Buxoro davlat universiteti «O’zbekiston tabiiy geografiyasi» fani bo’yicha ma’ruza matni


Download 1.74 Mb.
bet21/123
Sana19.06.2023
Hajmi1.74 Mb.
#1613110
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   123
Bog'liq
O’zbekiston tabiiy geografiyasi

Chotqol-Qurama tog` sistemasi-respublikamizning shimoli-sharqida joylashgan bo’lib, Ugam, Qorjantog`, Piskom, Chotqol va Qurama tog` tizmalaridan iborat. Bu tog` tizmalarining hammasi Talas Olatog`ining tarmoqlari bo’lib, undan bir-biriga parallel holda janubi-g`arb tomon yo’nalganlar. Bu sistemadagi eng baland tog` tizmasi Chotqol. Uning mutlaq balandligi 4069 m. Boshqa tizmalar pastroq bo’lib, balandligi Piskomda 3700 m ga, Quramada esa 3769 metrga etadi. Sistemaning g`arbdagi eng chekka tarmog`i bo’lgan Ugam tizmasining o’rtacha balandligi 3000 m atrofida. Eng baland yeri Sayram cho’qissi (4236). Bu tog` tepalari qoyali, kambar yonbag`rilarida chuqur jarliklar ko’p. Faqat daryo yoqalarida o’r-qir terassalar bor. Tizmalar bir necha tarmoqlarga bo’lingan. Bu tizim g`arbiy tog` yonbag`rining o’rta qismida Qorjantog` ajralib chiqadi. U emirilib ancha pasayib qolgan. O’rtacha balandligi 2000 metr, eng baland cho’qisi Mingbuloq 2834 metrdir.
Piskom tizmasining faqat g`arbiy yonlari O’zbekiston hududida joylashgan. U kambar, qoyali tog` bo’lib, Piskom daryosi vodiysi ustidan tik ko’tarilib turadi.
Chotqol tizmasi G`arbiy Tyanshanning eng katta tarmoqlaridan hisoblanadi. O’zbekistonda uning janubi-g`arbiy qisqa va past qismi joylashgan. Chotqol tizmasi Chapchama tog` tugumidan g`arbda bir muncha past tizmalar va tekis baland platolardan iborat. Shunday platolardan biri Qizilnura va Qurama tog`lari orasida joylashgan Ohangaron platosi bo’lib, uning balandligi 2500-3400 metrga boradi. Yer yuzasi Ohangaron va G`ovasoyning chuqur daralari bilan o’yilgan.
Chotqolda Chapchama tog` uzelidan janubi-g`arb tomonga Qurama tizmasi ajralib chiqqan. Uning o’rtacha balandligi 2000 m, eng baland cho’qqisi esa 3769 metrga teng. Tizmaning shimoliy yonbag`ri platosimon tekis bo’lib, Ohangaron vodiysiga qiya tushadi. Quramaga janubi-g`arbda qoyali, ancha emirilib, pasayib qolgan Mo’g`iltog` tutashgan.
Nurota-Turkiston tog` sistemasi O’zbekistonning janubi-sharqida joylashgan. O’zbekistonda Turkiston tizmasining faqat g`arbiy chekka qismi va uning davomi hisoblangan, uncha baland bo’lmagan Nurota tog`ining tarmoqlari joylashgan. Sistemaga kiruvchi tog`larning mutlaq balandligi uning sharqida Morguzar tizmasida 3000 metrdan oshadi, g`arbida Nurota tarmog`i-Aqtog`da esa 2000 metrni tashkil etadi. Bu tog`lar unchalik parchalanib ketmagan, ayrim tizmalar unchalik katta bo’lmagan tog` oraligi botiqlari bilan bir-birlaridan ajralgan. G`allaorol Qo’ytosh, Nurota tog` oraligi botiqlari relefi to’lqinsimon o’r-qirli, tog` oldi tekisliklariga o’xshaydi va mutlaq balandligi g`arbida 800 metrdan sharqiga tomon 400 metrgacha pasayib boradi.
Turkiston tizmasining Farg`ona vodiysidagi shimoliy yonbag`ri keng, kichik tog` tarmoqlaridan, qiya tekisliklardan, chuqur daryo vodiylaridan iborat. Tizmaning janubiy yonbag`ri qisqa, u Zarafshon vodiysi ustidan tik ko’tarilib turadi. Turkiston tizmasi Sangzor daryosining boshlanish joyida ikkita tarmoqqa, shimoli-g`arbga yo’nalgan Morguzar, g`arbga cho’zilgan Chumqor tog`lariga bo’linadi.
Nurota tog`lari baland bo’lmagan tizmalardan iborat bo’lib, uning eng baland yeri - Hayotboshi cho’qqisining mutlaq balndligi 2169 metrga yetadi. Bu tizmaning shimoliy yonbag`ri qambar, tik, kichik daryolar va juda ko’p quruq soylar bilan parchalangan, asosan toshloqlardan iborat, janubiy yonbag`ri esa unga nisbatan qiyaroq, kam parchalangan. Zarafshon vodiysiga asta-sekin pasayib boradi. Tog` tepalarida yalangliklar ko’p.

Download 1.74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   123




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling