Buxoro davlat universiteti kengashining 022/2023 O‘quv yili yig‘ilish bayoni
Download 1.97 Mb. Pdf ko'rish
|
1. 2022-2023 укув йили 1- КЕНГАШ баёни
- Bu sahifa navigatsiya:
- Uchinchidan
- Beshinchidan
- Kengash qaror qiladi
Birinchidan, universitet kafedralari kesimida doktorlik dissertatsiya himoyalari 38 ta (1
nafar fan doktori, 37 nafar falsafa doktori) bo‘lib, bu yillik rejaga nisbatan 47, 5 % ni tashkil etadi. Ikkinchidan, Davlat ilmiy texnik dasturlari doirasidagi fundamental, amaliy, innovatsion loyihalar bo‘yicha kafedralarda 2022-yil avgust holatida ilmiy loyihalar bajarilmagan. Uchinchidan, ilmiy ishlanmalarni tijoratlashtirish, xo‘jalik shartnomalarning bajarilishi umumiy summasi 579.6 mln. so‘mni tashkil etadi. Bu esa belgilangan rejaning 26,6 % ni tashkil etadi. To‘rtinchidan, Scopus xalqaro ma’lumotlar bazalariga kiritilgan ilmiy jurnallarda chop etilgan ilmiy maqolalar soni 17 tani tashkil etadi, rejaga nisbatan 6,2 % ni tashkil etadi. Beshinchidan, ixtiro va foydali modellar 2022-yilda 38 ta rejalashtirilgan bo‘lib, avgust holatida bor - yo‘g‘i bir donani tashkil etadi. E’tiboringiz uchun rahmat! Savollar bo‘lsa marhamat. Kengash raisi: O.X. Xamidov ushbu masala bo‘yicha so‘zga chiquvchilar bormi? Ushbu masala bo‘yicha Kengash a’zolari o‘z fikr-mulohazalarini bildirishdi. Kun tartibidagi masala yuzasidan Kengash qaror qiladi: 1. Ilmiy tadqiqot, innovatsiyalar va ilmiy pedagog kadrlarni tayyorlash bo‘limi boshlig‘i G.T. Zaripovning axboroti ma’lumot uchun qabul qilinsin. 2. Doktorant va mustaqil izlanuvchilarga dissertatsiya himoyalarini o‘z vaqtida amalga oshirish bo‘yicha ilmiy rahbar va kafedra mudirlarining mas’uliyati oshirilsin. Doktorant va mustaqil izlanuvchilarga zarur shart-sharoitlar yaratish choralari ko‘rilsin. (IT, I va IPKTB boshlig‘i G.T. Zaripov, fakultet dekanlari va kafedra mudirlari) 3. Universitetda faoliyat ko‘rsatayotgan ilmiy kengashlar normativ-huquqiy hujjatlar talablariga muvofiq, tegishli ilmiy-tashkiliy ishlarni talab darajasida amalga oshirishi hamda oyiga kamida 2 ta dissertatsiya himoyasini o‘tkazishlari uchun barcha zarur sharoitlar yaratib berilsin. (IT, I va IPKTB boshlig‘i G.T. Zaripov, Kengashlar raislari) 4. Barcha kafedralarda 2022-yil 8 oyi davomida davlat ilmiy-texnik dasturlari doirasidagi fundamental, amaliy, innovatsion loyihalar asosida olib borilayotgan ilmiy tadqiqot ishlari mavjud emasligi qayd etilsin. 5. Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan e’lon qilingan tanlovlarda barcha professor- o‘qituvchilar va tadqiqotchilarning ilmiy loyihalar bilan faol ishtirok etishini ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilsin. (Mas’ullar: IT, I va IPKTB boshlig‘i G.T. Zaripov, Ilmiy innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish bo‘limi boshlig‘i O.O. Sayfulloyev, fakultet dekanlari va kafedra mudirlari muddat: 2022-yil 1- sentabrga qadar.) 6. Professor-o‘qituvchilar va tadqiqotchilar uchun “Scopus”, “Web of Science” va boshqa xalqaro nufuzli ilmiy-texnik ma’lumotlar bazalarida indekslanuvchi nufuzli xalqaro ilmiy jurnallarda maqola nashr etishga alohida e’tibor qaratilsin. (IT, I va IPKTB boshlig‘i G.T. Zaripov, fakultet dekanlari va kafedra mudirlari) 7. Ushbu qaror ijrosini nazorat qilish Xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektor A.T. Jurayev zimmasiga yuklatilsin. ________________________________________________________________ Download 1.97 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling