Buxoro davlat universiteti iqtisodiyot va turizm fakulteti
Kamabag‘allik: Daromad tengsizligimi yoki ta’lim olishga e’tiborsizlik?
Download 52.05 Kb.
|
kamolov feruz kurs ishi
Kamabag‘allik: Daromad tengsizligimi yoki ta’lim olishga e’tiborsizlik?
Fikrimizcha, kambag‘allikni aniqlashga yordam beradigan omil sifatida daromadlarning shakllanishiga e’tibor qaratish muhim hisoblanadi. Bunda daromad shakllanishiga asos bo‘lib xizmat qiluvchi sabablar va omillarni rivojlantirish yanada muhim. Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan 2020 yilni “Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili” deb nomlash taklif etilishida uzoq muddatli barqarorlikni ta’minlash nazarda tutildi. Ushbu g‘oyaning tub mohiyati mamlakatni ilg‘or tajribalar asosida rivojlantirish va aholi daromadlari tengsizligini bartaraf etishdir. Bu esa kambag‘allikni qisqartirishning bosh omili, desak, xato bo‘lmaydi. Binobarin, Prezident 2020 yil 24 yanvardagi Oliy Majlisga Murojaatnomasida “Hududlarda, ayniqsa, qishloqlarda aholining aksariyat qismi yetarli daromad manbaiga ega emasligi sir emas. Har qanday mamlakatda bo‘lgani kabi bizda ham kam ta’minlangan aholi qatlamlari mavjud. Turli hisob-kitoblarga ko‘ra, ular taxminan 12 — 15 foizni tashkil etadi. Bu o‘rinda gap kichkina raqamlar emas, balki aholimizning 4-5 millionlik vakillari haqida bormoqda”, deya alohida ta’kidladi. O‘zbekistonda mazkur kategoriyaga nisbatan yondashuvning yuzaga kelishi va unga doir islohotlarni amalga oshirish juda muhim masala. Chunki shu paytgacha unga, umuman, e’tibor berilmagan, raqamlar ochiqlanmagan edi. Shu ma’noda, Prezidentimizning 2020 yil 26 martdagi “Iqtisodiyotni rivojlantirish va kambag‘allikni qisqartirishga oid davlat siyosatini tubdan yangilash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni bilan bu borada ko‘plab vazifalar belgilab berildi hamda kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha yangi yo‘nalishlar shakllantirildi. Xususan, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi qilib qayta tashkil etilishi ushbu yo‘nalishdagi islohotlarning yangi bosqichini boshlab berdi. Download 52.05 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling