7.Yaratiladigan yangi ishlanma (mahsulot, texnologiya)ning xorijiy analoglaridan qiyosiy ustunligini ko‘rsatuvchi indikatorlar
|
Loyiha doirasida yaratilishi rejalashtirilayotgan Buxoro viloyati inklyuziv turizm infratuzilmasining interaktiv xaritasining xorijiy analoglari mavjud bo‘lib, Accessible Venice, Wheelmap, AccessNow, WheelMate, FuelService, kabilardir. Bu platformalar asosan nogironligi bor insonlar uchun qulay imkoniyatlar mavjud infratuzilma obyektlari haqida ma’lumot beradi. O’zbekistondagi biron bir shaharning inklyuziv turistik xaritasi ishlab chiqilmagan.
Chet el analoglaridan farqli ravishda taklif etilayotgan loyiha dastlab 3 tilda taqdim etilib, unda barcha inklyuziv turizm infratuzilmasi obyektlari mujassamlanadi. Jumladan, transport, mehmonxona, ovqatlanish, ziyorat, ko‘ngilochar xizmatlarni taqdim etuvchi barcha obyektlar Google map ilovasida jamlanadi, qidiruv jarayonida yoki ustiga bosilganda obyekt haqidagi ma’lumotlar yangi oynada ochiladi. Yaratiladigan ilovada barcha xizmatlar alohida kontent sifatida taqdim etiladi. Turistlar undan foydalanib o‘z safarlarini mustaqil ravishda rejalshtirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
|
8.Yaratiladigan yangi ishlanma (texnologiya) asosida mahsulot/xizmat ishlab chiqarishning resurs/xom-ashyo bazasining va zarur infratuzilmaning mavjudligi
|
Buxoro davlar universitetida mazkur innovatsion loyihani bajarish uchun yetarli ilmiy salohiyat, tajriba hamda infratuzilma (alohida xona, yuqori tezlikdagi internet) mavjud.
|
9.Mavzu doirasida bajariladigan loyihaning moliyalashtirish hajmining asoslanganligi
|
Loyihaning yillik moliyalashtirish hajmi 672 035 200 mln. so’mni tashkil etadi:
Mehnatga haq to‘lash xarajatlari - 333 960 000ming. so‘m.
Ijtimoiy soliq xarajatlari – 40 75 200 ming. so‘m.
Xizmat safarlari xarajatlari - 30 000,0 ming. so‘m.
Loyihani amalga oshirishga jalb etilgan boshqa tashkilotlarning tadqiqot ishlari uchun to‘lov- 21 200,0 ming. so‘m.
Ilmiy tadqiqot uchun zarur bo‘lgan asbob-uskunalar, texnik vositalar va boshqa tovar-moddiy qiymatliklarni sotib olish uchun xarajatlar (kompyuter, server v.b.)- 33 000 000 ming. so‘m.
Loyihani amalga oshirish uchun boshqa xarajatlar – 100 000 000 ming. so‘m.
Loyihaning umumiy qiymati 1 344 070 400 mlrd. so‘mni tashkil qiladi hamda bajarilishi 2 yilga mo’ljallangan.
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |