinchi 

tomondan,  yangi  mablag`larni  ishlab  chiqarishga  jalb  etish  va  tovar  ishlab 

chiqaruvchilar o’rtasida raqobatni yuzaga keltirish uchun sharoit yaratadi. Bu erda 

shuni  ta’kidlash  lozimki  xususiylashtirish  iqtisodiyotning  davlatga  qarashli 

bo’lmagan sektorini shakllantirishning yagona yo’li emas. Tashabbuskorlik asosida 

yakka  tartibdagi  xususiy  mulkchilikka  asoslangan,  shuningdek,  turli  xil 

kooperativlar,  shirkatlar,  ma’suliyati  cheklangan  jamiyatlar  ko’rinishidagi  kichik 

va o’rta korxonalarni tashkil qilish – ikkinchi qudratli jarayon hisoblanadi. 

Respublika  iqtisodiyoti  1996  yildan  boshlab  mulkni  davlat  tasarrufidan 

chiqarish va  xususiylashtirishning  uchinchi  bosqichiga  kirdi.  Bu  bosqich davrida 

(1996-1998  yillar)  xususiylashtirilmaydigan  ob’ektlar  ro’yxatiga  kirmagan  barcha 

ob’ekt va korxonalar (jami 3146 ta) davlat tasarrufidan chiqarildi.  

Xususiylashtirish  jarayonlarining  to’rtinchi  bosqichi  (1998-2002  yillar)  ning 

asosiy  vazifalari  sifatida  davlat  byudjetiga  xususiylashtirishdan  tushgan 

mablag`larni yo’naltirish, xususiylashtirilgan korxonalarga xorijiy investistiyalarni 



 

28 


jalb etish, boshqaruv samaradorligini oshirish va mulkchilik yangi munosabatlarini 

to’laqonli  amal  qilishi  uchun  sharoitlar  yaratish  tadbirlarini  amalga  oshirish 

belgilandi. 

O’zbekistonda 

davlat 

tasarrufidan 



chiqarish 

va 


xususiylashtirish 

jarayonlarining  hozirgi  -  beshinchi  bosqichi  O’zbekiston  Respublikasi 

Prezidentining  2003  yil  24  yanvardagi  «O’zbekiston  iqtisodiyotida  xususiy 

sektorning  ulushi  va  ahamiyatini  tubdan  oshirish  chora-tadbirlari  to’g`risida»gi 

Farmoni  bilan  bog`liq.  Mazkur  Farmon  yaqin  istiqbolda  yo’naltirilgan.  Iqtisodiy 

nochor  davlat  korxonalarini  davlat  tasarrufidan  chiqarish  va  xususiylashtirish 

jarayonini jadallashtirish, shuningdek, mazkur korxonalarni modernizastiyalash va 

barqaror  rivojlantirish  uchun  to’g`ridan-to’g`ri  investistiyalarni  jalb  etish 

maqsadida xususiylashtirilgan ob’ektlarga narx belgilashning samarali mexanizmi 

joriy  etildi.  Xususan,  xususiylashtirilgan  korxonalar  davlat  aktivlarining 

boshlang`ich narxlarini sekin-asta pasaytirib borish hamda davlat, iqtisodiy nochor 

korxonalarni  va  past  likvidli  ob’ektlarni  nol  darajadagi  xarid  qiymati  bo’yicha 

tanlov  asosida  investistiya  majburiyatlarini  qabul  qilish  sharti  bilan  investorlarga 

sotish tartiblari tasdiqlandi.

5

  

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



                                                 

5

  Валижонов  А.Р.  Особенности  современного  этапа  разгосударствления  и  приватизации.  –  Восемнадцатые 



Международные  Плехановские  чтения  «Реформирование  и  модернизация  национальной  экономики  – 

стратегический  курс  на  демократизацию  и  обновление  общества»:  Тезисы  докладов  профессорско-

преподавательского  состава  и  специалистов-практиков  (26  марта  2005г).  Выездная  сессия  в  г.Ташкенте.  – 

М.: изд-во РЭА, 2005, с.22-23. 



 

29 


Mamlakatimizdagi  davlat  korxonalarini  xususiylashtirishning  1995-2004 

yillardagi asosiy natijalarini 6-jadval orqali kuzatish mumkin.  

 

Ko’rsatkichlar 

1995  1996  1997  1998  1999  2000  2001  2002  2003  2004 

Xususiylashtirilgan 

korxonalar 

soni, 


birlik 

8537  1915  1231  451 

448 

374 


1449  1912  1519  1228 

Xususiylashtirish 

natijasida 

tashkil 


etilgan 

nodavlat 

mulkidagi 

korxonalar soni 

8537  1915  899 

266 


373 

372 


1238  1800  1452  1228 

Akstiyadorlik 

jamiyatlari 

1026  1257  456 

110 

141 


152 

227 


223 

75 


28 

Xususiy 


korxonalar 

6036  420 

260 

103 


156 

103 


827 

1252  981 

1038 

Boshqa shakldagi 



korxonalar 

1475  238 

183 

53 


76 

117 


184 

325 


396 

162 


Xususiylashtirishdan 

tushgan 


mablag`, 

mlrd. so’m 

2,4 

5,3 


4,4 

8,9 


9,1 

14,3  23,2  43,6  56,1  78,4 

 

6-jadval.  O’zbekistonda  davlat  korxonalarini  xususiylashtirishning  asosiy 

ko’rsatkichlari. 

 

Respublikada xususiylashtirishning adresli yo’naltirilganligi uning navbatdagi 



xususiyatidir.  Bu  aholining  barcha  qatlamlariga  mazkur  jarayonda  aniqroq  va 

natijaliroq 

qatnashishi 

imkonini 

beradi. 

Xususiylashtirishning 

adresli 

yo’naltirilganligi  uy-joylarning  o’z  egalariga  imtiyozli  yoki  bepul  berilishida, 

aholining  ko’proq  muhtoj  va  zaif  qatlamlarini  qo’llab-quvvatlashning  turli  xil 


 

30 


dasturlari byudjet mablag`lari hisobiga qoplanishida, qishloq aholisi o’z yordamchi 

xo’jaligi uchun chek erlar olishi kabilarda ifodalanadi. 

  O’zbekistonda  xususiylashtirishning  to’lovliligi  uning  navbatdagi  muhim 

xususiyatidir.  Pulni  to’lash  orqali  davlat  tasarrufidagi  korxona  va  ob’ektlarni 

xususiylashtirishda  mulkni  bepul  taqsimlash  bilan  bog`liq  salbiy  holatlar  bartaraf 

etilishi  bilan  birga  qator  muammolarni  hal  qilish  imkoniyati  yaratiladi.  Bulardan 

asosiysi  avvalo  tadbirkorlikni,  xususiylashtirilgan  korxonalarni  davlat  tomonidan 

qo’llab-quvvatlashning 

moliyaviy 

manbalari 

paydo 

bo’ladi, 



bozor 

infrastrukturasini  barpo  etish  uchun  resurslar  vujudga  keladi  va  aholini  ijtimoiy 

muhofazalash dasturini ro’yobga chiqarish uchun mablag`lar jamlanadi. 

  Davlat  mol-mulkini  yangi  mulkdorlarga  sotish  yo’li  orqali  ularning 

mulkchilikning  boshqa  shakllariga  aylantirilishi  bilan  birga  xususiylashtirishdan 

olinadigan  mablag`lar  shu  korxonaning  o’zini  qo’llab-quvvatlashga,  yangi 

raqobatlashuvchi korxonalar barpo etishga ham sarflanadi. 

  Navbatdagi  muhim  xususiyat  –  respublikada  mulkni  davlat  tasarrufidan 

chiqarish  chog`ida  aholi  uchun  kuchli  ijtimoiy  kafolatlar  yaratildi  va  ta’minlandi. 

Ijtimoiy  kafolatlar  bir  butun  imtiyozlar  tizimi  orqali  yaratildi.  Bular 

xususiylashtirilayotgan  korxona  mehnat  jamoasiga  akstiyalarni  imtiyozli  shartlar 

bilan  sotish,  yangi  mulkdorga  eskirgan  asosiy  fondlar  hamda  ijtimoiy 

infrastruktura  ob’ektlarini  bepul  topshirish,  davlat  korxonalarining  mol-mulki, 

fermalar,  bog`lar  va  shu  kabilarni  imtiyozli  shartlar  asosida  xususiylashtirish, 

hamda soliq to’lashda ayrim imtiyozlar berish kabilardir. 

  Respublikada  davlat  mulkini  xususiylashtirishning  o’ziga  xos  boshqa 

jihatlari  Prezidentimiz  I.A.Karimov  tomonidan  bayon  qilingan  iqtisodiy 

islohotlarni  amalga  oshirishning  asosiy  qoidalaridan  kelib  chiqadi.  Bular 

quyidagilar: 

a)  davlat  mulkini  xususiylashtirish  respublikada  amalga  oshirilayotgan 

islohotlarning ichki mantiqiga bo’ysindiriladi va ularning asosini tashkil qiladi; 

b) mulkni xususiylashtirish jarayoni davlat tomonidan boshqariladi; 



 

31 


v)  xususiylashtirishni  huquqiy-me’yoriy  jihatdan  ta’minlashda  qonunlarga 

rioya etiladi. 

Respublikamizda  xususiylashtirish  bo’yicha  qo’yilgan  vazifa,  davlat  sektori 

bozor sharoitida ham sezilarli rol o’ynashi inkor qilmaydi. Chunki iqtisodiyotning 

davlat  korxonalari    saqlanib  qolishi  kerak  bo’lgan  sohalar  ham  mavjud.  Bunday 

korxonalar  uchun  ularning  bozor  sharoitlariga  tarkiban  moslashuviga  imkon 

beradigan xo’jalik yuritish mexanizmini ishlab chiqish talab qilinadi. 


 

32 


 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

33 


2.2 . O’zbekistonda mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va 

xususiylashtirish borasida erishilgan  natijalar iqtisodiy  tahlili. 

 

O’zbekiston  mustaqil  taraqqiyot  yo’lini  tanlab,  jamiyatni  tubdan  isloh qilish 



strategiyasi  ishlab  chiqishda  ijtimoiy  yo’naltirilgan  bozor  iqtisodiyotiga  o’tishni 

pirovard  maqsad  sifatida  belgilab  oldi.  Prezidentimiz  bu  borada  “Bunda  biz 

markazlashtirilgan,  ma’muriy-buyruqbozlikka  asoslangan  iqtisodiyotdan  bozor 

iqtisodiyotiga o’tish – eski xo’jalik yuritish mexanizmini shunchaki yangilash yoki 

takomillashtirish  emas,  balki  bir  sifat  holatidan  ikkinchi  sifat  holatiga  o’tish 

ekanligini  qayta-qayta  ta’kidladik.  Bu  bir  iqtisodiy  munosabatlar  va  tashkiliy-

boshqaruv  tuzilmalarining  boshqa  iqtisodiy  munosabatlar  va  tashkiliy-boshqaruv 

tuzilmalari bilan almashinuvidir”

2

, deb ko’rsatib berdi. 



Bundan  ko’rinadiki,  bir  ijtimoiy-iqtisodiy  tizim  o’rniga  mazmun  va  sifat 

jihatidan  farqlanuvchi  butunlay  yangi  tizimning  shakllantirilishi  jamiyatdagi 

mavjud iqtisodiy manfaatlar va munosabatlar muvozanatining buzilishiga, ko’plab 

tashkiliy-iqtisodiy  va  xo’jalik  yuritish  shakllarining  barham  topishi  yoki 

o’zgarishiga,  yangilarining  paydo  bo’lishiga  olib  keladi.  Eng  muhimi,  bunday 

yangilanishlar  jamiyat  a’zolarining  iqtisodiy  tafakkuri,  turmush  tarzi  va  “hayot 

falsafasi”dagi tub o’zgarish holatlari bilan bog`liqdir.  

Jamiyat  ijtimoiy-iqtisodiy  mazmuni  va  qiyofasining  yangilanishi  mazkur 

jarayonlar  huquqiy  asoslarining  yaratilishi  bilan  birga  uzviy  holda  borishi  zarur.  

Shunga  ko’ra,  iqtisodiy  islohotlarning  dastlabki  pallasidanoq  mamlakatimizda 

Fuqarolik,  Er,  Soliq  va  Bojxona  kodekslari,  “Davlat  tasarrufidan  chiqarish  va 

xususiylashtirish  to’g`risida”,  “Banklar  va  bank  faoliyati  to’g`risida”,  “Chet  el 

investistiyalari  to’g`risida”,  “Chet  ellik  investorlar  huquqlarining  kafolatlari  va 

ularni himoya qilish choralari to’g`risida”gi Qonunlarning qabul qilinishi muhim 

qadam bo’ldi.  

Bozor  iqtisodiyotiga  o’tishdagi  islohotlarning  bosqichligi  va  izchilligining 

muhim  qoidasi  va  e’tiborda  tutish  lozim  bo’lgan  jihatlaridan  biri  –  ijtimoiy-

iqtisodiy  munosabatlardagi  har  qanday  sifat  o’zgarishlarini  muntazam  kuzatib, 

ularni  yanada  rivojlanishini  rag`batlantirib,  va  ayni  paytda,  buning  uchun  etarli 

shart-sharoitlarni  yaratib  borish  hisoblanadi.  Shunga  ko’ra,  Prezidentimiz 

ta’kidlaganidek,  islohotlarimizning  keyingi  bosqichida  “Tadbirkorlik  faoliyati 

erkinligining  kafolatlari  to’g`risida”,  “Xususiy  korxona  to’g`risida”,  “Valyutani 

tartibga  solish  to’g`risida”,  “Tashqi  iqtisodiy  faoliyat  to’g`risida”,  “Fermer 

xo’jaligi  to’g`risida”gi  Qonunlar,  yangi  tahrirdagi  Soliq  kodeksi  va  iqtisodiyotni 

isloh  qilish  bo’yicha  umumiy  hisobda  400  dan  ziyod  qonun  hujjatlari  ishlab 

chiqilib,  qabul  qilindi  va  joriy  etildi.  Ularning  barchasi  iqtisodiyotimizni  yanada 

liberallashtirish  va  modernizastiya  qilishda  nafaqat  mustahkam  huquqiy  asos, 

balki  amalga  oshirilayotgan  bozor  islohotlarining  ortga  qaytmasligining  kafolati 

bo’lib xizmat qilmoqda.  

                                                 

2

 Каримов И.А. Ўзбекистон – бозор муносабатларига ўтишнинг ўзига хос йўли.  – Т.: Ўзбекистон, 1993. 



 

34 


Agar  bozor  islohotlarining  dastlabki  pallalarida  odamlarda  bu  boradagi 

tasavvurlar  etarli  emasligi  natijasida  mazkur  jarayonlarga  ma’lum  darajada 

hadiksirash,  ertangi  hayot  uchun  tashvishlanish,  hattoki  ayrim  hollarda 

ishonchsizlik 

xislari 

mavjud 


bo’lsa, 

mamlakatimizdagi 

islohot 

va 


yangilanishlarning  o’tgan  davri  bunday  hissiyot  va  ikkilanishlarni  yo’qotib 

yubordi,  aholi  orasida  ertangi  kunga  ishonch  va  yorqin  kelajak  uchun  intilish, 

bunyodkorlik  yo’lida  harakat  qilish  kabi  xislatlarni  kuchaytirdi.  Bugungi  kunda 

jamiyat  a’zolarining  aksariyati  bozor  iqtisodiyotining  afzalliklari  va 

imkoniyatlarini  o’z  hayotlari  va  turmush  tarzlarida  yaqqol  sezmoqdalar.  Dastlab 

odamlar  uchun  qandaydir  mavhum  bo’lib  tuyulgan  bozor  iqtisodiyoti  bugun 

ularning farovon hayotlari uchun yangidan-yangi imkoniyatlarni ochib bermoqda.  

Prezidentimiz  o’z  ma’ruzasida  yuqoridagi  ijobiy  jihatlarni  ta’kidlash  bilan 

birga,  xolisona  tahlil,  islohotlarimizning  mantig`i  va  izchilligi,  ularning  eng 

zamonaviy  bozor  normalariga  muvofiqligini  baholash  iqtisodiyotni  boshqarish 

tizimini  yanada  chuqurlashtirish,  takomillashtirish  va  liberallashtirish  bo’yicha 

jiddiy ehtiyoj mavjudligini ko’rsatayotganini ham ta’kidlab o’tdi. 

Ma’lumki,  erkinlashtirish  bozor  iqtisodiyotini  shakllantirishning  asosiy 

yo’nalishlaridan biri bo’lib, xo’jalik hayotining barcha sohalaridagi to’siq hamda 

cheklovlarni, shuningdek, davlat nazoratini keskin ravishda qisqartirish yoki bekor 

qilishga  yo’naltirilgan  chora-tadbirlar  tizimidan  iboratdir.  U  butun  iqtisodiyotga 

tatbiq etilib, quyidagilarni o’z ichiga oladi: 

- xo’jalik faoliyatini amalga oshirishda davlat monopoliyasini bekor qilish; 

- resurslarning markazlashgan holdagi taqsimotini tugatish; 

- narxlarning ustun ravishda talab va taklif nisbati asosida shakllantirilishiga 

o’tish; 

-  ichki  va  tashqi  bozorlarda  transakstion  bitimlar  ustidan  davlat  nazoratini 

pasaytirish va h.k. 

O’zbekiston  Respublikasi  Konstitustiyasida  xususiy  mulkka  alohida  e’tibor 

qaratilib,  uning  boshqa  mulk  shakllari  kabi  daxlsiz  va  davlat  himoyasida  ekani 

alohida  qayd  etilgan.  Shuni tan olishimiz  va  doimo  e’tiborda  tutishimiz  kerakki,  

bugungi  kunda  ham  aholi  ma’lum  bir  qismining  xususiy  mulk,  tadbirkorlik, 

daromadlarning  shakllanishi  tizimining  erkinligiga  salbiy  munosabatda  bo’lishi 

hollari  uchrashi  mumkin.  Bu  holat  totalitar  tizimning  bir  necha  o’n  yillar 

davomida  hukmronligi  oqibatida  aholida  shakllangan  boqimandalik  kayfiyati, 

davlat yordamiga umidvorlik, xususiy mulkning uzoq yillar davomida ta’qib qilib 

kelinganligi,  uning  ayrim  kishilar  tasavvurida  salbiy  taassurot  qoldirganligi  kabi 

sabablar bilan izohlanadi. 

Mamlakatimizda  xususiy  mulkning  daxlsizligi  va  davlat  himoyasiga 

olinganligi  to’g`risida  to’xtalar  ekanmiz,  bu  taniqli  iqtisodchi  Ya.Kornaining 

xususiy  sektorni  samarali  rivojlanishini  ta’minlash  uchun  “Xususiy  mulkning 

mutlaq  xavfsizligi  to’g`risida  qat’iy  ravishda  e’lon  qilinishi  zarur…  Albatta, 

bunday  kafolatlar  qonunlar,  partiyalarning  dasturlari  va  etakchi  davlat 

arboblarining  bayonotlari  orqali  belgilanishi  lozim…  Kelgusidagi  investistiyalar 

haqida  qayg`urish    “Konfiskastiyalar  endi  hech  qachon  bo’lmaydi!”  deya  qat’iy 



 

35 


bayonot  berishni  taqozo  etadi”

6

  degan  so’zlarini  keltirish  o’rinlidir.  O’zbekiston 



o’z mustaqilligini qo’lga kiritgandan buyon Prezidentimiz shaxsan turli doiralarda 

bunday kafolatlar to’g`risida muntazam ravishda, qayta-qayta ta’kidlab kelmoqda. 

“Mamlakatimizda  demokratik  islohotlarni  yanada  chuqurlashtirish  va  fuqarolik 

jamiyatini  rivojlantirish  konstepstiyasi”da  “Birinchi  navbatda,  xususiy  mulkning 

huquq va himoyasini mustahkamlashimiz, har qaysi xususiy mulkdor qonuniy yo’l 

bilan  qo’lga  kiritgan  yoki  yaratgan  o’z  mulkining  daxlsizligiga  aslo  shubha 

qilmasligini  ta’minlaydigan  ishonchli  kafolatlar  tizimini  yaratishimiz  zarur.  Har 

bir  tadbirkor  avvalo  shuni  aniq-ravshan  bilib  olishi  kerakki,  davlat  xususiy 

mulkdor  huquqlarining  himoyachisidir.  Shuning  uchun  ham  tadbirkorlar  o’z 

biznesiga bexavotir investistiya kiritishi, ishlab chiqarish faoliyatini kengaytirishi, 

mahsulot  hajmi  va  olayotgan  daromadini  ko’paytirishi,  o’z  mulkiga  o’zi  egalik 

qilishi, foydalanishi, tasarruf etishi lozim”

7

  deya  yana  bir  bor ta’kidlanishi ushbu 



fikrlarning yaqqol tasdig`idir.  

Ma’ruzada shu maqsadda bozor iqtisodiyotining negizi hisoblangan xususiy 

mulkka 

nisbatan 



davlat 

tomonidan 

berilayotgan 

asosiy 


kafolatlarni 

mustahkamlashga  qaratilgan  “Xususiy  mulkni  himoya  qilish  va  mulkdorlar 

huquqlarining  kafolatlari  to’g`risida”gi  Qonunni  ishlab  chiqish  va  qabul  qilish 

zarurligi,  shuningdek,  boshqaruv  tizimini  takomillashtirish,  ortiqcha  byurokratik 

to’siqlarni bartaraf etish maqsadida “Tadbirkorlik faoliyati sohasida ruxsat berish 

tartib-qoidalari  to’g`risida”gi  Qonunni  ishlab  chiqish  va  qabul  qilish  muhim 

ahamiyat  kasb  etishi,  bunda  tadbirkorlik  faoliyatini  yuritish  uchun  zarur  bo’lgan 

ruxsat  berish  tartib-qoidalarining  qat’iy  cheklangan  ro’yxati  va  turlarini  aniq 

belgilab  qo’yish,  qonunda  nazarda  tutilmagan  ortiqcha  ruxsatnoma  va  ruxsat 

berish  tartib-qoidalarining  yangi  turlari  kiritilishini  qonun  bilan  keskin  taqiqlash 

zarurligi ta’kidlandi.  

Prezidentimiz  tomonidan  tadbirkorlik  faoliyatini  tashkil  etishdagi  ruxsat 

berish  jarayonlarining  qisqartirilishi  va  to’lovlarning  optimallashtirilishi  bilan 

bog`liq  chora-tadbirlarga  oldingi  yillardan  e’tibor  qaratib  kelinmoqda.  Xususan, 

2009  yilda  ham  tadbirkorlarning  o’z  ishini  tashkil  etish  bilan  bog`liq  sarf-

xarajatlarini qisqartirish ishlari davom ettirilib, jumladan:  

- arxitektura-rejalashtirish topshiriq to’plamlarini olish qiymati – 4 barobar;  

- loyiha-smeta hujjatlarini ekspertizadan o’tkazish – 2,5 barobar; 

- kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish qiymati – 2 barobarga pasaytirilgan edi. 

Mamlakatimizda  tadbirkorlik  faoliyatini  tashkil  etishdagi  ruxsat  berish 

jarayonlarining  qisqartirilishi  va  to’lovlarning  optimallashtirilishi  bilan  bog`liq 

tadbirlar natijalarini quyidagi jadval orqali yaqqolroq ko’rish mumkin (7-jadval). 



Download 0.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling