Buxoro davlat universiteti ijtimoiy-iqtisodiy fakulteti
Download 1.34 Mb. Pdf ko'rish
|
ozbekistonda koppartiyaviylik shakllanishi va rivojlanishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- MILLIY G’OYA, MA’NAVIYAT ASOSLARI VA HUQUQ TA’LIMI YO’NALISHI bitiruvchisi TURAYEVA SHAXODATNING
- O’zbekistonda ko’ppartiyaviylik: shakllanishi va rivojlanishi. Ilmiy rahbar: O’.R.Qurbonov
- KIRISH Mavzuning dolzarbligi.
- Mavzuning o‘rganilganlik darajasi.
- Ishining maqsadi va vazifalari.
- Ishning ilmiy va amaliy ahamiyati shundan iboratki
- I Bob. Jamiyat siyosiy tizimida siyosiy partiyalarning o’rni. 1.1. Siyosiy partiyalar tushunchasi, mazmuni va mohiyati.
1
VAZIRLIGI BUXORO DAVLAT UNIVERSITETI IJTIMOIY-IQTISODIY FAKULTETI MILLIY G’OYA, MA’NAVIYAT ASOSLARI VA HUQUQ TA’LIMI YO’NALISHI bitiruvchisi TURAYEVA SHAXODATNING Mavzu: O’zbekistonda ko’ppartiyaviylik: shakllanishi va rivojlanishi. Ilmiy rahbar: O’.R.Qurbonov BUXORO - 2015 “Milliy g’oya, huquq va ma’naviyat asoslari” kafedra yig’ilishida muhokama etilib,
himoyaga tavsiya etilgan “____”____________№___ sonli bayonnoma Kafedra mudiri________dots. Raupov S.S.
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
12
Mavzuning dolzarbligi. O‘zbekiston Respublikasining mustaqillikdan so‘ng qo‘lga kiritgan yutuqlarini sarhisob qiladigan bo‘lsak, olib borayotgan barcha sohalardagi islohotlar uzoqni ko‘zlab, “o‘zbek modeli”ning tarkibiy qismi bo‘lgan “bosqichma-bosqichlik” tamoyili asosida olib borilayotganiga guvoh bo‘lamiz. Islohotlar dastlabki bosqichda mustaqillikni mustahkamlashga qaratilgan bo‘lsa, bu vazifa asosan ado etilgach, davlat va jamiyat qurilishini erkinlashtirish sari odim tashlandi. Mamlakatimizda turli siyosiy institutlar, jumladan, siyosiy partiyalarning faoliyati tubdan o‘zgarib ular uchun zaruriy huquqiy asoslar yaratildi. Bu jarayonlarning bugungi kun nuqtai nazaridan baholar ekan. Prezidentimiz I.A.Karimov “Hozirgi sharoitda siyosiy partiyalar fuqarolarning siyosiy partiyalar va ijtimoiy faolligini oshirish, aholining ayniqsa saylov jaroyonlarida xohish- irodasi va fikrini ifodalash, markazda va joylarda davlat hokimiyati organlarini shakllantirishning muhim ta’sir o‘tkazuvchi vositasiga aylanishi alohida ahamiyat kasb etadi” deb ta’kidlaydi. 1
ularning o‘zaro munosabatlari, jamiyat siyosiy hayotidagi o‘rni masalalarini o‘rganish ham dolzarb mavzu sifatida qolmoqda. Bu mavzu bugun faqat kundalik matbuotlarda yoritilishi darajasida qolib ketmoqda. Xususan, biz mavjud siyosiy partiyalar haqida fikr yuritganimizda Prezidentimizning ular faoliyati o‘sib kelayotgan ehtiyojlardan orqada qolayotganligi haqida bildirgan o‘rinli tanqidiy fikrlariga asoslangan holda ilmiy izlanishlar olib borishimiz lozim bo‘ladi. Respublikamiz siyosiy hayotida hozirda mavjud siyosiy partiyalar o‘tish davridagi ijtimoiy-siyosiy murakabliklarga qaramay o‘zining davomiy faoliyatini saqlagan holda yildan-yilga faollashib bormoqda. Demokratik huquqiy davlatning muhim tarkibiy qismi bo‘lgan siyosiy partiyalar faoliyatini tartibga solishda milliy qonunchiligimiz sohaga doir qonunlar va qonunosti hujjatlari mavjud. Lekin,
1
Mahkamasi va Prezident devonining O’z. mustaqillining 16 yilligiga bag’ishlangan qo’shma majlisidagi ma’ruzasi.- Toshkent.: 2007 –B.32
13
qonunlar dogma bo‘lmay jamiyat va davlat taraqqiyoti bilan hamohang rivojlanishini inobatga olsak bu sohadagi qonunchilikni yanada tadqiq etishni taqozo etadi. Yuqoridagi fikrlardan kelib chiqib, mamlakatimizda ko’ppartiyaviylik tizimini hozirgi davr talablariga mos ravishda shakllantirish va bu boradagi muammolarni teran yoritib berish dolzarb masalaga aylandi. Aniqroq qilib aytganda O’zbekistonda shakllanayotgan ko’ppartiyaviylik tizimininig mazmun mohiyati va namoyon bo’lish xususiyatlarini o’rganish va targ’ibot qilish muhim ahamiyatga ega. Bu esa biz tanlagan mavzuning dolzarbligini belgilaydi. Mavzuning o‘rganilganlik darajasi. Fuqarolik jamiyatining eng muhim institutlaridan biri bo‘lgan, siyosiy partiyalarning faoliyatini borasida bir qancha huquqshunos, siyosatshunos olimlar tadqiqotlar olib borganlar. Jumladan, o‘zbek olimlaridan I.R.Bekov 1 , D.Q.Axmedov 2 , E.X.Halilov 3 , S.A.Abbosxo‘jayev 4 , M.Qirg‘izboyev 5 , O.T.Husanov 6 , O.Jumayev, H. Muhamedov va boshqalarni keltirishimiz mumkin. Bu olimlar o‘z tadqiqodlarida siyosiy partiyalarning davlat va jamiyat hayotidagi o‘rnini ko‘rsatib berib, ularning turli qirralarini o‘rganganlar. Ishining maqsadi va vazifalari. O’zbekistonda ko’ppartiyaviylik tizimining shakllanishi va rivojlanishi jarayonini tadqiq etish va siyosiy partiyalarning tutgan o‘rnini tahlil etishdan iborat. Qo`yilgan maqsadga erishish uchun bitiruv malakaviy ishda quyidagi masalalarni yoritish vazifa qilib olindi: - Siyosiy partiyalarning tushunchasi, mazmuni va mohiyatini ochib berish. - O’zbekistonda ko’ppartiyaviylik tizimini yaratish uchun zaruriy huquqiy
1 I.R.Bekov “Saylov va siyosiy partiyalar” T, TDYuI. 2004 y., “Siyosiy partiyalar va jamiyatni demokratlashtirish” T.: TDYuI nashriyoti, 2009 y. 2 D.Q.Axmedov “Xorijiy mamlakatlarda siyosiy partiyalar va partiyaviy tizim.” T.:TDYuI nashriyoti,2004y. 3 E.X.Halilov “O’zbekiston Respublikasining vonun chiqaruvchi oliy organi: soxta vakillikdan haqiqiy parlamentarizmga qadar.”-T.,O’zbekiston , 2001y. “Saylov to’g’risidagi O’zbekiston qonunlarining qaror topishi va rivojlanishi” T.,O’zbekiston, 1999 y. 4 S.A.Abbosxo‘jaev “O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qo’nunchilik palatasi faoliyatini tashkil etish”: yurid.fan.nom. dis....-Toshkent, 2007. 5 M.Qirg‘izboev “Fuqorolik jamiyati: Siyosiy partiyalar, mafkuralar madaniyatlar.” T.: Sharq, 1998 y.; Demokratik ko`ppartiyaviylik va parlamentarizm tamoyillarini rivojlantirish masalalari. T.: Sharq, 2003 y; O`zbekiston: fuqarolik jamiyati sari T.: Sharq, 2003 y. 6 O.T.Husanov “Davlat boshqaruvini yangilash va yanada demokratlashtirish hamda mamlakatni modernizatsmya qilishda siyosiy partiyalarning rolini kuchaytirish to’g’risida”gi Konstitutsiyaviy qonunga O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga kiritilgan tuzatishlarga sharxlar.-T,Adolat, 2007y. 14
asoslarining yaratilishini o’rganish. - O’zbekistonda davlat boshqaruvini yangilash demokratlashtirishda siyosiy partiyalarning o’rni va rolini tahlil qilish. - siyosiy partiyalarning davlat va jamiyat hayotida tutgan o’rni va ahamiyatni ochib berish; - siyosiy partiyalarning huquqiy maqomi va ularning boshqa jamoat birlashmalaridan farqini ko‘rsatib berish; - siyosiy partiyalarning Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi faoliyatini tahlil qilish;
Ishning ilmiy va amaliy ahamiyati shundan iboratki: birinchidan, biz bugun ochiq demokratik huquqiy davlat va fuqarolik jamiyatini barpo etayotgan bir paytda, tadqiqot ishimiz siyosiy partiyalarning davlat hokimyatidagi rolini mamlakatimizda yashayotgan har bir fuqaroga yetkazishda muhim rol o’ynaydi. Ikkinchidan, «Siyosiy partiya», «ko’ppartiyaviylik», «muxolif partiya», «o’ng va so’l partiyalar», “ko`ppartiyaviylik madaniyati” kabi tushunchalar to’g’risidagi bilimlarimizni yanada oshiradi; uchinchidan, huquqiy davlat qurishda siyosiy partiyalarning rolini anglab yetishda yordam beradi; to’rtinchidan, bugungi kunda O’zbekistonda mavjud siyosiy partiyalarning maqsadlarini bilib olishimizda katta ahamiyat kasb etadi; beshinchidan, jamiyatimizda ko’ppartiyaviylik madaniyatini shakllantirish, mamlakatimizda fuqarolik jamiyatini barpo etish omili ekanligini ilg’ab olishda ta’sirchan ahamiyatga egadir. Bundan tashqari oily ta’lim muassasasida o’qitiladigan “O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini o’rganish”, o’quv kursi “Fuqarolik jamiyati asoslari”, “Siyosatshunoslik”, “O’zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti” fanlaridan tegishli ma`ruzalarni o`qitishda foydalanish mumkin.
malakaviy ishi kirish, ikkita bob, to’rtta reja, xulosa hamda foydalanilgan adabiyotlar ro`yxatidan iborat.
15
1.1. Siyosiy partiyalar tushunchasi, mazmuni va mohiyati. Siyosiy partiya (lotincha qism, guruh; eski o’zbekchasi arabchadan “firqa” – guruh, to’da) – umumiy g’oya va manfaat, ijtimoiy-siyosiy maqsadlar asosida odamlarni ixtiyoriy ravishda uyushtiruvchi tashkilot; fuqaroviy jamiyat bilan davlatni bir-biriga bog’lovchi eng muhim vositalardan biri; hozirgi zamon huquqiy demokratik davlati hayotining zaruriy omillaridan biri. Demak, partiya deganda “g’oyaviy jihatdan maslakdosh, manfaatlari mushtarak bo’lgan, shuningdek, muayyan ishni bajarish uchun ajratilgan kishilar guruhi” 1 ni tushunish mumkin. Partiyalarning mohiyati, tabiati, tarkibi juda ko’p jihatlardan mazkur tarixiy davr mazmuniga, tuzumiga undagi siyosiy jarayonlar oqimiga chambarchas bog’liq tarzda shakllanib, jamiyatda sodir bo’layotgan siyosiy kurashning qanday borishida oshkora namoyon bo’ladi.
Tarixda ma‘lum bo’lgan dastlabki siyosiy partiyalar qadimgi Yunonistonda tashkil topgan bo’lib, oldin juda ozchilikni birlashtirgan, guruhlar tarkibi jihatdan juda tor doirada uyushgan siyosiy tashkilotlar edilar. Ammo tom ma‘nodagi siyosiy partiyalar harakati Yevropada XVII-XVIII asrlar inqiloblari oqibatida shakllandi. X1X asr oxiriga kelib, demokratik partiyalar kengayib, saylovlar tizimi, parlamentdagi joylar uchun kurash keskinlashgan sari, siyosiy partiyalar hayoti va faoliyati yangi pag’onaga ko’tarildi.
Siyosiy partiyalarning ilk tadqiqotchisi ingliz siyosiy arboblaridan biri Jon Tolanddir (1670-1722). U o’zining “Partiyalar vositasida boshqarish san‘ati” nomli traktatida ingiliz siyosiy tizimining ustun tomonlariga to’xtalib, shunday deb yozadi: “Vigilar va torilar guruhlarining shakllanishi parlamentda muhim rol o’ynaydi. Lekin, eng muhimi, qirol qaysi partiya tomonida ekanligigadir. Eng ideal vaziyat yaratish uchun qirol qonunlarga itoat qilgan holda har ikkala partiyaga ham teng munosabatda bo’lishi lozim. Siyosiy barqarorlikning kafolati ham shundadir. Qirol partiya boshida turmasligi kerak, aks holda, u biron-bir guruhning yo’l boshchisiga aylanib, o’z xalqining otasi ekanligini unutadi”. Nemis tadqiqotchisi
1 I.A.Karimov “Biz kelajagimizni o’z qo’limiz bilan quramiz.” Toshkent. “O’zbekiston” 7-tom. 384-bet. 16
V. Xasbax esa partiyani qo’yidagicha tushungan: “Partiya bir xil siyosiy qarashlar va maqsadlarga ega bo’lgan, o’z shaxsiy manfaatlarini qondirish maqsadlarida siyosiyhokimiyatni egallashga intilayotgan kishilarning ittifoqidir”.
Hozirgi davrda eng yaqin partiya tushunchasini M. Veber ochib bergan edi: “Partiyalar a‘zolikka qabul qilishning ixtiyoriyligiga asoslangan, o’z oldiga faol a‘zolarining moddiy foyda yoki shaxsiy imtiyozlar olishi uchun ma‘naviy va moddiy sharoitlar yaratish hamda o’z rahbariyati uchun siyosiy hokimiyatni egallash maqsadini qo’ygan jamoat tashkilotlaridir”. (K. Gadjiev. Politicheskaya nauka. M. 1995 g. 135-str).
O’tgan tarixiy davrlar tajribasi partiyani tashkil qilishning to’rt belgisi borligini ko’rsatdi. Ular, AQSH siyosatshunosi J. La Palonbaraning ko’rsatishicha, qo’yidagilardan iborat: 1. Avvalambor, har qanday partiya u yoki bu mafkura yoki dunyoqarash tashuvchisi yoki uning kamida dunyo va insonni bilish va anglashning o’z yo’liga ega bo’lishidir. 2. Partiya, bu-siyosatning barcha darajalarida – mahalliydan to xalqaro bosqichlar bo’g’inlarida faoliyat ko’rsatayotgan a‘zolarning birlashmasi, tashkiloti bo’lishi lozim. 3. Partiyaning maqsadi –hokimiyatni egallash va uni amalga oshirish ekanligi. 4. Har bir partiya, unga ovoz berishdan tortib, to mazkur partiyaga faol a‘zo bo’lishigacha bo’lgan jarayonlarda xalq tomonidan qo’llab-quvvatlanishga erishish uchun harakat qiladi. 1
Siyosiy partiyalarni siyosiy tashkilot sifatida tan olish uchun uning o’ziga xos belgili xususiyatlari shakllangan bo’lishi kerak. Bu belgilar ijtimoiy zamin, ijtimoiy tarkib, siyosiy mavqe, g’oyaviy mo’ljal, saylovchilar ko’lami (elektorat), kabilardan iborat bo’lib, mana shu belgilarning zabardastligi va zaifligi bilan baholanadi.
1 M. Qirg’izboev. Fuqarolik jamiyati: Siyosiy partiyalar, mafkuralar, madaniyatlar. T. 1998 yil, 31-bet 17
Demak, siyosiy partiya jamiyatning bir bo’lagi bo’lib, u muayyan maqsad, guruh yoki qatlamning maqsad va manfaatlarini ifoda etgan holda, uni umumdavlat va umummillat manfaatlari, maqsadlar va vazifalar bilan uyg’unlashtirilgan holda faoliyat ko’rsatadigan, rivojlanishning siyosiy yo’nalishlarini aniqlab beradigan siyosiy tashkilotdir.
Ba’zan, siyosiy partiyaning o’zi kerakmikan, degan mazmundagi savollarni ham eshitishga to’g’ri keladi; bunga javobimiz qo’yidagicha: siyosiy partiyalar jamiyatda bekorchilikdan emas, balki hayotiy zaruratdan kelib chiqqan. Ular, amalda, inson jamiyatida siyosiy hokimiyat, degan narsa kelib chiqqandan beri mavjuddir. Siyosiy hokimiyat, mohiyatan, jamiyatni boshqarib turish ehtiyoji, zarurati bois paydo bo’lgan. Garchi siyosiy partiya, deb atalmagan bo’lsalar ham, ammo o’z paytida, shohlarga ham ta‘sir ko’rsatish kuchiga ega bo’lgan shaxslar, guruhlar, amalda, xuddi mana shu “partiyaviy” vazifalarni o’tab kelganlar. Jamiyat rivojida demokratik tartibotlarning vujudga kelishi tom ma‘nodagi siyosiy partiyalarning paydo bo’lishiga olib keldi.
Butun jahon ma‘rifat taraqqiyotining, kishilar tomonidan, adolat uchun kurash yo’lida uyushib harakat qilish borasidagi erishgan yutug’i-siyosiy partiyalar amaliyotidir.
partiyalar o’z vazifasini to’la bajarishi, mamlakat taraqqiyotiga tegishli hissa qo’shishi uchun ularga dastlabki yo’l imkoniyatlar yaratib berilishi kerak. Bu ayniqsa ko’ppartiyaviylik shakllanayotgan va o’z yo’lini belgilayotgan O’zbekistonning hozirgi o’tish davrida ham juda muhimdir. Siyosiy partiyalarga teng imkoniyatlar yaratishning ko’pgina vositalari bo’lib, ular orasida davlat boshlig’i Prezidentning partiyaga mansubligi masalasini to’g’ri hal qilishdir. Shuning uchun ko’pgina demokratik mamlakatlarda Prezidentlik lavozimini har qanday partiyalarga a‘zolikdan xoli bo’lishini nazarda tutuvchi huquqiy asoslar mavjud. Bu ayrim mamlakatlarda bevosita Konstitutsiya bilan hal qilingan bo’lsa, ayrim mamlakatlarda esa Prezidentning prezidentlik davonda biror-bir siyosiy
18
partiyaga mansub bo’lmasligini o’rnatuvchi maxsus qonunlar qabul qilish bilan hal qilingan. Masalan, Germaniya Respublikasi Konstitutsiyasining 55-moddasiga asosan, Prezident lavozimidagi davrda u har qanday partiya a‘zoligidan voz kechishi, Ruminiya Konstitutsiyasining 84-moddasida, Prezidentlik muddati davonida Prezident biror-bir partiya a‘zoligida bo’la olmasligi, Rossiya Federatsiyasida ham Rossiya Prezidentining biror-bir siyosiy partiyaga mansubligini taqiqlovchi qonun loyihasi tayyorlanib, Davlat Dumasiga kiritilgan. Davlat boshlig’ining siyosiy partiyalarga mansub bo’lmasligining ijobiy jihatlari ikki narsa bilan bog’liq:
Birinchidan, Prezident nafaqat davlat boshlig’i, shu bilan birga u siyosiy hayotda hakam vazifasini bajaradi. Jumladan, Gretsiya Konstitutsiyasining 30- moddasida “Prezident Respublika institutlarining hakami hisoblanadi”, - deb yozib quyilgan. Shunday holat Frantsiya Konstitutsiyasining 5-moddasida ham mavjud. Prezident partiyaga mansub bo’lmaganda, uni biror-bir partiyaning manfaati emas, balki umumiy manfaat qiziqtiradi. Eng samarali tashabbus qaysi partiyaga tegishli bo’lsa, shuni qo’llab-quvvatlaydi.
Ikkinchidan, Prezidentning biror-bir partiyaga mansub bo’lmasligi turli partiyalarning faoliyat ko’rsatish uchun teng imkoniyat yaratadi. Partiyalarning teng mavqega ega bo’lishi ularning tashabbuskorligini oshiradi. O’z faoliyatida erkin, hech kimning ta‘sirisiz harakat qilishga imkon tug’iladi.
Xullas, birinchi savolni xulosasi sifatida aytish kerakki, jamiyat taraqqiyoti davomida har bir partiya o’zining asosiy maqsadi va kurash yo’llari ifodalangan dasturlarni ishlab chiqadi. Dunyoning turli mamlakatlarida faoliyat ko’rsatayotgan partiyalarning strategik yo’li bir xilda bo’lishi mumkin emas.
Ikkinchi savol: Hozirgi sharoitda amal qilayotgan siyosiy partiyalarning ijtimoiy zamini, ijtimoiy tarkibi va siyosiy harakat dasturining qanday maqsadga yo’naltirilganiga qarab ularni uch turga taqsimlash maqsadga muvofiqdir.
Ularning birinchi turini katta yer egalarining tub manfaatlarini ifoda etadigan siyosiy partiyalar tashkil etadi. Bu turga Osiyo, Afrika va Lotin Amerikasidagi mamlakatlarning qoloq iqtisodiy zamini sharoitida siyosiy faoliyatlarni davom 19
ettirayotgan partiyalar kiradi. Ularning siyosiy dasturlari, g’oyaviy mo’ljallari xilma-xil bo’lishiga qaramay, asl maqsadi feodal tuzum tartiblarini himoya qilish uchun kurashadilar va hozir ham kurashadilar.
Ikkinchi tur siyosiy partiyalar qatoriga burjua sinfining tub manfaatlarini ifodalovchi partiyalar kiradi. Ular orasida podsholikni tan oladigan burjua siyosiy partiyalardan tortib (masalan, Buyuk Britaniyada – konservativ, Yaponiyada – liberal- demokratik, Shvetsiyada xalq, Daniyada – Venstre so’l liberal, Niderlandiyada – xristian – demokratik chaqiriq, Norvegiyada – Venstre va markaz partiyalari shular jumlasidandir), o’z dasturlarida sotsializm va mehnatkashlar manfaati uchun kurashni bayon qilgan sotsial-demokratik ko’rinishdagi juda ko’p siyosiy partiyalar o’rin egallaydilar.
Uchinchi tur siyosiy partiyalar qatoriga mehnatkash ijtimoiy guruhlar- ishchilar, dehqonlar, ziyolilar, hunarmand-kosiblar tub manfaatlarini maqsad qilib qo’ygan kommunistik, sotsialistik, ishchi, dehqon, sotsial-demokratik, inqilobiy, xalq mehnatkashlar partiyalari atamalari bilan yuritiladigan siyosiy partiyalar kiradi.
Partiyalar yana demokratik, avtoritar va totalitar tiplarga bo’linadi. Demokratik partiyalar boshqa partiyalarga nisbatan yomon munosabatda bo’lmay, o’zaro partiyaviy raqobatda plyuralistik nuqtai nazardan yondoshadi. Totalitarizm partiyalar jamiyatdagi hamma siyosiy institutlarni, jumladan davlat organlari va huquqni bo’ysundirishga harakat qiladi. Bu tipdagi partiyalar barcha partiyalar tizimida ustun bo’lishga, yakka hokim holatida turishga harakat qilib, o’z yo’lidagi boshqa partiyalarni yo’qotishga harakat qiladi. Avtoritar partiyalar ko’proq rivojlanayotgan mamlakatlar uchun xos bo’lib, ular asosan milliy va modernizatsiya uchun kurash harakatlaridan kelib chiqadi va mustamlakachilik boshqaruvchiga qarshi ruh bilan sug’orilgan bo’ladi. Bu partiyalar mavjud rejimni qo’llab-quvvatlashi evaziga unga murosasizlik siyosatini yoritadilar. Chunki ularning maqsadlari mazkur mamlakatda mavjud bo’lgan siyosiy tuzumni o’zida aks ettiradi. Shoir Erkin Vohidov iborasi bilan aytganda “shitobi tez, parvozi baland” davrimizda yangi siyosiy partiyalarni ikki xili mavjud bo’lib harakat 20
qilayaptilar. Birinchisi insoniyat sivilizatsiyasiga tahdid solayotgan termoyadro halokati xavfiga qarshi siyosiy vositalar bilan kurash dasturiga amal qiladigan siyosiy partiyalardir. Ikkinchi turdagi yangi siyosiy partiyalar insoniyatning hayot mamotiga hozirgi sharoitda juda dahshatli tahdid solayotgan ekologik halokat xavfiga qarshi kurashni asosiy maqsad qilib olganlar. Fuqarolarning siyosiy partiya tashkil etish huquqi Konstitutsiyaning 34- moddasida mustahkamlangan. 1 Qonunga ko’ra, siyosiy partiya fuqarolarning huquq va erkinliklarini amalga oshirish maqsadida, xohish-irodani erkin bildirish, partiyaga ixtiyoriy ravishda kirish va undan chiqish, a’zolarining teng huquqligi, o’zini-o’zi boshqarish, qonuniylik va oshkoralik asosida tuziladi va faoliyat ko’rsatadi. Shu bilan birga ayrim hollarda siyosiy partiyalarni tuzish taqiqlanadi:
qo’yuvchi; ikkinchidan, O’zbekiston Respublikasi suvereniteti, yaxlitligi va xavfsizligiga, fuqarolarning konstitutsiyaviy huquq va erkinliklariga qarshi chiquvchi; uchinchidan, urushni, ijtimoiy, milliy, irqiy va diniy adovatni targ’ib qiluvchi; to’rtinchidan, xalqning sog’ligi va ma’naviyatiga tajovuz qiluvchi; beshinchidan, milliy va diniy ruhdagi partiyalarni tuzish va ularning faoliyat ko’rsatishi ta’qiqlanadi 2 .
taqalsada, bugungi kunga qadar mavjudligidan, bundan tashqari, o’zining rivojlanish bosqichlariga birma-bir erishayotganidan, demak, ular faoliyatiga nafaqat ma’lum guruhlarning ehtiyoji bor deb xulosa qilish, balki ularning xalq, jamiyat uchun foydasi borligini tushunish mumkin.
1 O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. Toshkent.: “O’zbekiston”, 2014-yil, 14-bet. 2 O’sha joyda 18 - bet. 21
Fikrlar xilma-xilligi har doim yangi-yangi g’oyalarni keltirib chiqaradi. Turli fikrlar asosida bahslashuv haqiqatni bilib olishga yordam beradi. O’tmishdagi xatolarimizning muhim sabablaridan biri ham jamiyatda yagona partiyaning tanho hukmronlik qilganligi edi. 70 yildan ortiqroq davr ichida “katta” rahbarlarning faoliyati ilohiylashtirildi, ularni haqiqatning yagona sohibi deb qaraldi. Ularning fikriga qarshi chiqish u yoqda tursin, tanqidiy ko’z bilan qarashning o’zi ham siyosiy ko’rlik, og’ir jinoyat deb qaraldi. Shu sababli kommunistik partiya yo’l quygan xatolar ko’rsatilmay, uning faoliyati to’g’ri deb ma‘qullanib kelingan. Turg’unlik davrida kommunistik partiya qandaydir “Oliy hakam”lik vazifasini bajarib keldi. Aslida, har bir demokratik jamiyatning siyosiy tizimida birinchi o’rinda davlat tursa, uning qolgan qismini siyosiy partiyalar va jamoat tashkilotlari to’ldirishi kerak. Demak, partiyalar fuqarolar bilan davlatni bog’lab turuvchi bir bo’g’in vazifasini bajarishi kerak. Kommunistik partiya millatlar erkinligi, inson huquqlarini, hur fikrlilikni bo’g’ib tashladi. Baynalminalchilikni o’ziga shior qilib olgan kommunistik partiya alohida bir millatning – “ulug’ rus” xalqining tili, tarixi, madaniyatini targ’ib-tashviq qildi. “Katta og’a” manfaatlarini hukmron siyosatga aylantirdi. Kommunistik partiya totalitar tuzum uchun, markaziy hokimiyat uchun xizmat qilgan mafkura edi. Shuning uchun ham odamlarning unga bo’lgan ishonch va e‘tiqodi ancha so’nib ketgandi. Provardida bu xatolar yanada ko’payib, jiddiylashib, chuqurlashib borib, batamom o’mirilish va inqirozga olib keldi. Ushbu inqirozning sabablari qo’yidagilardan iborat:
Download 1.34 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling