Buxoro davlat universiteti iqtisodiyot va turizm fakulteti iqtisodiyot kafedrasi


“O‘zagrosug‘urta”: ichki turizm imkoniyatlari kengaymoqda


Download 110.77 Kb.
bet3/10
Sana13.09.2023
Hajmi110.77 Kb.
#1676343
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Butun dunyo agrarchilari sug

“O‘zagrosug‘urta”: ichki turizm imkoniyatlari kengaymoqda


“O‘zagrosug‘urta” AJ xodimlari uchun o‘tgan dam olish kunlari Prezidentimizning 2022-yil 30-apreldagi “Ichki turizm xizmatlarini diversifikatsiya qilishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-232-son qaroriga muvofiq, “O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil!” dasturi doirasida har yili an’anaga aylanib borayotgan ichki turizmni yanada rivojlantirishga hissa qo‘shish hamda xodimlarga mamlakatimizdagi madaniy meros obyektlari haqidagi bilim va ko‘nikmalarini oshirish, tarixiy obidalar, muqaddas qadamjolar, shuningdek yurtimizning diqqatga sazovor go‘shalarini ko‘zdan kechirish maqsadida Xorazm viloyatining Xiva shahridagi “Ichan qal’a” majmuasiga sayohat va ziyorat tashkil etildi.
“O‘zagrosug‘urta” aksiyadorlik jamiyati Boshqaruvi va kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan tashkil etilgan bu galgi sayohat turizimi majmuasi “ochiq osmon ostidagi muzey” deya ta’riflangan. Aytish joiz, “Ichan qal’a” majmuasi markaziy Osiyodagi yirik va noyob me’moriy obida hisoblanib, shaharning Dishan qal’a (tashqi qal’a) qismidan kungurador devor bilan ajratilganligi bilan ahamiyatlidir. “Ichan qal’a” me’moriy yodgorliklari yog‘och o‘ymakorligi, sangtaroshlik, ganchkorlik, sirkor sopol va boshqa rang-barang naqqoshlik namunalari bilan bezatilganligi zavq bag‘ishlaydi.
Turizm sayohati davomida sug‘urtachi xodimlar majmuadagi “Kalta minor” minorasi, Said Alouddin maqbarasi, Muhammad Aminxon madrasasi, Olloqulixon karvonsaroyi va madrasasi, Pahlavon Mahmud madrasasi, Tosh hovli saroyi, Ko‘hna Ark majmuasi, Islom Xo‘ja madrasasi va minorasi, ulardagi milliy me’morchilik uslublari bilan tanishtirildi.
Ichki turizm dasturi doirasida o‘tkazilgan ushbu tashabbus xodimlarning ma’naviy hordiq chiqarishi bilan birga ajdodlarimizning salohiyati, ilm-ma’rifat rivojiga qo‘shgan hissasi haqida ma’lumotlarga ega bo‘lganligini ta’kidlash lozim. Xodimlarga kelgusida ishchanlik kayfiyatini beradigan shu kabi tadbirlar “O‘zagrosug‘urta” AJ tomonidan izchil davom ettirilishi yaxshi an’anaga aylanib ulgurdi.

Download 110.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling