Kengash raisi: O.X. Xamidov ushbu masala bo‘yicha so‘zga chiquvchilar bormi?
Ushbu masala bo‘yicha Kengash a’zolari o‘z fikr-mulohazalarini bildirishdi. 2021-2022 o‘quv
yili davomida Xalqaro hamkorlik hamda Xorijiy OTMlar bilan hamkorlik ishlarining tashkil etish
bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar qoniqarli ekanligini ta’kidlashdi.
Kengash raisi: O.X. Xamidov 2021-2022 o‘quv yili davomida Xorijiy OTMlar bilan olib
borilgan hamkorlik ishlari o‘z samaradorligi bilan ajralib turganligini, ushbu natijalar bo‘yicha
universitetning ta’lim tizimida bir qancha yangi yo‘nalishlar ochilganligini, kafedra professor –
o‘qituvchilaridan xorijiy tajribalar asosida o‘z kasbiy mahorati va darajasini yanada oshirishi
lozimligini alohida ta’kidlab o‘tdi. Shu bilan birga yangi 2022-2023 o‘quv yilida ushbu
yo‘nalishdagi amalga oshirilishi rejalashtirilgan loyihalarning sifatini oshirish topshirig‘ini berdi.
Kun tartibidagi masala yuzasidan Kengash qaror qiladi:
1. Xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektor A.T. Jurayevning “Xalqaro hamkorlik hamda Xorijiy
OTMlar bilan hamkorlik ishlarining tashkil etish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar va vazifalar
to‘g‘risida”gi axboroti ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. Universitetda Xalqaro hamkorlik hamda Xorijiy OTMlar bilan hamkorlik ishlarining tashkil
etish bo‘yicha amalga oshirilgan qoniqarli deb topilsin.
3. 2022-2023 o‘quv yilida Xalqaro hamkorlik hamda Xorijiy OTMlar bilan hamkorlik бўйича
amalga oshirilishi rejalashtirilgan loyihalar sifatini oshirishga oid chora tadbirlar ishlab chiqilsin.
Ma’sullar: Xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektor, bo‘lim boshliqlari dekanlar, kafedra mudirlari
(Muddat 10 kun)
4. Ushbu qaror ijrosini nazorat qilish Xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektor A.T. Jurayev
zimmasiga yuklatilsin.
______________________________________
Do'stlaringiz bilan baham: |