Buxoro davlat universiteti Iqtisodiyot va turizm fakultetining navbatdagi №4,5 kengash yig‘ilishi bayonnomasidan ko’chirma


Download 15.75 Kb.
Sana07.11.2023
Hajmi15.75 Kb.
#1753937
Bog'liq
KO’CHIRMA


Buxoro davlat universiteti Iqtisodiyot va turizm fakultetining navbatdagi № 4,5 kengash yig‘ilishi bayonnomasidan
KO’CHIRMA
2023 yil 09 yanvar Buxoro shahri

BuxDU, 2-bino, 425-xona



Kengash raisi:

Fakultet dekani. dos. D.Sh.Yavmutov

Kengash kotibi:

O.Azimov

Qatnashdilar:

Jami kengash a'zosi: 23 nafar
Qatnashdi: 23 nafar kengash a'zosi va barcha professor-o‘qituvchilar

KUN TARTIBI:
9. Turli masalalar.
9.10. Buxoro davlat universiteti Iqtisodiyot va turizm fakulteti Iqtisodiyot kafedrasi
o’qituvchisi L.N.Jiyanovning PhD dissertasiyasi mavzusini tasdiqlash va ilmiy rahbarni tayinlash masalasi.


EShITILDI:
Yig`ilish raisi, D.Sh.YavmutovBuxoro davlat universiteti Iqtisodiyot va turizm fakulteti Buxgalteriya hisobi va statistika kafedrasi o’qituvchisi L.N.Jiyanovning PhD dissertasiyasi mavzusini tasdiqlash va ilmiy rahbarni tayinlash masalasini muhokamaga qo’ydi va ilmiy rahbarga so’z berdi.
Shundan so’ng ilmiy rahbar i.f.n., S.O.Homidov so’zga chiqdi.
Buxgalteriya hisobi va statistika kafedrasi i.f.f.d., S.O.Homidov Buxgalteriya hisobi va statistika kafedrasi o’qituvchisi L.N.Jiyanovning “Aholining turmush darajasi sifatini rivojlanish tendensiyasini statistik tadqiq qilish (Buxoro viloyati misolida)” deb nomlangan mavzu ham bugungi kun uchun dolzarb mavzulardan biri ekanligini ta’kidladi, hamda L.N.Jiyanovga ilmiy rahbarlik qilish uchun roziligini bildirdi.
Shundan so’ng so’z Buxgalteriya hisobi va statistika kafedrasi o’qituvchisi L.N.Jiyanovga berildi.
L.N.Jiyanov ushbu mavzuga qiziqishini va mavzu amalga oshirib kelayotgan ilmiy ishlariga mos ekanligi haqida o’z fikrlarini bayon etib, dissertatsiya mavzusini “Aholining turmush darajasi sifatini rivojlanish tendensiyasini statistik tadqiq qilish (Buxoro viloyati misolida)” deb nomlanishiga o’z roziligini bildirdi, shundan so’ng kengash raisi ushbu masalani fakultet kengash muhokamasiga taqdim etdi.
D.Sh.Yavmutov fakultet kengashi a`zolarining bu boradagi fikrlarini so`rab, masalani ochiq ovoz berishga qo’ydi. Ochiq ovoz berish natijasiga ko’ra 23 nafar kengash a’zosi rozilik bildirdi, qarshi va betaraflar yo’q. Kengashning qaror qismini e`lon qildi.


Q A R O R Q I L I N D I:
1. Buxgalteriya hisobi va statistika kafedrasi o’qituvchisi L.N.Jiyanovning PhD dissertatsiyasi mavzusini “Aholining turmush darajasi sifatini rivojlanish tendensiyasini statistik tadqiq qilish (Buxoro viloyati misolida” deb nomlash, hamda ilmiy rahbar sifatida Buxgalteriya hisobi va statistika kafedrasi i.f.f.d., S.O.Homidov ni tayinlash uchun universitet ilmiy-metodik kengashi muhokamasiga qo’yilsin.
2. Fakultet kengashining ushbu qarorini tasdiqlash universitet ilmiy-metodik kengashidan so`ralsin.
Yig`ilish raisi: D.Sh.Yavmutov
Kotib: O.Azimov
Download 15.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling