Buxoro davlat universiteti «O’zbekiston tabiiy geografiyasi» fani bo’yicha ma’ruza matni


Download 1.74 Mb.
bet108/123
Sana19.06.2023
Hajmi1.74 Mb.
#1613110
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   123
Bog'liq
O’zbekiston tabiiy geografiyasi

Qo’shimcha:
Okrug O`zbekistonning janubiy qismidagi Qarshi botig`ining o`z ichiga oladi. Uning shimoliy qismida Qoratepa, Zirabuloq, Ziyovuddin tog`lari bilan, sharqda Hisor tizmasini janubiy g`arbiy qismiing quyi etaklari bilan o`ralgan. G`arbiy chegarasi Jarqoq, Muborak va Dengizko`l balandliklari orqali o`tadi. Janub va janubi -g`arbda Sandiqli qumi bilan Turkmanistondan ajralib turadi. Janubi- sharqda Boysun tog`lari Surxondaryodan ajratib turadi. Okrug g`arbdan sharqqa 300 km, shimoldan janubga 200 km cho`zilgan. Ma'muriy jihatdan Qashqadaryo viloyatiga to`g`ri keladi. Qashqadaryo okrugining zamini qalin allyuvial, prollyuvial va eol-akummulyativ jinslardan iborat bo`lib, ular tagida tub jinslar yetadi. Okrug yer yuzasini qoplab olgan jinslar yoshiga ko`ra o`rta va yuqori antropogen davriga xosdir. Okrugning o`rta qismidagi qirlar qoldiq tog`lar bo`r, paleogen va neogen jinslardan tashkil topgan. Okrugning yer yuzasi baland past tekislikdan iborat bo`lib, shimoli sharqdan va janubiy sharqdan g`arbga tomon cho`zilgan. Janubiy g`arbga tomon pasayib boradi.
Qarshi shahrining shimolida Qo`ng`irtog` 571 m. Koson shahri janubida Kosontog`, Maymoqtog` 500 m. Sandiqli qumligi Sharqida Alovuddintog`i 485 m. Okrugning g`arbida Jarqoq platosi 397m va Dengizko`l 380 m. Qarshi, Nishon, Qarnab va Sandiqli, Qumli cho`llari kabi qator cho`llar bor. Okrugning markazida allyuvial jinslar bilan qoplangan Qarshi vohasi joylashgan. Voha janubida Sandiqli qumi bilan tutashadi. Bu cho`lda qum tepalar, qum jo`yaklar, barxanlar va tekis qum shakldagi relyef uchraydi.
Okrug g`arbida Qarshi cho`li bo`lib, uning yer yuzasi Qarshi vohasiga nisbatan past (300-250m). Qarshi cho`li shimol va shimoli-sharqiga davom etib, Qarnab cho`liga qo`shiladi. Qarnab cho`lining shimolida Ziyovuddin tog`iga borib tutashadi. G`arbga tomon pasayib Toshloqqum hamda Uchqum qumliklariga aylanadi.
Iqlimi - qurg`oqchil iqlim bo`lib yanvarning o`rtacha harorati 0+2gr. bo`lib o`simliklar yil bo`yi o`saveradi. Ba'zan Arktika havosi kirib kelsa harorat pasayib ketadi. Iyulning o`rtacha harorati 28-29 gr. Okrugning harorati 0 gr. dan past bo`lgan kunlar 0-24 0,harorati +5 gr. dan yuqori bo`lgan kunlar soni 284-298 kunga yetadi. Vegetatsiya davridagi harorati 4900-5300gr. yog`in miqdori g`arbdan sharqqa tomon o`zgaradi. 180-550mm. ga yetadi.
Okrugdagi asosiy suv manbai Qashqadaryo bo`lib, u Hisor tizmasining Tog`shosh dovoni yaqinida 3000m balandlikdan boshlanib Muborakga yetmay tugaydi.
Qashqadaryo tekislikka chiqqach Jinnidaryo, Oqsuv, Tanxos, Yakkabog`daryo, Guzordaryo tabiiy irmoqlar kelib qo`shiladi. Daryo quyi qismida bir necha tarmoqlarga bo`linadi. Bularning eng muhimlari Maymandaryo, Qamashidaryo va boshqalar.
Qashqadaryo okrugining shimoliy qismida joylashgan Qoratepa tog`idan 20 ga yaqin soylar boshlanadi. Bu soylarning eng muhimi Shurabsoy, Makriksoy, Oqchisoy, Kalkamasoy va boshqalar. Daryolari yillik suv miqdorining 64% mart, iyul oylariga 11,7% iyul, sentnabr oylariga to`g`ri keladi. Bahorgi suvlarni to`plash uchun Chimqo`rg`on, Qamashi, Pachkamar suv omborlari qurildi. Shuningdek okrug hududida Amudaryodan suv oluvchi Qarshi magistral kanalida Sho`rsoy va Talimarjon suv omborlari ham bor. Okrug Eski Anhor kanali orqali Zarafshon daryosidan ham suv oladi.
Qashqadaryo vodiysida ayniqsa quyi terassalarda allyuvial o`tloq tuproqlar tarqalgan. O`simlik dunyosi bo`sh qumlarda shuvoq, iloq, Qorasaksavul, quyonsuyak, Qizilqandim efemerlardan sariqbosh, yoliqora bir yillik o`simliklardan qirqqiz, qumtarik, ko`p yillik o`simliklardan esa chayir, urg`ochi selin, tuyapaypoq o`sadi. Okrugning shimoliy sharqidagi och bo`z tuproqli yerlarda qo`ng`irbosh, rang, temirjusan, shuvoq, sho`rxok o`simliklardan pashmak, sho`ra o’sadi .
Taqir yerlarda buzoqbosh, har xil sho`ralar o`sadi. Okrugning sharqiy tog` oldi qismida esa bug’doyiq, kovrak, qarg`aoyoq, Qashqadaryo qayirida, qamish, yulg`un, yantoq uchraydi.
Hayvonot olami, qumli cho`llarda, toshloq cho`llarda, taqirlarda va vohalarda yashaydigan turli xildagi jonzotlar uchraydi. Tabiiy resurslardan sug`orishga yaroqli 1,5 mln gektar qo`riq va bo`z yerlar bo`lib, ular o`zlashtirilmoqda. Ayniqsa Qarshi magistral kanali atrofidan 200 ming gektar yerlar o`zlashtirilgan va suv ta'minoti yaxshilanmoqda. Qashqadaryo okrugi Quyi Qarshi va Qarshi tabiiy rayonlariga bo`linadi.
1. Quyi Qarshi tabiiy rayoni okrugning janubi-g`arbini Sandiqli qumligining sharqiy qismini o`z ichiga olib, 4 ta landshaftga bo`linadi.
2. Qarshi tabiiy geografik rayoni Qarshi, Qarnab va Nishon cho`llarini o`z ichiga olib, 4 ta landshaftga bo`linadi.

Download 1.74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   123




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling