Buxoro davlat universiteti "iqtisodiyot va turizm" fakulteti "buxgalteriya hisobi va statistikasi" kafedrasi


Download 116.15 Kb.
bet4/5
Sana07.02.2023
Hajmi116.15 Kb.
#1174663
1   2   3   4   5
Bog'liq
KURS ISHIM j (2) (Восстановлен)

2.2 BTda xodimlar bilan mehnat haqi va boshqa muomalalar bo’yicha hisob-kitoblarni tekshirish
Mehnatga haq to‘lash muddatlari har yarim oyda bir martadan kam bo‘lishi mumkin emas. Qoida tariqasida har oyning 15 sanasida avans to‘lovi, keyingi oyning 5 sanasigacha oylik maosh beriladi. Mehnatga haq to‘lash shartlarini xodimning roziligi bilan yoki roziligisiz o‘zgartirilishi mumkin. Menhat kodeksining 145-modddasi. Ta’tilni uzaytirish yoki uni boshqa muddatga ko‘chirish. Xodimlar quyidagi xollarda ta’tilni uzaytirish yoki boshqa muddatga ko‘chirish xuquqiga egadirlar:

  • vaqtincha mexnatga qobiliyatsizlik davrida;

  • xomiladorlik va tug’ish ta’tilimuddati boshlanganda;

  • yillik ta’til o‘quv ta’tiliga to‘g’ri kelib qolganda;

Mehnatga haq to‘lashning shartlarini xodim uchun noqulay tomonga o‘zgartirishga uning roziligi bilan amalga oshiriladi:4

  • texnologiyada, ishlab chiqarish va mehnatni tashkil etishning o‘zgarishi natijasida avvalgi shartlarini saqlab qolish mumkin bo‘lmasa;

  • qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda yo‘l qo‘yilishi mumkin.

Bo‘lajak o‘zgartirish haqida xodim kamida 2 oy oldin ogohlantiriladi. Xodimning mehnat haqidan ushlab qolish uning yozma roziligi bilan yoki sudning qaroriga ko‘ra amalga oshirilishi mumkin. 150-modda. Ish haqi saqlanmagan xolda beriladigan ta’tillar. Xodimning arizasiga ko‘ra unga ish haqi saqlanmagan xolda ta’til berilishi mumkin, uning davomiyligi xodim va ish beruvchi o‘rtasidagi kelishuvga ko‘ra belgilanadi, lekin u o‘n ikki oylik davr mobaynida jami uch oydan ortiq bo‘lmasligi kerak. Quyidagi xodilarga ularning hoxishiga ko‘ra, ish haqi saqlanmagan xolda muqarrar tartibda ta’til beriladi: 1941–1945 yillardagi urush qatnashchilariga va imtiyozlari jixatidan ularga tenglashtirilgan shaxslarga –xar oylik o‘n to‘rt calendar kunga qadar;
Mehnat va ish haqi hisobi - hisob ishlarining aniq va operativ ma’lumotlar talab qiluvchi eng muhim hamda qiyin sohalaridan biridir. Unda xodimlar sonining o‘zgarishi, ish vaqtining sarfanishi, mehnatga haq to‘lash fondi, to‘lov turlari va xodimlar toifasi bo‘yicha hamda mehnatga haq to‘lash fondidan tashqari amalga oshiriladigan boshqa to‘ovlar, korxonaning har bir xodimi bilan hisob-kitoblar aks ettiriladi. Bu ma'lumotlar asosida mehnat unumdorligi mehnat resurslaridan foydalanish, xodimlar soni, ish haqi fondining sarflanishi va boshqalar bo‘yicha reja topshiriqlarining bajarilishi ustidan nazorat ana shu ma’lumotlar asosida amalga oshiriladi.
Shu munosabat bilan korxonaning buxgalteriya xizmati oldida mehnat m e’yori va unga haq to’lashni hisobga olish, nazorat qilish vazifalari ham belgilanadiki, bu esa: - ishbay ishlovchilar va boshqa xodimlarning ish sifatini to‘g‘ri va o‘z vaqtida hujjatlar bilan rasmiylashtirishni, shuningdek, ish haqini hisoblash va uni belgilangan muddatlarda to‘lashni; - hisoblangan ish haqi summalarini va ijtimoiy sug‘urtaga ajratmalarni ishlab chiqarish xarajatlariga kiritish uchun xarajatlarning yo‘nalishlari bo’yicha aniq taqsimlashni; - ish haqidan budjetga majburiy to‘lovlarni, shuningdek, korxonaga yetkazilgan moddiy zararni ayrim tashkilotlar va jismoniy shaxslar foydasiga to‘g‘ri hamda o‘z vaqtida ushlab qolish va o‘tkazishni; - xodimlar sonini va ish vaqtidan foydalanishni nazorat qilishni ta ’minlashi kerak.
Yillik ta’tillarning muddatini hisoblash

  • Yillik ta’tillarni berish navbati kalendarь yil boshlangunga qadar ish beruvchi tomonidan kasaba uyushmasi qo‘mitasi yoki xodimlarning boshqa vakillik organi bilan kelishib tasdiqlanadigan jadvalga muvofiq belgilanadi.

  • Ta’til berish vaqti haqida xodim ta’til boshlanishidan kamida 15 kun oldin xabardor qilinishi kerak.

6 oy o‘tmasdan ta’til beriladigan xodimlar toifalari

  1. ayollarga — homiladorlik va tug‘ish ta’tili oldidan yoki undan keyin;

  2. I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarga;

  3. 18 yoshga to‘lmagan shaxslarga;

  4. muddatli harbiy xizmatdan rezervga bo‘shatilgan va ishga joylashgan harbiy xizmatchilarga;

  5. o‘rindoshlik asosida ishlayotganlarga — asosiy ish joyidagi ta’til bilan bir vaqtda, o‘rindoshlik asosida ishlagan vaqtiga mutanosib ravishda haq to‘lagan holda;

  6. ishlab chiqarishdan ajralmagan holda ta’lim muassasalarida (umumiy ta’lim maktablarida, oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar o‘quv yurtlarida, kadrlarning malakasini oshirish, ularni tayyorlash va qayta tayyorlash institutlari va kurslarida) o‘qiyotganlarga;

  7. texnologiyadagi, ishlab chiqarish va mehnatni tashkil etishdagi o‘zgarishlar, xodimlar soni (shtati) yoki ishlar xususiyati o‘zgarishiga olib kelgan ishlar hajmining qisqarganligi yoxud korxonaning tugatilganligi munosabati bilan ishdan ozod etilgan xodimlarga.


Download 116.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling