Buxoro davlat universiteti "iqtisodiyot va turizm" fakulteti "buxgalteriya hisobi va statistikasi" kafedrasi
Download 116.15 Kb.
|
KURS ISHIM j (2) (Восстановлен)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mavzu: “Mehnat haqi bo‘yicha hisob-kitoblar auditi
- Topshirgan sana:______________________
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI “OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI”. BUXORO DAVLAT UNIVERSITETI ”IQTISODIYOT VA TURIZM” FAKULTETI “BUXGALTERIYA HISOBI VA STATISTIKASI” KAFEDRASI “AUDIT” FANIDAN KURS ISHI Mavzu: “Mehnat haqi bo‘yicha hisob-kitoblar auditi” 5230900-“Buxgalteriya hisobi va audit (tarmoqlar bo’yicha)” Bajardi: Mavlanov.J___________________ Ilmiy rahbar: _________________________ Topshirgan sana:______________________ Himoya qilgan sana:___________________ Baho:_______________________________ Buxoro-2023 MUNDARIJA: KIRISH…………………………………………………………………………… I-bob. Mehnat haqqini audit tekshiruvidan o’tkazish tamoyillari 1.1 Xodimlar bilan hisob-kitoblar auditining me’yoriy asoslari……………...…3 1.2 Mehnat haqi bo’yicha hisob-kitoblar auditini rejalashtirish bosqichi……….6 II-bob. Budjet korxonalarida mehnat haqqi to’lash jarayonlarini audit tekshiru-vidan o’tkazish tartibi 2.1 BTning mehnatga haq tolash jarayonlarini majburiy audit tekshiruvidan o’tka-zish…………………………………………………………………………….. 2.2 BTda xodimlar bilan mehnat haqi va boshqa muomalalar bo’yicha hisob-kitoblarni tekshirish……………………………………………………………… III-bob. Mehnat jarayonlarini audit tekshiruvidan o’tkazishning istiqboli 3.1 Kelgusida mehnatga haq to’lash jarayonlarini raqamlashtirish va yuridik shaxslar uchun soliq yukini optimallashtirishda audit tekshiruvlarini o’rni ……. 3.2 Mehnatga haq to’lash jarayonlarini soddalashtirish va tadbirkorlik faoliya-tini soliqqa tortishni soddalashtirishdagi muhim yo’nalish va tavsiyalar……….. XULOSA……………………………………………………………………….. FOYDALANILGAN ADABOYOTLAR………………………………………. Xodimlar bilan hisob-kitoblar auditining me’yoriy asoslari Bozor munosabatlarini rivojlantirish sharoitida iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish yo’nalishiga tegishli muhim o’zgarishlar kiritilmoqda. Buning natijasida mehnatga haq to’lash, xodimlarni iqtisodiy qo’llab quvvatlash va himoya qilish tartibi va yo’nalishlari bo’yicha olib borilayotgan siyosat ham o’zgarmoqda. Ushbu siyosatni joriy qilish natijasida davlatning ijtimoiy qo’llab quvvatlash va himoya qilish bo’yicha ko’pchilik tadbirlari xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning zimmasiga o’tdi. Chunonchi, sub’ektlar bu davrda mehnatga haq to’lash shakli, tizimi, miqdori va moddiy rag’batlantirish tartiblarini qonunchilik asosida mustaqil ravishda belgilamoqdalar. Natijada (ish haqi tushunchasi o’zgardi, chunki uning tarkibiga ish haqidan tashqari quyidagi hisoblanadigan va olinadigan daromadlar qo’shildi: - moliyalashtirish manbaidan qat’iy nazar har xil mukofotlar, qo’shimcha va ustama to’lovlar, ijtimoiy imtiyozlar; - qonun hujjatlariga muvofiq xodimlarning ishlamagan kunlari (ta’til, bayram kunlari va sh.u.) uchun hisoblangan summalar va hokazolar. Bozor munosabatlari rivojlangan sharoitda xodimlar daromadining tarkibiga xo’jalik yurituvchi sub’ektning mulkiga qo’shilgan ulushlari va olgan aktsiyalari uchun oladigan daromadlar (dividentlar, foizlar)i ham qo’shildi. Ish haqi–mehnatga pul shaklida to‘lanadigan haq; qiymatning o‘gargan shakli, ish kuchining bahosi hisoblanadi. Buni agar o‘zimni bir ishchi misolida tasvirlaydigan bo‘lsam. Ish kuchi qiymati va narxi bevosita ish haqimizda ifodalanadi. Ish haqi darajasi mehnat bozorida ya’ni o‘zimiz topgan ishimizda kelishiladi. Xodim sifatida biz mehnat bozorida mehnatni emas, o‘z ish kuchimizni sotamiz. Ish haqi mehnatimizning pul shaklidagi bahosi bo‘lib, biz ishga yollovchilar (ya’ni; korxona, muassasa, tadbirkor) bizday mehnat qiluvchilarga ma’lum vaqt mobaynida ma’lum miqdordagi va muayyan sifatli ishni bajarganligimiz uchun to‘laydilar. Yollanma xodim uchun ish haqi asosiy daromad manbayi hisoblanadi. Ish haqi–yollanma xodim daromadining asosiy manbai, uning ish qobiliyatiga bo‘lgan mulkchilik huquqini iqtisodiy jihatdan amalga oshirish shakli. Ish beruvchi uchun yollanma xodimlar mehnatiga to‘lanadiga haq ishlab chiqarish xarajatlarimning asosiylaridan biridir. Ish beruvchi raxbar mehnat reusrslaridan ishlab chiqarish omillaridan biri sigfatida foydalanish uchun uni (ya’ni; bizni ish xodimlarni) xarid qiladi. Ish haqi miqdorining eng qadimgi vaqt birligi kundir. Soat ixtiro qilinishi bilan ishni bo‘limlarga bo‘lish keng tarqaldi. Ish miqdorini o‘lchashda ish soati eng ko‘p qo‘llanila boshlandi. Qadimgi Misr O‘rta Qirolligi, Qadimgi Yunoniston va Qadimgi Rim ish haqi to‘langan eng qadimiy davlatlarga kiradi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida mehnatning miqdori va sifatiga qarab mehnatga haq to‘lashning, asosan, VAQTBAY va ISHBAY tizimlari qo‘llaniladi. Vaqtbay ish haqi shaklida xodim oladigan ish haqi miqdori ishlagan vaqt bilan bog’liq bo‘ladi, ya’ni ish haqi miqdori mehnat unumdorligi va intensivlik darajasiga bog’liq emas. Ishbay ish haqi xodimning ma’lum vaqt mobaynida tayyorlagan mahsuloti miqdori bilan o‘lchanadi. Ishbay ish haqining ko‘rinishlaridan biri –akkord ish haqi. Bunda jamoa yoki ayrim xodimga ish hajmi oldindan belgilab beriladi, umumiy haq summasi kelishib olinadi. Ish butunlay yakunlanganidan keyin ish haqi oxirigacha to‘lanadi. Ish haqining bunday shaklidan ko‘pincha qurilishda foydalaniladi. Bulardan tashqari aksar mamlakatlarda ish qaqidann tashqari mehnatda erishgan yutuqlari uchun mukofotlash ham mavjud. Bular vaqtbay mukofot, ishbay mukofot tizimlari hamda korxonada olingan foyda hisobidan ajratiladigan moddiy rag’batlantirish tizimidan mukofotlash tizimidir. Ish haqi miqdori yollanma xodimlarning turmush darajasini ifodalovchi ko‘rsatkichdir. Ular NOMINAL va REAL ish haqi tuzilishlari mavjud. Nominal ish haqi yollanma xodimning o‘z mehnati evaziga olgan pul daromadlari. Real ish haqi xodimning olgan ish haqiga qancha va qanday iste’mol buyumlari sotib olishi va madaniy-maishiy xizmatlardan foydalanish mumkin bo‘lgan (ya’ni; barcha soliqlarni to‘lagandan so‘ng qo‘liga olgan summa) qismiga aytiladi. Xo’jalik yurituvchi sub’ekt va xodimlar o’rtasidagi ustav munosabatlarning yuridik asosi, shu jumladan mehnat haqiga taalluqli qismi ular o’rtasida tuzilgan jamoa (jamiyat) yoki shaxsiy shartnoma bo’lib, unda jamiyatning huquqi doirasidagi mehnatga haq to’lash shartlari aniq va ravshan ko’rsatib o’tiladi. Download 116.15 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling