Buxoro davlat universiteti iqtisodiyot va turizm fakulteti
Elektr ta’minotidagi uzilishlar davomiyligi quyidagi nobarqarorlikni keltirib chiqardi
Download 52.05 Kb.
|
kamolov feruz kurs ishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4. Iqtisodiyotning norasmiy qismi kuchayishi aholi daromadlari hisobini va statistikasini yuritishga salbiy ta’sir ko‘rsatdi.
3. Elektr ta’minotidagi uzilishlar davomiyligi quyidagi nobarqarorlikni keltirib chiqardi:
ta’limning uyda bajariladigan vazifalar qismi o‘zlashtirilmasligiga ta’sir ko‘rsatdi; * biznes yuritishga jiddiy ta’sir ko‘rsatdi. Masalan, jahon bankining hisobotida, biznes sub’yekti kichiklashib borgani sari elektr ta’minotidan uzilishi kuchayib borishi qayd etilgan. 4. Iqtisodiyotning norasmiy qismi kuchayishi aholi daromadlari hisobini va statistikasini yuritishga salbiy ta’sir ko‘rsatdi. Qanday choralar ko‘rmoq kerak? Ko‘rinib turibdiki, kambag‘allikni kamaytirish, bu borada yuzaga keladigan muammolardan kelib chiqadigan omillar yo‘q emas. Shunday ekan, nima qilmoq kerak? Tadqiqotlarda ayon bo‘layotgan ushbu masalalardan kelib chiqib, quyidagilarga e’tibor qaratish maqsadga muvofiq, deb o‘ylaymiz. Avvalo, aholining kambag‘allik darajasini aniqlash uchun demografik jihatdan guruhlarga ajratish nuqtai nazaridan aniq statistikani shakllantirish va shunga mos tadqiqotlarni amalga oshirish. Bunda oila a’zolari soni, savodxonligi, sog‘lig‘i, yoshi, jinsi, tanlagan kasbi kabilarni inobatga olishga imkon yaratish. Shuningdek, qisqa muddatli davrda e’tibor berilishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlar ham talaygina. Xususan, iqtisodiyotdagi ixtisoslashuv nazariyasining (D. Rikardo) odamlar qobiliyatiga uyg‘unlashuvini joriy etish. Buning uchun ularning qanday mehnat qilishga imkoniyat va xohishlari yuqori bo‘lishini inobatga olish orqali qiymat yaratish (YaIM)ni yo‘lga qo‘yish. Masalan, pichoq yasaydigan (hunarmand ota-bobosidan o‘rgangan va shu ishni sevib qiladigan) insonga mehnat qilishi uchun barcha sharoitni yaratish mexanizmini joriy etish. Agar biz undan boshqa turdagi mehnat qilishni talab etsak yoki u shunga majbur bo‘lsa, iqtisodiy o‘sish va kambag‘allikdan chiqish tendensiyasi yuzaga kelmasligi mumkin. Aholining iste’molini arzonlashtirish, ya’ni davlat va “ayrim” tadbirkorlarning monopoliyasini favqulodda tugatish. Buning uchun iqtisodiyotda raqobat muhitini yaratish lozim bo‘ladi. Ushbu jarayonda ikki jihatga e’tibor qaratish zarur. Birinchidan, milliy (davlat yoki xususiy) ishlab chiqaruvchilar monopoliyasi shakllanishini kamaytirish. Ikkinchidan, turli iqtisodiy ittifoqlar, jumladan, Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lishni jadallashtirish kerak. Elektr ta’minoti uzluksizligini ta’minlash, muqobil energiyadan foydalanishni jadallashtirish. Buning uchun muqobil (quyosh, shamol kabilar) energiya manbalarini rivojlantirishga e’tibor qaratish. Shuningdek, ushbu turdagi energiya iste’moliga o‘tishda davlat subsidiyalarini joriy etishni rivojlantirish maqsadga muvofiq. Xarajatlarni qisqartirish, ya’ni ko‘p daromadga ega bo‘lmagan sharoitda jamiyatda tejamkorlik tamoyilini joriy etish. Masalan, turli milliy qadriyatlarga asoslangan marosimlarga xarajatlarni kamaytirish, shuningdek, norasmiy iqtisodiyotni qisqartirish talab etiladi. Uchinchidan, bu jarayonda uzoq davrga mo‘ljallangan dasturlarning ham ahamiyati katta. Shu nuqtai nazardan bu kabi dasturlarni amalga oshirishda profilaktika tibbiy xizmatlarni moliyalashtirish hajmi va samaradorligini oshirish darkor. Bu orqali yosh bolalarni emlash ishlariga e’tibor berilib, aktiv umr faoliyatini rivojlantirish orqali passiv umr ko‘rishni qisqartirishga sharoit yaratiladi. Maktab ta’limida o‘quvchilar qiziqishlarini inobatga olgan holda, guruhlarga ajratib ta’lim berish ham yaxshi natijani yuzaga chiqaradi. Bunda o‘qish, yozish, matematika va tabiiy fanlar kesimida guruhlarni tashkil etishni o‘quvchilarning qanday kasbga (lavozimga emas) qiziqishlari doirasida sinflarga ajratishni joriy qilish lozim. Shuningdek, oliy ta’lim qamrovini oshirish, ya’ni bir turdagi mutaxassislikni tayyorlash bir nechta oliy ta’lim muassasalarida amalga oshirilishi orqali raqobat muhitini yaratish, oliy ta’limda shartnoma to‘lovlarini darsga qatnashish uchun emas, balki fan bo‘yicha yakuniy imtihonlarda qatnashish huquqini belgilash tamoyili asosida o‘quv yurtlarida mustaqil joriy etishga imkon berish lozim. Qolaversa, qabul kvotalari muassasa sig‘imkorligi asosida mustaqil belgilanishi kerak.
Bundan tashqari, yuqori ilmiy sig‘imkor mahsulotlarni rivojlantirish, ya’ni tadqiqotlar natijalarini ishlab chiqarishga, ayniqsa, xususiy sektorning tadqiqotlarini moliyalashtirishni joriy etish uchun venchur fondlarini shakllantirish zarur, deb o‘ylaymiz. Va nihoyat, mehnat migrantlarini emas, balki mehnat mahsulini eksport qilish tamoyilini rivojlantirmoq zarur. Binobarin, inson kapitaliga investitsiyalar jalb etish uzoq davrda barqaror natijalarni berishi muqarrar. Yurtimizda inson manfaati yo‘lida amalga oshirilayotgan ishlar, sa’y-harakatlar ko‘lami tobora kengayib bormoqda. So‘nggi paytlarda uzoq yillar davomida yashirib kelingan holat — kambag‘allik xususida, ayniqsa, ko‘p gapirilmoqda. Muhimi, bu gap bo‘lib qolib ketayotgani yo‘q. Amaliy harakatlar boshlab yuborilgan. Kambag‘al insonlar soni aniqlashtirilib, kam ta’minlangan oilalar ro‘yxati shakllantirilyapti. Ya’ni jarayon boshlangan. O‘ylaymizki, biz bergan taklif va fikrlar ham ayni shu jarayonda asqatadi. Download 52.05 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling