Buxoro Davlat Universiteti Iqtisodiyot va turizm fakulteti Iqtisodiyot yo`nalishi


Download 1.92 Mb.
bet17/182
Sana16.06.2023
Hajmi1.92 Mb.
#1491862
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   182
Bog'liq
Mustaqil ish global iqtisodiy

Maqsadlar iyeraxiyasi

Maqsadlar ko‘rsatkichlari

Bozorni egallash

Bozor ulushi, tovar aylanmasi, uning ahamiyati va roli, yangi bozorlarni egallash (qamrash).

Rentabellik

Foyda, aylanmaning rentabelligi, o‘z kapitalining rentabelligi, umumiy kapital rentabelligi

Moliyaviy barqarorlik

Kredit qobiliyati, likvidlilik, o‘z-o‘zini moliyalash darajasi, kapital tarkibi

Ijtimoiy maqsadlar

O‘z ishidan qoniqish, daromad va ijtimoiy himoya
darajasi, ijtimoiy integratsiya, shaxsning rivojlanishi

Bozordagi mavqeyi

Mustaqillik, imij, siyosiy muhitga munosabat, jamoa e’tirofi

«Kompaniyaning ishi = mijozlarning kutishlariga»
Umumlashtirishning ancha past darajasida firmaning ancha aniqroq miqdoriy va sifatga oid maqsadlari haqida gapirish mumkin. Sifatga oid maqsadlar orasida firma nufuzining o‘sishiga olib keladigan, uning ijtimoiy ta’sirini (vaznini ) kuchaytiradigan quyidagi maqsadlar muhim hisoblanadi:

  • iqtisodiy maqsadlar va o‘z mamlakatida ham, import qilinadigan mamlakatlarda ham ularga erishuvi;

  • bandlikka, mehnat bozoriga ijobiy ta’sir etish;

  • ta’lim, madaniy, sport va boshqa aksiyalarni qo‘llab-quvvatlash.

Firmaning miqdoriy maqsadlari:

  • foyda (daromad) hajmi;

  • pul va natural ko‘rinishda ifodalanuvchi savdo hajmi;

  • bitta ishlovchi hisobiga mehnat siyosati (MS);

-bozor ulushining o‘zgarishi, firma tovarlari bilan bozorni egallashi.
Marketingning asosiy deklaratsion maqsadi inson talablarining qondirilishini hisobga olib, «Marketing tizimining haqiqiy maqsadi nima?» degan savolga ehtimol tutilgan javobning to‘rt muqobil variantlarini ko‘zda tutish mumkin:

  • maksimal darajada yuqori iste’molga erishish;

  • maksimal darajadagi iste’mol qimmatliklarini ko‘rsatish (iste’molchi tovardan oladigan va unga sotib olishdagi xarajat orasidagi foydani taqqoslash);

  • maksimal darajada keng tanlov imkonini yaratish; - hayot tarzi sifatini maksimal darajada oshirish.

Hayot tarzi sifati uchta tarkibiy qismdan tashkil topadi:

  1. Tovarning miqdori, sifati, assortimenti (turi), qulayligi va qiymati.

  2. Inson yashaydigan tabiiy muhitning sifati, insonning madaniy muhiti sifati unumdorligi.

  3. Bozorning firma tovarlari bilan shug‘ullanuvchi ulushi o‘zgarishi.

Bozorni soddalashtirish va miqdoriy maqsadlar ahamiyatiga qarab, tartibga solish uchun tijorat doiralarida «firma maqsadini tanlash – bu bugungi foydaning yuqori ulushi bilan ertangi bozorning yuqori ulushi orasidagi tanlovdir».
Marketingning funksional jihatdan ko‘p ma’noliligi uning tadbirkorlik faoliyatidagi ahamiyati bu masalalarni hal qilishni yanada murakkablashtiradi.
Marketingning funksiyasi ishlab chiqarish, kadrlar, moddiy-texnik ta’minlash va logistika, moliyaviy, buxgalteriya hisobi va boshqa funksiyalar bilan bir qatorda tadbirkorlik funksiyasi sifatida ham nomoyon bo‘ladi va o‘zida marketing faoliyati jarayonida amalga oshiriladigan alohida yoki kompleks turdagi ixtisoslashtirilgan turlarni aks ettiradi.
Marketing funksiyasining boshqa firmalar funksiyalaridan farqi shundaki, uning funksiyasi firma va uning mijozlari, iste’molchilari orasida almashuv jarayonlarini tashkil etishga mo‘ljallangan. Shu munosabat bilan marketingning funksiyasi doimiy o‘zgarib turadigan talabga mos holda talabni yaratish, shakllantirish va rivojlantirishga mas’ul hisoblanadi.
Marketing funksiyasining klassik tushunchasida mahsulotni sotish (o‘tkazish) va realizatsiya qilish jarayonlariga yordamlashish harakatlari ham kiradi.
Yuqorida keltirib o‘tilgan marketing konsepsiyalarini amalga oshirish uchun marketingning bir qancha funksiyalari bajarilishi kerak.
Bu funksiyalar firmaning boshqa funksiyalari bilan bir qatorda bajariladi. Marketing funksiyasi ko‘proq tadbirkorlik funksiyasi sifatida shakllanib, ma’lum bir maqsadga yo‘naltirilgan vazifalarni bajarish uchun tadbirlar majmuasidan iborat. Marketingning funksiyalari marketing tizimidagi almashuv vositasida xaridorlarning talablarini qondirish bilan bog‘liq faoliyat (tadbirlar)larning ma’lum turlaridir.
Marketingning analitik (informatsion) funksiyasi – uchta eng muhim yo‘nalish bo‘yicha keng ko‘lamli marketing tadqiqotlari o‘tkazish:

  1. bozor konyunkturasini kompleks tadqiq etish va uni bashoratlash, iste’molchilarni o‘rganish va segmentatsiya o‘tkazish, tovarning iste’mol xossalarini tahlil qilish, raqobatchilar, ish bo‘yicha sheriklar pozitsiyalarini tahlil qilish;

  2. firmaning ishlab chiqarish – savdo (o‘tkazish) imkoniyatlari tahlili – tovar assortimenti, ishlab chiqarish quvvati, moddiy-texnik ta’minlash tizimi, kompaniyaning ilmiy-texnik va kadrlar potensiali, uning moliyaviy imkoniyatlari, savdo va tovarning bozorda harakatlanishi tizimlari tahlili;

  3. olingan informatsiyalar asosida SWOT – tahlil o‘tkazish – korxonaning kuchli va kuchsiz tomonlarini, imkoniyatlar va tahlillarini va marketing maqsadlari shakllanishini va ularga erishish strategiyalarini baholash.

Marketingning analitik funksiyasi informatsiyalarni yig‘ish va ularga ishlov berishning keng va amalda harakatlanuvchi tizimi mavjud bo‘lgandagina realizatsiya qilinishi mumkin. Odatda bozorni doimiy kuzatish ba’zi-ba’zida o‘tkaziladigan maqsadga yo‘naltirilgan tadqiqotlar (masalan, reklamalarning sotish hajmiga ta’sirini aniqlash) bilan qo‘shib olib boriladi. Ko‘pchilik firmalarda ushbu informatsion ishlarning katta qismi maxsus bo‘limlar tomonidan o‘tkaziladi yoki mustaqil tadqiqot institutlariga topshiriladi.
Rejalashtirish funksiyasi kompaniyaning mos keluvchi bo‘limlari tomonidan tovar, narx, savdo, kommunikatsion va kadrlar siyosati rejalarini ishlab chiqishi va marketing dasturlarini tuzishini bildiradi.
Marketingning ishlab chiqarish – savdo funksiyasi marketing faoliyatini amaliy jihatdan amalga oshirilishni ko‘zda tutadi:

  1. tovarlar siyosati (mahsulotning ma’lum turini ishlab chiqarish, yangi tovarlar ishlab chiqarish, tovar sotilgandan keyingi xizmat ko‘rsatish, uskunalarni yangilash va b.);

  2. maqsadli siyosatlar (tovar birligi uchun narx darajasini va tovarning hayot sikli davriga ko‘ra bog‘liq ravishda narxlar dinamikasini belgilash, firma narxini bozorning har bir segmentidagi raqobatchilar narxiga nisbatini aniqlash va b.);

  3. savdo siyosatlari (savdo vositalarini yaratish, bozorga chiqish vaqtini belgilash, tovarni harakatlanish tizimini belgilash va b.);

  4. kommunikatsion siyosatlar (bozorda tovarning harakatlanishi bo‘yicha choralarni amalga oshirish: reklama kompaniyalarini o‘tkazish, vositachilar va iste’molchilarga mos keluvchi imtiyoz va chegirmalar berish (ko‘rsatish), mahsulot sotish bilan shug‘ullanuvchi o‘z xodimlarini rag‘batlantirish, ko‘rgazma va yarmarkalarda ishtirok etish va b.);

  5. kadrlar siyosati (kadrlar tanlash (yig‘ish), xodimlarni tayyorlash va qayta tayyorlash, xodimlar motivatsiyasi bo‘yicha tadbirlarni amalga oshirish va b.

Marketingning nazorat funksiyasi hamma marketing ishlari davomida amalga oshiriladi: mablag‘larni asossiz sarflanishidan qochish uchun marketing tadbirlarining ehtimoliy samaradorligini oldindan baholash maqsadida – navbatdagi marketing dasturining boshlang‘ich bosqichida, marketing dasturlarini realizatsiya qilish jarayonida – rejalashtirilgan marketing chora-tadbirlari va ularning kompleksliligingi amalga oshirish uchun joriy nazorat, bu maqsadga erishish uchun marketing strategiyasi va taktikasiga ma’lum asoslangan tuzatishlar kiritish imkonini beradi.
Shunday qilib, marketing funksiyasining tahlili marketingni boshqarishning hamma jarayoni izchil amalga oshiriladigan bosqich ko‘rinishda tasavvur qilish imkonini beradi.
Marketing funksiyalarini kim bajaradi:

Marketing funksiyalarining firma funksiyalaridan farqi shundaki, u asosan firma mahsulotini mijozlar bilan ayirboshlash vazifasiga yo‘naltirilgan. Keng ma’noda marketing funksiyasi firma mahsulotiga bozorda talabni shakllantirish va xaridorlarni ko‘proq o‘ziga jalb qilishdan iborat. Potensial talabni o‘rganish va yangi taklif bilan bozorga chiqish firmaning kundalik faoliyatining bir qismidir. Firmalarda marketing funksiyasi bilan marketing faoliyatining funksiyalari chambarchas bog‘liq. MARKETING funksiyasi quyidagilarni o‘z ichiga oladi.

  • Marketing tadqiqotlari.

  • Rejalashtirish.

  • Narxni shakllantirish.

  • Tovarni taqsimlash.

  • Tovarni harakatga keltirish.

2.2 - jadval Marketing funksiyasi tarkibi


Download 1.92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   182




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling