Buxoro davlat universiteti kengashining 022/2023 O‘quv yili yig‘ilish bayoni


Download 1.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/45
Sana30.08.2023
Hajmi1.97 Mb.
#1671719
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   45
Bog'liq
1. 2022-2023 укув йили 1- КЕНГАШ баёни

Birinchidan, universitet kafedralari kesimida doktorlik dissertatsiya himoyalari 38 ta (1 
nafar fan doktori, 37 nafar falsafa doktori) bo‘lib, bu yillik rejaga nisbatan
47, 5 % ni tashkil etadi. 
Ikkinchidan, Davlat ilmiy texnik dasturlari doirasidagi fundamental, amaliy, innovatsion 
loyihalar bo‘yicha kafedralarda 2022-yil avgust holatida ilmiy loyihalar bajarilmagan. 
Uchinchidan, ilmiy ishlanmalarni tijoratlashtirish, xo‘jalik shartnomalarning bajarilishi 
umumiy summasi 579.6 mln. so‘mni tashkil etadi. Bu esa belgilangan rejaning 26,6 % ni tashkil 
etadi.
To‘rtinchidan, Scopus xalqaro ma’lumotlar bazalariga kiritilgan ilmiy jurnallarda chop 
etilgan ilmiy maqolalar soni 17 tani tashkil etadi, rejaga nisbatan 6,2 % ni tashkil etadi. 
Beshinchidan, ixtiro va foydali modellar 2022-yilda 38 ta rejalashtirilgan bo‘lib, avgust 
holatida bor - yo‘g‘i bir donani tashkil etadi.
E’tiboringiz uchun rahmat! Savollar bo‘lsa marhamat.
Kengash raisi: O.X. Xamidov ushbu masala bo‘yicha so‘zga chiquvchilar bormi? 
Ushbu masala bo‘yicha Kengash a’zolari o‘z fikr-mulohazalarini bildirishdi.
 
Kun tartibidagi masala yuzasidan Kengash qaror qiladi: 
 
1. Ilmiy tadqiqot, innovatsiyalar va ilmiy pedagog kadrlarni tayyorlash bo‘limi boshlig‘i G.T. 
Zaripovning axboroti ma’lumot uchun qabul qilinsin. 
2. Doktorant va mustaqil izlanuvchilarga dissertatsiya himoyalarini o‘z vaqtida amalga 
oshirish bo‘yicha ilmiy rahbar va kafedra mudirlarining mas’uliyati oshirilsin. Doktorant va 
mustaqil izlanuvchilarga zarur shart-sharoitlar yaratish choralari ko‘rilsin. (IT, I va IPKTB boshlig‘i 
G.T. Zaripov, fakultet dekanlari va kafedra mudirlari) 
3. Universitetda faoliyat ko‘rsatayotgan ilmiy kengashlar normativ-huquqiy hujjatlar 
talablariga muvofiq, tegishli ilmiy-tashkiliy ishlarni talab darajasida amalga oshirishi hamda oyiga 
kamida 2 ta dissertatsiya himoyasini o‘tkazishlari uchun barcha zarur sharoitlar yaratib berilsin. (IT, 
I va IPKTB boshlig‘i G.T. Zaripov, Kengashlar raislari) 
4. Barcha kafedralarda 2022-yil 8 oyi davomida davlat ilmiy-texnik dasturlari doirasidagi 
fundamental, amaliy, innovatsion loyihalar asosida olib borilayotgan ilmiy tadqiqot ishlari mavjud 
emasligi qayd etilsin. 
5. Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan e’lon qilingan tanlovlarda barcha professor-
o‘qituvchilar va tadqiqotchilarning ilmiy loyihalar bilan faol ishtirok etishini ta’minlash bo‘yicha 
chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilsin. (Mas’ullar: IT, I va IPKTB boshlig‘i G.T. Zaripov, Ilmiy 
innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish bo‘limi boshlig‘i O.O. Sayfulloyev, fakultet dekanlari va 
kafedra mudirlari muddat: 2022-yil 1- sentabrga qadar.) 
6. Professor-o‘qituvchilar va tadqiqotchilar uchun “Scopus”, “Web of Science” va boshqa 
xalqaro nufuzli ilmiy-texnik ma’lumotlar bazalarida indekslanuvchi nufuzli xalqaro ilmiy 
jurnallarda maqola nashr etishga alohida e’tibor qaratilsin. (IT, I va IPKTB boshlig‘i G.T. Zaripov, 
fakultet dekanlari va kafedra mudirlari) 
7. Ushbu qaror ijrosini nazorat qilish Xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektor A.T. Jurayev 
zimmasiga yuklatilsin. 
________________________________________________________________ 

Download 1.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   45




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling