Kirish ms excel dasturi. Umumiy ma`lumotlar


Download 25.4 Kb.
bet1/3
Sana07.04.2023
Hajmi25.4 Kb.
#1338706
  1   2   3
Bog'liq
ABDIGULOM


Mundarija

KIRISH………………………………………………………………………………………………………….3


1.MS EXCEL dasturi. Umumiy ma`lumotlar …………………………………………………4
2. EXCEL menyu bandlari , funksiya va diagrammalar bilan ishlash……………..6
3. Elektron jadvallar haqida asosiy tushunchalar…………………………………………9
XULOSA………………………………………………………………………………………………………13
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR………………………………………………………………..14

KIRISH
Hozirgi paytda kompyuterga ega bo‘lmagan zamonaviy tashkilot yoki muassasani topish ancha mushkul. Zamonaviy rahbarlar, ish yurituvchilar, menejerlar, iqtisodchi va ilmiy xodimlar kompyutersiz, elektron pochtasiz, Intemetsiz va ofis programmalari majmuasisiz ish yuritish mumkinligini tasawur ham qila olmaydilar. Chunki raqobatchilik rivojlangan davrda ishni informatsion texnologiyalar yordamida samarali yuritishgina bozor sharoitlarida yashay olishga va muvaffaqiyatga erishishga kafolat bera oladi. Ushbu qo‘llanmaning asosiy maqsadi - kompyuterdan foydalanuvchilarga EXCEL jadval hisoblagichinmg turli xil iqtisodiy masalalami yechishdagi juda keng imkoniyatlaridan, menyularidan, buyruqlaridan, makroslaridan va boy kolleksiyasidan samarali foydalanish usullarini ko‘rsatishdir. Albatta, bu hajmdagi kitobda ushbu jadval hisoblagichining barcha imkoniyatlarini keltirish mumkin emas - biz kasbiy mahoratga erishish uchun mutaxassislar bilishi lozim boMgan imkoniyatlamigina yoritamiz, xolos. Agar kimda- kim o‘z mahoratini yanada oshirishni niyat qilgan bo‘lsa, biz bergan bazaviy bilimlardan foydalangan holda tirishqoqlik bilan harakat qilishi oqibatida o‘z biiimini yanada oshirishi va mahorat cho‘qqilariga erishishi mumkin.



2. Elektron jadvallar haqida asosiy tushunchalar
Ko`pchilik hallarda qayta ishlanadigan ma`lumotlarni jadvallar ko`rinishida tasvirlaymiz. SHuning uchun jadval katakchalarining bir qismiga boshlang`ich ma`lumotlar va boshqa qismiga esa hosil qilinadigan hosilaviy ma`lumotlar yoziladi.
Masalan, terimchilarning kunlik tergan paxtasi uchun mehnat haqini hisoblash talab qilinein. U holda terilgan paxta miqdori - A, bir birlik (1 kg) paxta uchun to`lanadigan ish haqi bahosi (sumda) - B boshlang`ich ma`lumot sifatida va har bir terimchining bir kunlik jami tergan paxtasi uchun ish haqi miqdori (summasi) hosilaviy ma`lumot bo`lib hisoblanadi.
Katta hajmli tekshirish natijalarini jadval ko`rinishida tasvirlash maqsadga muvofiqdir.
Ma`lumotlarni jadval ko`rinishida tasvirlash ularni tahlil qi­lishni ancha soddalashtiradi. SHuning uchun ko`pchilik hollarda hisob ­kitoblar samaradorligi va sifatini oshirish uchun avtomatlashti­rilgan hisoblashlarni joriy qilish maqsadga muvofiqdir.
Jadval ko`rinishida tasvirlanadigan masalalarni echish uchun max­sus amaliy dasturlar paketlari ishlab chiqilgan bo`lib, ular elekt­ron jadvallar yoki jadval protsessori deb ataladi.
Elektron jadvallar, avvalo, iqtisodiy masalalarni echish uchun mo`ljallangan, lekin uning yordamida muxandislikka doir masala­larni hal qilishda ham, masalan, formulalar bo`yicha hisob-kitob­larda muvaffaqiyatli ishlatilmoqda. elektron jadvallar qo`llani­layotgan sohalar juda ko`p: moliyaviy buxgalteriyaga oid, xususan ish haqini hisoblash, har xil iktisodiy-texnik hisoblar, kundaliQ xo`jalik tovarlari va mahsulotlarni sotib olish va xokazolar.
Excel Microsoft Office paketi tarkibidagi dastur bo`lib, u Windows operatsion sistemasi boshqaruvida ishlovchi hamda ma`lumotli elektron jadvallarni tayyorlash va qayta ishlashga mo`ljallangan amaliy dasturdir.
Excel da tayyorlangan har bir hujjat (ma`lumotli jadval) ixtiyo­riy nom va .xls kengaytmadan iborat fayl bo`ladi. Excelda, odatda, bunday fayl "Ish kitobi" (Workbook) deb yuritiladi.
Excel ning asosiy ish sohasi - bu "Ish kitobi" bo`lib, u bir yoki bir necha ish varaqlaridan iborat. Ish varag`ida buxgalter (hisobchi) kitobi kabi, sonlar, matnlar, arifmetik ifodalar, hisoblar qator va yctynlapda joylashgan bo`ladi. Excel ning buxgalter kitobidan asosiy farqi barcha hisob ishlarini uning o`zi bajaradi, lekin ma`lumotlarni kiritish foydalanuvchi zimmasida qoladi.
Excel elektron jadvali 16384 qator (row) va 256 ustun (column)dan iborat. Qatorlar 1 dan 16384 gacha bo`lgan butun sonlar bilan tartiblangan, ustunlar esa lotin alifbosining bosh harflari (A, V, ... , Z, M, AV, .., , IV) bilan belgilangan. Qator va ustun kesishmasida elektron jadvalning asosiy tarkibiy elementi yacheyka (sell) joylashgan. Har bir yacheykaga son, matn yoki formula tarzidagi ma`lumotlar kiritiladi. Ustun kengligini va qator balandligini o`zgartirish-ham mumkin.
. Jadvalning tanlangan yacheykasiga o`tish uchun aniq manzil (adres) ko`rsatilishi keraq U qator va ustun kesishmasida, masalan Al, V4, R9, AV3 kabi ko`rsatiladi.
Excel dasturini yuklash va ishini tugallash.
Exсel dasturini yuklashdan oldin Windows dasturini yuklash lozim.
Bu esa sodda, ya`ni xozirgi paytda komp’yuter yuklanishi bilan amalga oshadi.
Excel dasturini yuklash jarayoni quyidagicha:
1. Komp’yuter yoqiladi. ekranda muloqot oynasi paydo bo`lib, Foy dalanuvchi nomi va paroli so`ralsa, ular kiritilib Enter klavishi bosiladi.
2. Sichkoncha ko`rsatkichi ekranning quyi qismida joylashgan Pusk (Start) tugmasiga kelirilib, chap tugmasi bosiladi.
3. Sichqoncha ko`rsatkichi Programmo` bandiga keltiradi.
4. Dasturlar ro`yhatidan Microsoft Excel tanlanadi sichqoncha tugmasi uning ustida bosiladi, natijada Excel zarvarag`i ekranga chiqadi.

Download 25.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling