“Talaba o‘zingni o‘zing moliyalashtir!” loyihasini amaliyotga joriy qilish va boshqalar.
E’tiboringiz uchun rahmat! Savollar bo‘lsa marhamat.
Kengash raisi: O.X. Xamidov ushbu masala bo‘yicha so‘zga chiquvchilar bormi?
Ushbu masala bo‘yicha Kengash a’zolaridan H. Jo‘rayev, S. Azimov, B. Ma’murovlar o‘z
fikr-mulohazalarini bildirishdi. Universitetda ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha amalga oshirilgan
ishlar qoniqarli ekanligini ta’kidlashdi.
Kun tartibidagi masala yuzasidan Kengash qaror qiladi:
1. Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bо‘yicha birinchi prorektor A.Amonovning
2022/2023 о‘quv yili davomida Buxoro davlat universitetida amalga oshiriladigan ma’naviy-
ma’rifiy ishlar uchun yillik ish rejasini tasdiqlash tо‘g‘risidagi axboroti ma’lumot uchun qabul
qilinsin.
2. 2022/2023 о‘quv yili davomida Buxoro davlat universitetida amalga oshiriladigan ma’naviy-
ma’rifiy ishlar uchun yillik ish rejasi asosida fakultet, kafedralar, tyutorlar hamda jamoat
tashkilotlarining ma’naviy-ma’rifiy sohada amalga oshiradigan rejasi ishlab chiqilsin hamda
tasdiqlansin (mas’ul:dekanlar, dekan о‘rinbosralari, kafedra mudirlari, jamoat tashkilotlari
rahbarlari).
3. Ma’naviy-ma’rifiy ishlar rejasida belgilangan vazifalar ijrosi doimiy ravishda nazoratga olinsin
hamda ijrosi yuzasidan uniwork.buxdu.uz elektron tizimiga kiritib borilsin (mas’ul:dekanlar,
dekan о‘rinbosralari, kafedra mudirlari, jamoat tashkilotlari rahbarlari).
4. Talabalarni darsdan keyingi bо‘sh vaqtlarini mazmunli о‘tkazish maqsadida ularni fan, hunar
va sport tо‘garaklariga keng jalb etilsin, bu borada kafedra mudirlari va tyutorlarning mas’uliyati
oshirilsin (Mas’ul: dekanlar, dekan о‘rinbosarlari, kafedra mudirlari, tyutorlari. Muddat: о‘quv yili
davomida).
5. Ushbu qaror ijrosini nazorat qilish Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bо‘yicha
birinchi prorektor A.Amonov zimmasiga yuklatilsin.
Do'stlaringiz bilan baham: |