Buxoro davlat universiteti ijtimoiy-iqtisodiy fakulteti


partiyalarning mamlakatimiz hayotidagi o’rni va rolini yanada yuksaltirishda


Download 1.34 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/4
Sana12.11.2020
Hajmi1.34 Mb.
#144090
1   2   3   4
Bog'liq
ozbekistonda koppartiyaviylik shakllanishi va rivojlanishi

partiyalarning mamlakatimiz hayotidagi o’rni va rolini yanada yuksaltirishda 

yangi imkoniyatlarni yaratadi.  

Respublikamiz  OAVni  kuzatib  borsak,  Qonunchilik    palatasidagi  qonunlar 

muhokamasi paytida fraksiyalar qonun loyihalari partiyalar  dasturlariga qanchalik 

mosligi nuqtai nazaridan qarashlari kuchayib bormoqda. Misol uchun Qonunchilik 

palatasida  o‘tgan  oylarda  muhokama  etilgan  Ma’muriy  javobgarlik  to‘g‘risidagi 

kodeksga  o‘zgartirish  va  qo‘shimchalar  kiritish  to‘g‘risidagi  qonun  loyihasini 

oladigan  bo‘lsak,  O‘zLiDeP    bu  loyihaning  tadbirkorlik  subyektlariga  moddiy 

jihatdan  zarar  yetkazmasligi  uchun  takliflar  bersa,  XDP  bu  holatda  aholining 

ma’naviy  qiyofasiga  ta’sir  etmasligi  masalasini  ko‘tardilar.  Bu  jarayonlar 

parlamentimizning    rivojiga  xizmat  qilish  barobarida  qonunlarning  puxta 

yaratilishi uchun ham foydalidir.  

Oliy  Majlis  Qonunchilik    palatasisidagi  siyosiy  partiyalar    faoliyatini 

o‘rganib  chiqib,  ularning  Qonunchilik    palatasisining  vakolatlarini  tahlil  etish 

barobarida bir necha asosiy yo‘nalishni ko‘rsatish mumkin. 

Qonunchilik 

sohasidagi 

faoliyati. 

Siyosiy 


partiya 

fraksiyalarining 

Qonunchilik  jarayonidagi ishtiroki alohida ahamiyatga ega bo‘lib, bu qonunchilik  

faoliyatining  asosiy  funksiyasi  hisoblanadi.  Ushbu  jarayonni  uzoq  muddatli  va 

murakkab jarayonligini inobatga olib, fraksiyalarning  qonun ijodkorligi sohasidagi 

faoliyatini  bu  borada  ko‘rsatish  mumkin.  Fraksiyalarning  qonun  ijodkorligi 



47 

 

sohasidagi ishtirokini  uning ishtirokchilari doirasiga qarab quyudagi yo‘nalishlarni 



ko‘rsatish mumkin. 

- Qonunchilik  tashabbusi huquqqidan foydalanib, saylov oldi dasturida e’lon 

qilingan  ma’naviyat,  ma’rifat  sohalariga  doir  yangi  qonunlar  loyihasini  fraksiya 

a’zolari tomonidan ishlab chiqish, 

- Biror bir qo‘mita tomonidan muhokama etilayotgan qonun loyihalarini xalq 

ma’naviyatini  yuksaltirishdagi  ahamiyatini  nazarda  tutgan  holda  fraksiya 

tomonidan muhokama etilishi,  

-  Qonunchilik    palatasida  muhokama  etilayotgan  qonun  loyihasi  yuzasidan 

ma’naviyat,  meros,  milliy  o‘zlikni  anglash  masalalarini  nazarda  tutgan  holda 

fraksiya taklifini kiritish, 

-  Muayyan  bir  qonun  muhokamasi  yuzasidan  kelishuv  komissiyasi  tuzish 

masala kiritish.

1

 

Tashkiliy  masalarni  tayyorlash  va  hal  etishga  doir  vakolatlari.  Qonunchilik  



palatasi  majlislarining  kun  tartibida  muhokama  qilinayotgan  masalalarni  ko‘rib 

chiqib tartibi va mohiyati yuzasidan, takliflar hamda fikr mulohazalarni kiritishga 

haqlidir.  Fraksiya  va  deputatlik  guruhlari  navbatdan  tashqari  majlis  chaqirishni 

talab  etishlari    va    Oliy  Majlisning  qo‘shma  majlisini  chaqirish  vakolatlariga 

(O‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlis  Qonunchilik    palatasi  Reglamenti  3- 

modda) ham egadir. 

Parlament  nazoratini  amalga  oshirish  yuzasidan  vakolatlari.  Oliy  Majlis 

Qonunchilik    palatasi  majlislarida  davlat  hokimiyati  va  boshqaruv  organlarining 

mansabdor  shaxslari  va  ularning  tasarrufiga  kiradigan  masalalar  yuzasidan 

asoslangan  tushuntirishlar  berish  yoki  O‘zbekiston  nuqtai  nazarini  bayon  qilish 

talabi bilan bilan chiqishi mumkin. O‘zbekiston Respublikasi Qonunchilik  palatasi 

fraksiyalarining  hukumat  a’zolarini    va  ularning  faoliyati  masalalari  yuzasidan 

chiqish qilish masalasini qo‘yish huquqi ham mavjuddir. 

                                                 

1

  I.Bekov  “Oliy  Majlis  Qonunchilik    palatasini  faoliyatida  siyosiy  partiyalarning  huquqiy  asoslari  .yu.f.n.  dis.. 



Toshkent. Bg’116 

48 

 

Qonunchilik    yuzasidan  nazorat  tahlil  olib  borish.  Bu  ham  partiya 



fraksiyalarining  muhim  yo‘nalishi  bo‘lib,  bu  faoliyat  orqali  siyosiy  partiyalar 

fraksiya joriy qonunlarning qanchalik ijro etilayotganidan xabardor bo‘ladidlar. 

Siyosiy  partiyalar  fraksiyalarining  fuqarolar  bilan  bevosita  faoliyati  bo‘lib, 

unga aholi o‘rtasida targ‘ibot va tashviqot ishlarini olib borish, saylovchilar bilan 

uchrashishlar  o‘tkazish  hamda  fuqarolarning  murojjaatlariga  javob  berishi  kabi 

sohalar kiradi. Fraksiyalarning bu faoliyatini o‘tgan davriga nazar tashlasak, 2008 

yilda  O‘zbekiston  XDP  tomonidan  saylovchilar  bilan  mamlakatimizda  olib 

borilayotgan  islohotlar  ahamiyatini  tushuntirish  va  ularning  bugungi  kundagi 

muommolarini o‘rganish va hal etish maqsadida 735 ta uchrashuv tashkil etilgan. 

Deputatlar tomonidan  O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik  palatasi 

va saylov okruglarida 1266 nafar fuqaro qabul qilingan bo‘lsa, Milliy Tiklanish DP 

fraksiya a’zolari saylovchilar bilan 800 marta uchrashuvlar o‘tkazib, 495 fuqaroni 

qabul  qilgan.  O‘zbekiston  Adolat  SDP  fraksiya  tomonidan  231  uchrashuv 

o‘tkazilib, deputatlar 179 nafar fuqaroni murojaatlariga javob berganlar. 

   Dunyodagi  demokratik  fuqarolik  jamiyatlarida  hokimiyatning  bo‘linish 

tamoyiliga  asoslangan  davlat  qurilishiga  o‘tilgan.  Hokimiyatning  nisbatan 

mustaqillik asosida qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatiga bo‘linadi. 

Respublikamizda  ham  hokimiyatning  bo‘linish  prinsipini  izchil  amalga  oshira 

borib,  davlat  hokimiyati  tizimida  chuqur  islohotlar  qilindi.  O‘zbekiston 

Respublikasining  mustaqillikka  erishishi  va  demokrat  huquqiy  davlat  barpo  etish 

jarayonidagi  eng  muhim  vazifalardan  biri  bozor  munosabatlariga  asoslangan 

iqtisodiyotni barpo etish bo‘lsa, ikkinchi vazifa Respublikamizda davlat hokimiyat 

ining  vakillik  va  fuqarolarning  o‘zini  o‘zi  boshqarish  organlarining  yangi 

mustaqillik  sharoitiga  mos  keladigan  tizimini  yaratish  edi.  “O‘zbekiston 

Respublikasi  mahalliy  hokimiyat    idoralarini  qayta  tashkil  etish  to‘g‘risida”gi 

Qonuniga  muvofiq  1992  yil  yanvardan  boshlab  viloyat,  tuman  va  shaharlarda 

joylarda vakillik hamda ijroiya boshqaruviga rahbarlik qiluvchi hokimlik lavozimi 

tashkil  etildi.  Bundan  tashqari  mahalliy  davlat  hokimiyati  bilan  bog‘liq 



49 

 

munosabatlarni    tartibga    solish  uchun  1993  yil  2-  sentyabrda  O‘zbekiston 



Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida” gi Qonuni qabul qilindi. 

 O‘zbekiston    Respublikasi  davlat  hokimiyati  vakillik  organlarining  tizimi 

O‘zbekiston  Respublikasi  Konstitutsiya  va  boshqa  sohaga  doir  hujjatlarda 

belgilangan bo‘lib, ular quyudagicha tizimlanadi: 

– O‘zbekiston  Respublikasi  OliyMajlisi  –O‘zbekiston  Respublikasining  oliy 

davlat vakilik orgoni bo‘lib, qonun chiqaruvchi hokimiyatni amalga oshiradi. 

– Qoraqolpg‘iston 

Respublikasi 

Jo‘qorg‘i 

Kengesi 


Qoroqolpg‘iston 

Respublikasidagi  butun  davlat  apparatining  yagona  va  doimiy  asosi  bo‘lib,  u 

davlatni  boshqa  organlarini  saylaydi  yoki  tuzishda  ishtirok  etadi,  ular  faoliyati 

ustidan  nazort  olib  boradi.  Jo‘qorg‘i  Kengesi  davlat  hokimiyat  ining  oliy  organi 

sifatida Qoroqolpg‘iston Respublikasi ixtiyoriga berilgan  barcha masalalarni o‘zi 

hal etish huquqiga ega. 

–  Xalq  deputatlari  viloyat,  tuman  va  shahar  Kengashlari–  O‘zbekiston 

Respublikasi  Konstitutsiyasining  99-moddasiga  ko‘ra,  viloyatlar  ,  tumanlar  va 

shaharlarda  hokimlar  boshchilik  qiladigan  xalq  deputatlari  Kengashlari 

hokimiyatning vakillik organlari bo‘lib, ular davlat va  fuqarolarning manfaatlarini 

ko‘zlab, o‘z vakolatlariga taalluqli masalalarni hal etadilar.    

Respublikasimizdagi  vakillik  organlarini  bunday  tartibda  tizimlashtirilishi 

mamlakatmizning  hududlariga  va  tarixiy  boshqaruv  shakllarimizga  qarab  amalga 

oshirildi.  

   Qoraqolpg‘iston  Respublikasida  Jo‘qorg‘i  Kengesi  oliy  davlat  vakillik 

organi  bo‘lib,  u  qonun  chiqaruvchi  hokimiyatni  ifodalaydi.  Jo‘qorg‘i  Kengesi 

hududiy  saylov  okruglari  bo‘yicha  ko‘ppartiyaviylik  asosida  besh  yil  muddatga 

saylanadigan 

deputatlardan 

iborat. 


Saylovlarda 

siyosiy 


partiyalardan 

ko‘rsatilayotgan  nomzod  albatta  ushbu  hududda  yashashi  yoki  ishlashi  zarur 

hisoblanadi.  Jo‘qorg‘i  Kengesining  birinchi  majlisi  saylovdan  ikki  oy 

kechiktirilmay Markaziy saylov komissiyasi tomonidan chaqiriladi.  

 


50 

 

2.2. O’zbekistonda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va 



ko’ppartiyaviylik tizimini takomillashtirish sohasidagi muammolar va 

ularning yechimlari. 

Mamlakatimizda  siyosiy  partiyalarning  davlat  va  jamiyat  qurilishidagi  roli, 

nufuzi  hamda  mavqeini  oshirish  maqsadida  izchil,  bosqichma-bosqich 

o‘tkazilayotgan  islohotlar  natijasida  ko‘ppartiyaviylik  tizimi  vujudga  keldi  va 

takomillashmoqda.  

Zero,  Konstitutsiyamizda  ko‘ppartiyaviylik  tizimini  shakllantirishning 

huquqiy  asoslari  belgilangan  bo‘lib,  O‘zbekiston  Respublikasida  ijtimoiy  hayot 

siyosiy  institutlar,  mafkuralar  va  fikrlarning  xilma-xilligi  asosida  rivojlanadi

1



Natijada,  1994,  1999,  2004  yillardagi  davlat  hokimiyati  vakillik  organlariga 



saylovlar  ko‘ppartiyaviylik  asosida  o‘tkazildi.  Ko‘ppartiyaviylik  prinsipi  Oliy 

Majlis  va  xalq  deputatlari  Kengashlari  faoliyatiga  joriy  etildi.  Siyosiy 

partiyalarning parlament quyi palatasidagi fraksiyalari orqali partiyalar qonunlarni 

ishlab  chiqishga  ta’sir  ko‘rsatib,  shu  tariqa  davlat  boshqaruviga  munosib  hissa 

qo‘shishi ta’minlandi. 

Ta’kidlash joizki, amalga oshirilgan islohotlarning huquqiy negizini tashkil 

qiluvchi normativ-huquqiy hujjatlar sifatida «Referendum yakunlari hamda davlat 

hokimiyati  tashkil  etilishining  asosiy  prinsiplari  to‘g‘risida»  (2002  yil), 

«O‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlisining  Senati  to‘g‘risida»  (2002  yil), 

«O‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlisining  Qonunchilik  palatasi  to‘g‘risida» 

(2002  yil),  «Davlat  boshqaruvini  yangilash  va  yanada  demokratlashtirish  hamda 

mamlakatni  modernizatsiya  qilishda  siyosiy  partiyalarning  rolini  kuchaytirish 

to‘g‘risida» (2007 yil) Konstitutsiyaviy qonunlar, «O‘zbekiston Respublikasi Oliy 

Majlisiga  saylov  to‘g‘risida»  (yangi  tahriri,  2003  yil),  «Siyosiy  partiyalarni 

moliyalashtirish  to‘g‘risida»  (2004  yil),  «Nodavlat  notijorat  tashkilotlari 

faoliyatining  kafolatlari  to‘g‘risida»  (2007  yil),  «O‘zbekiston  Respublikasi 

Konstitutsiyasining moddalariga tuzatishlar kiritish to‘g‘risida (89-moddasiga, 93-

moddasining 15-bandiga, 102-moddasining ikkinchi qismiga)» (2007 yil), «Saylov 

                                                 

1

 O‘zbekiston Respublikasida Konstitutsiya 19 bet. 



51 

 

to‘g‘risidagi  qonun  hujjatlari  takomillashtirilishi  munosabati  bilan  O‘zbekiston 



Respublikasining ayrim qonunlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida»gi 

(2008  yil)  qonunlar  qabul  qilindi.  Ayniqsa,  «Davlat  boshqaruvini  yangilash  va 

yanada  demokratlashtirish  hamda  mamlakatni  modernizatsiya  qilishda  siyosiy 

partiyalarning  rolini  kuchaytirish  to‘g‘risida»gi  Konstitutsiyaviy  qonun  siyosiy 

partiyalarning roli va ta’sirini oshirishda muhim ahamiyat kasb etdi. 

Zero,  mazkur  qonunlarning  ijtimoiy  hayotga  tatbiq  etilishi, birinchidan

keng  ko‘lamli  islohotlarni  hamda  siyosiy,  iqtisodiy  va  gumanitar  qurilishning 

maqsadli  vazifalarini  bajarish,  ijro  etuvchi  hokimiyat  tomonidan  ichki  va  tashqi 

siyosatni  amalga  oshirishda  siyosiy  partiyalarning  tashabbuskorligi,  roli,  ta’siri 

hamda  mas’uliyatini  kuchaytirishga  olib  keladi. Ikkinchidan,  hokimiyatning 

vakillik  va  ijro  etuvchi  organlarini  shakllantirishda  siyosiy  partiyalar, 

harakatlarning  faol  ishtiroki  uchun  zarur  tashkiliy-huquqiy  sharoitlarni 

yaratadi. Uchinchidan, hukumat  tuzilmalarining, markazdagi  va  joylardagi  davlat 

hokimiyati organlarining siyosiy partiyalarning mamlakat parlamentidagi vakillari, 

mahalliy vakillik organlaridagi deputatlik guruhlari oldida hisob berishini belgilab 

beradigan va ta’minlaydigan samarali huquqiy mexanizm yaratadi.To‘rtinchidan

parlament quyi palatasidagi siyosiy  partiyalar fraksiyalari o‘rtasida yuzaga kelgan 

o‘ziga  xos  konstruktiv  raqobat  muhitini  huquqiy  jihatdan  mustahkamlash  va 

yanada takomillashtirishga xizmat qiladi

1



Bundan tashqari, 2008 yil 25 dekabrda qabul qilingan «Saylov to‘g‘risidagi qonun 

hujjatlari  takomillashtirilishi  munosabati  bilan  O‘zbekiston  Respublikasining 

ayrim  qonunlariga  o‘zgartish  va  qo‘shimchalar  kiritish  haqida»gi  Qonun  ham 

bugungi  kunda  siyosiy  partiyalarning  mamlakatni  demokratik  yangilash  hamda 

modernizatsiya qilish bo‘yicha islohotlarni amalga oshirishdagi rolini, Oliy Majlis 

Qonunchilik  palatasi,  davlat  hokimiyati  mahalliy  vakillik  organlari  faoliyatida 

siyosiy  partiyalar  vakilligini  kuchaytirish,  bir  so‘z  bilan  aytganda,  siyosiy 

partiyalarning faolligini oshirishda muhim o‘rin tutadi. 

                                                 

1

A.X.Saidov.  O’zbekiston  saylov  tizimida  fuqorolarning  tashabbuskor  guruhlari.//  O’zbekiston  Respublikasi 



Markaziy saylov komisyasi axborotnomasi. Toshkent. 2004.№ 4.B-20 

 


52 

 

Albatta,  ushbu  qonunlarda  belgilangan  qoida-talablarning  amalga  oshirilishi 



ijtimoiy-siyosiy islohotlarning mantiqiy davomi, mamlakatning davlat-huquqiy va 

siyosiy  tizimini  bosqichma-bosqich,  tadrijiy  rivojlantirishning  natijasi  sifatida 

fuqarolik jamiyatini shakllantirishda hal qiluvchi ahamiyat kasb etishi shubhasiz. 

Kezi kelganda shuni ta’kidlash joizki, mamlakatimizda mustaqillik yillarida 

siyosiy  partiyalarni  shakllantirishning  tashkiliy-huquqiy,  institutsional  tizimi 

tashkil  topdi  va  izchil  rivojlanmoqda.  Muxtasar  aytganda,  mustaqillik  yillarida 

qabul  qilingan,  xalqaro  andozalarga  javob  beradigan  huquqiy  asoslar  siyosiy 

partiyalarning  keng  ko‘lamda  ijtimoiy-siyosiy  faoliyat  yuritishini  ta’minlaydigan 

mustahkam qonunchilik bazasini yaratdi, ularning jamiyatimizdagi o‘rni, nufuzi va 

mavqei,  vakolatlarini  yanada  kengaytirish  hamda  faoliyati  samarasini  oshirish 

borasida yangi imkoniyatlar ochib berdi. 

Prezidentimiz  Islom  Karimov  rahnamoligida  huquqiy  demokratik 

davlat  va  kuchli  fuqarolik  jamiyati  barpo  etish  yo‘lida  keng  ko‘lamli 

islohotlar  amalga  oshirilmoqda.  Bu  jarayonda  siyosiy  partiyalarning  rolini 

kuchaytirish, 

ijtimoiy-siyosiy 

va 

iqtisodiy 

taraqqiyotning 

ustuvor 

yo‘nalishlarini  belgilash  hamda  ro‘yobga  chiqarishda  ularning  ishtirokini 

kengaytirishga alohida e’tibor qaratilmoqda

1

 

O‘zbekiston  Respublikasining  Konstitutsiyasi,  «Davlat  boshqaruvini 

yangilash  va  yanada  demokratlashtirish  hamda  mamlakatni  modernizatsiya 

qilishda  siyosiy  partiyalarning  rolini  kuchaytirish  to‘g‘risida»gi  Konstitutsiyaviy 

qonun,  «Siyosiy  partiyalar  to‘g‘risida»,  «Siyosiy  partiyalarni  moliyalashtirish 

to‘g‘risida»gi  qonunlar  partiyalarni  rivojlantirish  uchun  mustahkam  huquqiy  asos 

bo‘lmoqda.  

Davlatimiz  rahbari  tomonidan  taqdim  etilgan  Mamlakatimizda  demokratik 

islohotlarni  yanada  chuqurlashtirish  va  fuqarolik  jamiyatini  rivojlantirish 

konsepsiyasi asosida qabul qilingan qonunlar davlat hokimiyati organlari tizimida 

Oliy  Majlisning  roli  va  ahamiyatini  sezilarli  darajada  kuchaytirdi.  Vazirlar 

                                                 

1

  M. Qirg’izboyev. Fuqarolik jamiyati: Siyosiy partiyalar, mafkuralar, madaniyatlar. T. 1998 yil, 38-bet 



 

53 

 

Mahkamasi,  ijro  hokimiyati  organlarining  parlament  oldida,  joylardagi  davlat 



boshqaruvi  organlarining  xalq  deputatlari  Kengashlari  oldidagi  mas’uliyati 

oshirildi. 

Oliy  Majlis  Qonunchilik palatasiga saylovlarda  eng ko‘p  deputatlik  o‘rnini 

olgan  siyosiy  partiya  tomonidan  O‘zbekiston  Respublikasi  Bosh  vaziri  nomzodi 

taklif  etilishi  tamoyili  hamda  hukumatga  nisbatan  ishonchsizlik  votumi 

institutining joriy etilishi siyosiy partiyalarning ahamiyatini yanada oshirdi.  

Prezidentimiz  Islom  Karimov  Konstitutsiyamiz  qabul  qilinganining  22-

yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi ma’ruzasida ta’kidlaganidek, siyosiy 

partiyalarning  yetuklik  darajasi,  fuqarolarimizning  huquqiy  ongi,  siyosiy  va 

huquqiy  madaniyati  tobora  yuksalib  borayotgani,  hech  shubhasiz,  ushbu 

konstitutsiyaviy  islohotlarning  eng  muhim  asosi,  ularni  amalga  oshirishning  hal 

qiluvchi sharti va garoviga aylanmoqda. 

Bugungi kunda siyosiy partiyalar davlat va jamiyat tayanchiga aylanmoqda. 

Ularning har biri saylovlarda yutib chiqib, mamlakatimiz siyosiy-ijtimoiy hayotida 

muhim rol o‘ynashga intilmoqda.  

2014-yil  21-dekabrda  bo‘lib  o‘tgan  O‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlisi 

Qonunchilik  palatasi,  xalq  deputatlari  viloyat,  tuman  va  shahar  Kengashlariga 

saylov  ham  fikrimizning  yorqin  misolidir.  Shu  kunlarda  siyosiy  partiyalar 

o‘rtasidagi  raqobat,  bahs-munozaralar  avjiga  chiqmoqda.  Har  bir  siyosiy  partiya 

saylovchilar bilan uchrashuvlarda, ommaviy axborot vositalari orqali o‘z g‘oya va 

maqsadlarini ilgari surib, ijtimoiy-iqtisodiy dasturlarini targ‘ib etayotir. 

Shunday bo’lsada jamiyatimizda ko’ppartiyaviylik tizimini takomillashtirish 

jarayonida  ayrim  muammolar  borligi  ko’zga  tashlanadi.  Ma’lumki,  qonun 

chiqaruvchi  va  vakillik  organlariga  saylovlarda  qatnashayotgan  har  bir  siyosiy 

partiya,  birinchidan,  o’z  qiyofasiga,  jamiyatning  o’zi  suyanadigan  qatlamlari 

manfaatlariniifoda  qiluvchi  aniq  dasturi,  patformalari,  shiorlari

1

;  ikkinchidan, 



o’zining  elektorati,  ma’lum  va  doimiy  saylovchilariga  ega  bo’lishi; 

                                                 

1

 Batafsilroq qarang: Xo’janazarov I. Fuqarolik jamiyati institutlari – parlament saylovlariga tayyorgarlik ko’rish va 



uni o’tkazishning harakat dasturlarida//Fuqarolik jamiyati. 2009-№3 – B-19-20. 

54 

 

uchinchidan,obro’-e’tibor  orttirishga  intilishi,  ko’proq  ishonch  qozonishi; 



to’rtinchidan,qonun  chiqaruvchi  va  vakillik  organlari,  keyinchalik  esa 

hokimyatning ijroiya organlarida ko’proq o’rin olishga harakat qilmog’I darkor

1

.  


Shuni ham aytish kerakki, partiya o’z saylovoldi dasturining eng to’g’ri ekani, 

davlat  va  jamiyat  intilayotgan  maqsad,  farovon  hayotga  aynan  mana  shu  dastur 

orqali erishish mumkinligini isbot qilgan holda, uni izchillik bilan hayotga tadbiq 

etishi  lozimligini  muammo  sifatida  ko’rish  mumkin.  Chunki  saylov  kuniga  qadar 

partiyalar  dasturidan  xalq  xabardor  bo’lib,  u  tomonidan  berilgan  ishonch  va 

va’dalarga xalqning umidi uyg’onib, partiya elektorati shakllanadi. Saylov o’tgach, 

mobodo saylovlarda yetarli ovoz to’play olmasa yuqoridagi partiyadan ko’rsatilgan 

nomzod tomonidan berilgan va’dalar amalga oshmay qolayotganini biz  muammo 

sifatida aytsak bo’ladi. Lekin, o’sha nomzod partiyaning keyingi saylovlarda yutib 

chiqishi mumkinligini o’ylamaydi. 

Hammaga  ma’lumki,  siyosiy  partiyalar  saylov  arafasida  o’z  elektoratini 

o’ylantirayotgan  sotsial  –  iqtisodiy  muammolarni  yanada  chuqurroq  o’rganishi, 

ularni  hal  etish  bo’yicha  zarur  choralarni  ko’rishga  diqqat  –  e’tiborini  qaratish 

lozim.  Partiyalar  izchil  ish  olib  borishi,  siyosiy  tajriba  orttirishi,  o’zining  doimiy 

saylovchilariga tayanish uchun faol harakat qilishi lozim. Demokratik  islohotlarni 

yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirishni maqsad qilib olgan 

har bir siyosiy partiya: 

1) davlat hokimyati va boshqaruvini demokratlashtirish;  

2) sud – huquq tizimini isloh etish; 

3) axborot sohasini isloh qilish, axborot va so’z erkinligini ta’minlash; 

4) saylov huquqi erkinligini ta’minlash va saylov qonunchiligini rivojlantirish; 

5) fuqarolik jamiyatining turli institutlarini shakllantirish va rivojlantirish; 

6)  demokratik  bozor  islohotlarini  va  iqtisodiyotini  liberallashtirishni  yanada 

chuqurlashtirish sohalariga o’z munosabatini bildirishi lozim. 

  

Shuningdek,  partiyalar  o’rtasida  sog’lom  raqobat  muhitining  samarasi 



kamroq  ekanligini  muammo  sifatida  ham  aytish  mumkin.  Mamlakatda 

                                                 

1

 Karimov I.A.“Tanlagan yo’limiz to’g’riligiga ishonchimiz komil”. 1996-y.16-fevral.// 



www.press-service.uz

   


55 

 

yashaydigan har bir fuqaro  o’z orzu  –  umidlarini  faqat  mavjud  siyosiy  partiyalar 



orqali  ko’rish  imkonini  yaratish  bugungi  kun  uchun  muhimdir.  Bunda  fuqarolar 

qabul  qilinayotgan  qonunlarga,  mamlakatdagi  islohotlarga  bevosita  o’z  hissasini 

qo’shib,  mamlakat  siyosiy  hayotidan  xabardor  bolib  borishi  demakdir.  Natijada 

fuqarolarda  huquqiy  ong,  milliy  g’oyaga  sadoqat,  vatanparvarlik  tuyg’ulari 

shakllanadi. 

Siyosiy partiya shuning uchun ham siyosiy ki, uning diqqat markazida davlat 

hokimiyatini  demokratik  saylovlar  orqali  egallash  maqsadi  turadi.  U  shuning 

uchun  ham  partiya-ki,  xalqning  muayyan  qismini  uyushtiradi,  va  undan  ma‘lum 

muddatga  davlatni  idora  etishga  vakolat  oladi.  Davlat  hokimiyatini  egallash  esa, 

o’z navbatida, siyosiy partiyaning dasturiy maqsadlari, xalqqa bergan saylov oldi 

va‘dalarini bajarish uchun rasmiy murvat bo’lib xizmat qiladi

1



 

Lekin bundan partiyalar hamisha ham o’z ishlarini risoladagiday bajaradilar, 

ular  farishtalar  kabi  benuqsondirlar,  degan  fikr  kelib  chiqmasligi  kerak.  Bizdagi 

mavjud  partiya  va  harakatlar  demokratiya  sharoitida  yashab  ko’rmagan.  Ularning 

har biri o’zini mutloq haqiqat jarchisi deb biladi. To’g’risini aytsak, o’zaro hurmat, 

bahs va munozara yetishmaydi. 

 

Siyosiy  partiyalarning  O’zbekistonda  qurilayotgan  demokratik  jamiyatda 



tutish  lozim  bo’lgan  o’rni  va  ularning  unda  bajaradigan  ijtimoiy  vazifalarning 

ahamiyati to’g’risidagi qoida va xulosalar, davlatimiz rahbari tomonidan muttasil 

rivojlantirib kelinmoqda. 

 

Respublikamiz Prezidenti I. Karimov O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi 



Qonunchilik  palatasining  birinchi  yig’ilishida  “Parlament  –  jamiyat  hayotining 

kuzgusi” degan mavzuda 27 yanvar 2005 yilda so’zlagan nutqida ko’ppartiyaviylik 

masalasiga alohida urg’u berib o’tdi. 

Ko’ppartiyaviylik  tizimi  nima  uchun  zarur  degan  savolga  javob  berib 

qo’yidagilarni sanab berdi. Birinchidan,  ko’ppartiyaviylik, avvalo, jamiyatimizda 

o’z  manfaat  va  qarashlariga  ega  bo’lgan  har  qaysi  ijtimoiy  qatlam  va  guruhning 

                                                 

1

 Xo’janazarov I. Fuqarolik jamiyati institutlari – parlament saylovlariga tayyorgarlik ko’rish va  uni o’tkazishning 



harakat dasturlarida//Fuqarolik jamiyati. 2009-№3 – B-23 

56 

 

maqsad  va  intilishlarini  to’liq  aks  ettirish  uchun  kerak.  Chunki  hayot  bor  ekan, 



inson  bor  ekan,  har  qaysi  toifa  o’zining  manfaatlarini  qandaydir  yo’llar  bilan 

amalga  oshirishga  harakat  qiladi.  Ikkinchidan,  siyosiy  partiyalar  o’z  g’oyasi, 

maqsad  va  vazifalari  bilan  bir-biridan  farq  qilishi  zarur.  Uchinchidan,  siyosiy 

partiyalar  xalqni,  millatni  qadim-qadimdan  birlashtirib  kelayotgan  mushtarak 

g’oyalar  ham  borligini  doimo  esda  tutishi  zarur.  U  o’z  manfaatlarini  himoya 

qilishda  bir-biriga  raqib  yoki  muxolifat  bo’lishi  mumkin,  lekin  yagona  Vatan 

yagona xalq manfaatlari haqida gap ketganda hammasi bir musht bo’lib birlashishi 

darkor.  To’rtinchidan,  har  qaysi  partiyaning  o’z  elektorati  uni  qo’llab-

quvvatlaydigan ijtimoiy qatlam bo’lishi lozim. Agar shunday bo’lmasa, bu partiya 

haqiqiy  siyosiy  kuch  bo’la  olmaydi.  Beshinchidan,  bizda  mintaqaviy  partiyalar 

yo’q  va  bo’lmaydi  ham.  Har    qaysi  partiya  umummilliy  partiya  sifatida  faoliyat 

yuritishi  kerak.  Ular  markazda  qolib  ketmasligi  va  joylarda  albatta  o’z  a‘zolari, 

faollari  va  tarafdorlariga  ega  bo’lishi  lozim.  Agar  shunday  bo’lmasa,  har  qanday 

partiya siyosat sahnasidan tushib ketadi. 

Xo’sh, shunday ekan partiyalarning siyosiy  mavqei nima bilan belgilanadi, 

degan  savol  tug’ilishi  mumkin:  Birinchidan,  saflarining  jipsligi,  siyosiy 

dasturlarining  ommalashganlik  darajasi,  muloqot,  targ’ibot  va  tashviqot 

imkoniyatlari  ko’lami,  g’oyaviy  ishlarining  ko’pchilikka  manzurligi  bilan; 

ikkinchidan,  aniq  va  puxta  ishlab  chiqilib  ommalashtirilgan  g’oyaviy  mo’ljali 

uning  hokimiyat  uchun  olib  borayotgan  kurashida  saylovchilari  ko’lamini  ham 

kengaytiradi. 

Partiyalar  o’z  siyosiy  maqsadlarini  amalga  oshirishda  turli  xil  yo’llarni 

tanlashlari  mumkin.  Partiya  jamiyat  hayotini  demokratlashtirishda  va  har  bir 

mamlakat  oldida  turgan  vazifalarni  amalga  oshirishda  o’ziga  xos  o’ringa  ega 

bo’ladi  hamda  muayyan  funktsiyalarni  bajaradi.  Bu  funktsiyalarni  ikkiga  bo’lish 

mumkin: ichki funksiyalar va tashqi funktsiyalar

1



                                                 



1

 M. Qirg’izboev. Fuqarolik jamiyati: Siyosiy partiyalar, mafkuralar, madaniyatlar. T. 1998 yil, 31-bet 

 


57 

 

Ichki  funktsiyalarga  qo’yidagilar  kiradi:  partiyaga  a‘zolar  qabul  qilish; 



partiya 

hayotini 

moliyalashtirish; 

mulkiy 


va 

boshqa 


munosabatlarni 

muvofiqlashtirish;  boshlang’ich  tuzilmalar  va  oddiy  a‘zolar  bilan  partiya  elitasi 

munosabatlarini yo’lga qo’yish kabi yo’nalishlardir. 

Tashqi  funktsiyalarga  esa,  hokimiyatni  egallash  uchun  kurash,  hokimiyat 

tepasiga  kelganda  o’z  dasturini  amalga  oshirish,  xalqaro  partiyaviy  munosabatlar 

o’rnatish,  xalq  bilan  davlat  tizimlari  aloqalarini  ta‘minlash,  xalqning  siyosiy 

madaniyatini  oshirish,  jamiyatning  boshqaruv  tizimlarida  ishtirok  etish,  siyosiy 

jarayonlarning  boshqa  ishtirokchilari  bilan  o’z  manfaatlarini  uyg’unlashtirish, 

fuqarolarni siyosiy ijtimoiylashtirish kabilar kiradi. 


Download 1.34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling