Buxoro davlat universiteti iqtisodiyot va turizm fakulteti iqtisodiyot kafedrasi


“O‘zagrosug‘urta” AJ bog‘dorchilik va sabzavotchilikni sug‘urtalash dasturini amalga oshirishda xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik qiladi


Download 110.77 Kb.
bet5/10
Sana13.09.2023
Hajmi110.77 Kb.
#1676343
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Butun dunyo agrarchilari sug

“O‘zagrosug‘urta” AJ bog‘dorchilik va sabzavotchilikni sug‘urtalash dasturini amalga oshirishda xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik qiladi


InsuResilience Solutions Fund (ISF) xalqaro jamg‘armasi O‘zbekistonda bog‘dorchilik va sabzavotchilik mahsulotlarini yetishtirishda iqlim bilan bog‘liq xavf-xatarlardan himoya qilish bo‘yicha sug‘urta mahsulotlarini yaratish va joriy etishni moliyalashtirmoqda. 
Mazkur loyiha Sug‘urtani rivojlantirish forumi (IDF) a’zolari, BMT Taraqqiyot dasturining O‘zbekistondagi vakolatxonasi, O‘zbekiston Hukumati va mahalliy sug‘urta kompaniyalari bilan birgalikda amalga oshirilmoqda. 
Xususan, bog‘bonlarni iqlim o‘zgarishi bilan bog‘liq xavf-xatar va tabiiy ofat oqibatlaridan himoya qilish maqsadida Sug‘urtani rivojlantirish forumining (IDF) ikki a’zosi hisoblangan dunyodagi yetakchi Europa Re va Swiss Re qayta sug‘urta kompaniyalari hamda ikkita mahalliy sug‘urta kompaniyalaridan biri bo‘lmish “O‘zagrosug‘urta” AJ bilan o‘zbekistonlik fermer xo‘jaliklari uchun qishloq xo‘jaligi sug‘urtasi mahsulotini ishlab chiqish ustida ishlamoqda. 
BMT Taraqqiyot dasturining O‘zbekistondagi vakolatxonasi yordamida Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Qishloq xo‘jaligi vazirligi ushbu loyihaning amalga oshirilishida yaqindan hamkorlik qiladi.
InsuResilience Solutions Fund (ISF) mazkur loyihani hamkorlikda moliyalashtiradi va mamlakatimiz bo‘ylab iqtisodiy o‘sish va salohiyatni oshirishga yordam beradi. Ushbu loyiha Germaniya hukumati, Sug‘urtani rivojlantirish forumi (IDF) va BMT Taraqqiyot dasturi o‘rtasida davlat-xususiy sherikligi asosida Global uch tomonlama imzolangan shartnomaga muvofiq iqlim o‘zgarishi kuzatiladigan mamlakatlar uchun xavflarni boshqarishning yechimlarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan.
Loyihaning dastlabki yilida sug‘urta mahsulotlari Farg‘ona, Namangan va Andijon viloyatlarida sinovdan o‘tkaziladi. Kelgusi yillarda meva-sabzavotlarning qo‘shimcha turlarini qo‘shish hisobiga loyiha qamrovi kengaytiriladi.
Dehqon va fermerlarning zararlarini qoplashga asoslangan ushbu loyiha asosida malakali mutaxassislar tomonidan haqiqiy hosil yo‘qotishlari baholanib, sug‘urta tovonlari to‘lab boriladi. Ushbu yondashuv fermerlar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot qilish, mamlakatimizda sug‘urta bozorini rivojlantirish hamda qishloq xo‘jaligi ekinlarini xavf-xatarlardan himoyalash borasidagi bilim va ko‘nikmalarni boyitishga xizmat qiladi.

Download 110.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling