Buxoro davlat universiteti "iqtisodiyot va turizm" fakulteti "buxgalteriya hisobi va statistikasi" kafedrasi


Download 116.15 Kb.
bet2/5
Sana07.02.2023
Hajmi116.15 Kb.
#1174663
1   2   3   4   5
Bog'liq
KURS ISHIM j (2) (Восстановлен)

1.2 Mehnat haqi bo’yicha hisob-kitoblar auditini rejalashtirish bosqichi
Har qanday faoliyat, xususan auditorlik faoliyati ham samarali bo’lishi uchun dastavval, uning puxta va aniq rejasi yoki dasturini tuzish lozim. Ularning mazmuni qo’yilgan maqsad va uni bajarish uchun belgilangan aniq vazifalardan kelib chiqadi. Tekshiruv o’tkazishni boshlashdan avval auditor korxonada mehnatga haq to’lashning qanday shakllari va tizimlari qo’llanishi, xodimlar jadvali, mehnatga haq to’lash va mukofotlash to’g’risida ichki nizomlar, jamoa shartnomasi mavjudligi, mehnatga haq to’lash hisobi qanday tashkil etilganligi, ushbu hisob bo’limi kompyuterlashtirilganligi va boshqa masalalarni aniqlashi lozim.
Auditni rejalashtirish jarayoni auditorlik tashkiloti bilan xo’jalik yurituvchi sub’ekt o’rtasida shartnoma tuzulgunga qadar boshlanadi. Bu xolat ko’p hollarda, agar mijoz bilan shartnoma tuzulmasa, auditni rejalashtirish bilan bog’liq xarajatlar qaysi manbalar hisobidan mablag’ bilan ta’minlanishi to’g’risidagi savolni yuzaga keltiradi. Keyinchalik shartnoma tuzulgan holda auditni dastlabki rejalashtirishga doir ishlar qiymati o’tkaziladigan auditning umumiy qiymatiga qo’shiladi, aks xolda u auditorlik tashkilotining mablag’lari hisobidan amalga oshirilishi lozim. Rejalashtirish auditning boshlang’ich bosqichi bo’lib, auditorlar reja tuzulgunga qadar bevosita tekshiruv ishlarini boshlamasliklari lozim.
Xodimlar bilan mehnat haqi bo’yicha hisob-kitoblarning auditi uchun asosiy manbalar bo’lib quyidagi me’yoriy-huquqiy hujjatlar hisoblanadi:
-O’zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi.
-O’zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi.
-O’zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi.
-“Buxgalteriya hisobi to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Qonuni.
-“Auditorlik faoliyati to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Qonuni.
“Xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning moliyaviy-xo’jalik faoliyati buxgalteriya hisobi hisobvaraqlar rejasi va uni qo’llash to’g’risida yo’riqnoma” 21-sonli O’zbekiston Respublikasi Buxgalteriya hisobi milliy standarti (BHMS).
-O’zbekiston Respublikasining boshqa BHMSlari.
-Mahsulot (ishlar, xizmatlarni) ishlab chiqarish va sotish bo’yicha xarajatlar tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi haqidagi nizom. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 1999 yil 5 fevralda 54-son bilan tasdiqlangan (o’zgartirishlar bilan).
Mehnat qonunchiligiga keladigan bo‘lsak bunda bizga birinchi navbatda O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi yordamga keladi. O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksida barcha mehnat (ish) ga tegishli qonun hujjatlari, normalari bilan belgilab qoyilgan qonun-qoidalar to‘plami desak bo‘ladi. O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi 1995-yil 21-dekabrda qabul qilingan va 1996-yil 1-aprelda amalga kiritilgan ekan. Mehnat kodeksi umumiy va maxsus qismga bo‘linadi, 16 bob va 294 moddadan iborat. Umumiy qismda mehnat qonunchiligining umumiy qoidalari, mehnat sohasidagi davlat boshqaruvi, mehnat haqidagi qonun hujjatlarining qo‘llanish doirasi, mehnatga doir munosabatlarning sub’ektlar, ularning huquq va burchlari, xodimlar va ish beruvchilarning vakilligi, jamoa shartnomalari va kelishuvlari bayon qilingan. Mehnat kodeksining maxsus qismi ishga joylashtirish; mehnat shartnomasi; ish vaqti; dam olish vaqti; mehnatga haq to’lash; kafolatli to‘lovlar va kompensatsiya to‘lovlari; mehnat institute nizomi; mehnat shartnomasi tomonlarinig moddiy javobgarligi; mehnatni muhofaza qilish; ayrim toifadagi xodimlarga beriladigan qo‘shimcha kafolat va imtiyozlar; mehnat nizolari; davlat ijtimoiy sug’urtasi masalalarining barchasini o‘z ichiga oladi.
2021-yil Mehnat kodeksining 113-moddasiga o‘zgartirish kiritildi. Unga ko‘ra karanttinli va yuqumli kasalliklar tahdidi bo‘lganida xodim (agar qarshi ko‘rsatma mavjud bo‘lmasa) emlanishdan bosh tortsa ish beruvchi xodimni ishga qo‘maslikka haqli.1
Amaldagi O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksining 1-moddasida mehnatga oid munosabatlarni tartibga soluvchi normativ hujjatlar ko‘rsatilgan bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasida mehnatga oid munosabatlar mehnat to‘g‘risidagi qonunchilik, jamoa kelishuvlari, shuningdek jamoa shartnomalari va boshqa lokal normativ hujjatlar bilan tartibga solinadi.
Mehnat to‘g‘risidagi qonunchilik ushbu Kodeks, O‘zbekiston Respublikasi qonunlari va Oliy Majlis qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi qonunlari va Jo‘qorg‘i Kenges qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Hukumatining qarorlari, davlat hokimiyatining boshqa vakillik va ijroiya organlari o‘z vakolatlari doirasida qabul qiladigan qarorlardan iboratdir.
Mulkchilikning barcha shaklidagi korxonalar, muassasalar, tashkilotlarda, shuningdek ayrim fuqarolar ixtiyorida mehnat shartnomasi (kontrakt) bo‘yicha ishlayotgan jismoniy shaxslarning mehnatga oid munosabatlari mehnat to‘g‘risidagi qonun hujjatlari va boshqa normativ hujjatlar bilan tartibga solinadi.2
Korxonalarda mehnat haqi va mehnat haqi yuzasidan hisoblashishlar hisobini yuritishi vazifalari quyidagilardan iborat:

  1. Korxonaning o‘zi tomonidan tasdiqlangan rejada belgilangan ish va xizmatchilarning soniga rioya qilinishi, mehnat unudorligini oshrish bo‘yicha, rejalarining bajarilishi bo‘yicha , mehnat intizomi, ish vaqtidan to‘liq foydalanishi ustidan nazorat qilib turish;

  2. Har bir ishchi-xizmatchiga to‘lanadigan mehnat haqini o‘z vaqtida hisoblash, uni ahsulot tannarxiga to‘g’ri taqsimlash;

  3. Korxonaga ajratishgan ish haqi fondidan to‘g’ri foydalanish va bunda ortiqcha xarajatlarga yo‘l qo‘ymaslik;

  4. Ishchilarga maxsus maqsdlarga mo‘ljallangan vazifalar hisobidan beriladigan mukofotlarni to‘g’ri va o‘z vaqtida to‘lash;

  5. Ijtimoiy sug;urta ajratmalari va ishchilardan ushlab qolinadigan summalarni to‘g’ri aniqlash;

  6. Mehnat unumdorligini oshirish uchun ichki va tashqi omillarni va imkoniyatlarni aniqlash;

  7. Mehnat haqi va uning yuzasidan hisoblashishlar bilan bog’liq jarayonlarni o‘z vaqtida va to‘g’ri rasmiylashtirish;

  8. Mehnat va uning yuzasidan hisoblashishlar bilan bog’liq dastlabki hujjatlarni o‘z vaqtida va to‘g’ri qayta ishlash, hamda hisob registrlarida to‘g’ri buxgalteriya o‘tkazmalari orqali o‘z vaqtida aks ettirib boorish;

  9. Mehnat haqi va mehnat haqi yuzasidan hisoblashishlarni o‘z vaqtida va to‘g’ri amalga oshirish;

  10. Xodimar bilan boshqa jarayonlar yuzasidan hisoblashishlarni o‘z vaqtida va to‘g’ri amalga oshirish va un nazorat etish;

  11. Mehnat haqi fondi yuzasidan ijtimoiy sug’urtaga to‘lovlarni to‘g’ri va o‘z vaqtida hisoblanishi va o‘tkazilishini nazorat etish.

Mehnat haqi xodimning ishlagan davri va bajargan ishi uchun beriladi.
Axoli turmush darajasini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar ko‘lamini kengaytirish xamda fuqarolarning daromadlarini izchil oshirib borish maqsadida;

  1. 2022 yil 1 iyundan boshlab byudjettashkilotlari xodimlarining ish xaqi miqdori 12 foizga oshirildi.

  2. 2022 yil 1 iyundan boshlab O‘zbekiston Respublikasi xududida: mexnatga xaq to‘lashning eng kam miqdori ­–oyiga 920 000 so‘m;3


Download 116.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling