Joy relyefining iqlimga ta’siri. O’zbekiston iqlimiga xos bo’lgan xususiyatlar-serquyoshlik, kontinentallik, qurg`oqchilik respublikaning tekislik qismida yaqqol namoyon bo’ladi. Tog`lik qismida esa joyning dengiz sathidan balandligi, yon bag`irlarning Quyoshga nisbatan qanday joylashganligi, tog` vodiylarining chuqurligi va kengligi, ularning nam shamollarga nisbatan qanday joylashganligi, relyefning yana boshqa xususiyatlari iqlimning shakllanishi uchun tekislikdagidan farq qiluvchi o’ziga xos sharoit yaratadi. Toqqa ko’tarilgan sari havo tozalanadi, siyraklashadi va tiniqlashib, Quyosh nurining ta’siri kuchayadi, havo bosimi kamayadi, harorat pasayadi, yog`inlar, ayniqsa qor ma’lum balandlikda ko’p yog`adi, qor qoplamining saqlanish davri uzayadi, radiastiya balansi kamayadi, shamol kuchayadi. Tog` tizmalari havo oqimlari yo’lini to’sib, nam yoki qurg`oqchil, iliq yoki sovuq iqlim tarkib topishiga sabab bo’ladi. Tog` relefi ta’sirida o’ziga xos tog`-vodiy havo stirkulyastiyasi vujudga keladi, bahor, yoz boshlanishi kechikadi, kuz, qish erta keladi. Yoz qisqa, salqin bo’ladi, qish uzoq davom etadi. Ammo O’zbekiston uchun xos bo’lgan umumiy iqlimiy xususiyatlar tog`larda ham asosan saqlanib qoladi. Lekin iqlimdagi keskinlik kamayadi. O’zbekiston iqlimining shakllanishida O’rta Osiyoning janubida orografik to’siqning mavjudligi, shimolda, shimoli-g`arbda bunday to’siqning yo’qligi katta ta’sir ko’rsatadi.
O’zbekistonda iqlimiy sharoit insonning faol xo’jalik faoliyatiga ham bog`liqdir. Inson yaratgan vohalarda havoning harorati, namlik darajasi, shamolning kuchi birmuncha o’zgaradi. Masalan, suv bilan ta’minlangan vohalarda Quyosh energiyasining ancha qismi namni bug`latishga sarf bo’lgani uchun havo harorati yozda sug`orilmaydigan hududlarga nisbatan 1,5-3,00 past, havoning nisbiy namligi 10-15% ortiq bo’ladi, shamollar kuchi va soni kamayadi. Binobarin, suv bilan yaxshi ta’minlangan, o’simliklarga boy vohalarda o’ziga xos voha iqlimi tarkib topadi. Hozir O’zbekistonda sug`oriladigan yerlar 4,3 mln.ga atrofida, demak shuncha maydonda tabiat, shu jumladan iqlim o’zgargan, ayniqsa atmosferaning yer yuzasining meteorologik rejimi chuqur o’zgarishlarga uchragan. Sug`orish natijasida tuproq yuzasining mikroiqlimi ham o’zgaradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |